Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish


I. BOB. KORRRUPSIYA JAMIYAT UCHUN XAVFLI IJTIMOIY-SIYOSIY HODISA


Download 95.85 Kb.
bet4/17
Sana18.06.2023
Hajmi95.85 Kb.
#1559799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Namuna BMI

I. BOB. KORRRUPSIYA JAMIYAT UCHUN XAVFLI IJTIMOIY-SIYOSIY HODISA
1.1. Korrupsiya tushunchasi, uning ko’rinishi va shakllari
Bugungi kunga kelib korrupsiya balosiga qarshi kurashish davlat siyosatining muhim ahamiyat kasb etadigan tarmoqlaridan biri bo’lib qolmoqda. Buning sababi, korrupsiya har tomonlama rivojlanish uchun ulkan to’siq hisoblanib, muayyan shaxslarning daromadlari noqonuniy ortishi natijasida butun jamiyatning, insoniyatning, mamlakat fuqarolarining erkin va farovon hayoti ta’minotining uzilishiga sabab bo’lmoqda. Korrupsiya tarixan bir qancha ko’rinishlarda namoyon bo’lib kelmoqda. Ammo bugungi kunda ham huquqiy, ham iqtisodiy rivojlangan davlatlar bu illatga qarshi samarali kurashib, tom ma’noda g’alabaga erishganlar. Bu davlatlarda ham korrupsiya butunlay yo’q deb ayta olmaymiz, ammo boshqaruvning asosiy bo’g’inlarida, xususan ta’lim sohasida korrupsiyaning aralashuvi sezilarli darajada kamaygan.
Korrupsiya – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog’liq bo’lgan jinoyat hisoblanadi. Korrupsiya faoliyati xufiyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biridir. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat amaldorlari tomonidan shaxsiy manfaatlarni ko’zlab, boylik orttirish maqsadida fuqarolardan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo’lga kiritish tushuniladi. 1Ammo, davlat amaldorlarigina emas balki, firmalarning menejerlari ham korrupsiyaga doir munosabatlarning ishtirokchilari bo’lishi mumkin, qolaversa pora pul bilan emas, balki boshqa shaklda berilishi holatlari ham mavjud. Korrupsiyaga doir munosabatlarning tashabbuschilari ba’zan davlat amaldorlari emas, balki tadbirkorlar hisoblanadi.
Etimologik jihatdan “korrupsiya” atamasi “buzish, pora evaziga og’dirish” degan ma’noni anglatadigan lotincha “orruptio” so’zidan kelib chiqqan. Yuridik ensiklopediya mualliflarining ta’kidlashicha, “korrupsiya – mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat”2.
“Yuridik atamalar qomusiy lug’ati”da korrupsiya tushunchasiga “davlat funksiyalarini bajarish vakolatiga ega bo’lgan (yoki ularga tenglashtirilgan) shaxslarning noqonuniy tarzda moddiy va boshqa boyliklar, imtiyozlarni olishda o’z maqomi va u bilan bog’liq imkoniyatlardan foydalanishi, shuningdek, bu boylik va imtiyozlarni jismoniy yoki yuridik shaxslar qonunga xilof ravishda egallashiga imkon berishi”, deb ta’rif berilgan.
Yana boshqa adabiyotlarda e’tirof etilishicha, korrupsiya atamasi “siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat bo’lib, mansabdor shaxslar o’zlariga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boyish maqsadida foydalanishidan iborat”1, deb tavsiflangan.
BMTning xalqaro miqyosda korrupsiyaga qarshi kurash bo’yicha ma’lumotida shunday deyilgan: “Korrupsiya – bu shaxsiy maqsadlarda naf ko’rish uchun davlat hokimiyatini suiiste’mol qilish”.
Korrupsiya tushunchasiga berilgan shunga o’xshash ta’rifga Jahon bankining hozirgi dunyoda davlatning roliga bag’ishlangan hisobotida ham duch kelish mumkin: korrupsiya – bu “shaxsiy naf ko’rish yo’lida davlat hokimiyatini suiiste’mol qilish”.
Korrupsiyaning bunday talqini hozirgi zamon kriminologiyasida ham mavjud. Masalan, A.I.Dolgova korrupsiya tushunchasiga “davlat amaldorlari yoki o’zga xizmatchilar pora evaziga og’dirilishi va shu asosda ular o’z xizmat vakolatlaridan shaxsiy yoki tor gruppaviy manfaatlarda foydalanishi bilan tavsiflanuvchi ijtimoiy hodisa”, deb ta’rif bergan.
N.F.Kuznetsova korrupsiya deganda davlat apparati va nodavlat tuzilmalarining xodimlarini pora evaziga og’dirishdan iborat bo’lgan ijtimoiy xavfli hodisani tushunadi. Ammo ijtimoiy hodisa sifatidagi korrupsiya tushunchasining pora evaziga og’dirish, poraxo’rlik bilangina bog’liq bo’lmagan kengroq talqini ham mavjud.
B.J.Ahrorov “Korrupsiya so’zi adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. Uning yagona tushunchasi yo’q, u bir necha jinoyatlarni o’zida mujassamlashtirishi mumkin. Hatto xalqaro tashkilotlarning tavsiyalaridan ham uning yagona tushunchasini yaratib bo’lmaydi”, deb fikr bildiradi. Uning ta’kidlashicha, “So’nggi vaqtda chop etilgan adabiyotlarda “korrupsiya huquqbuzarligi”, boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlarini esa “korrupsiya” deb atalmoqda. Muallifning fikricha, boshqaruv tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlari va korrupsiya tushunchalarining mohiyati turlicha va ular orasida farqlar ham mavjud. Korrupsiya mansabdor shaxslar tomonidan davlat hokimiyati yoki boshqaruvi vakolatlaridan foydalangan holda shaxsiy manfaatlarni ko’zlab sodir etiladigan jinoyatlar yig’indisidir. Korrupsiya deganda mansabdor shaxslar tomonidan hokimiyat yoki mansab vakolatlaridan qonunga zid ravishda foydalanib, ommaviy tarzda moddiy yoki nomoddiy manfaatdorlikka erishish tushuniladi”.
L.V.Mixaylov “Korrupsiya tushunchasi AQSh olimlari tomonidan ham chuqur va har tomonlama tadqiq etilgan. Korrupsiya muammolarining amerikalik tadqiqotchilari bu hodisani siyosiy arboblar, davlat apparati xodimlari, biznesmenlar va boshqa shaxslar boyish va o’z ijtimoiy maqomini yuksaltirish maqsadlarida, shaxsiy, oilaviy yoki gruppaviy manfaatlarni ko’zlab, o’z rasmiy vazifalari va davlat funksiyalarini bajarishdan bo’yin tovlashi sifatida tavsiflaydilar”, deb yozadi.
G.Blekning yuridik lug’atida korrupsiya: mansabdor shaxsning rasmiy vazifalari va o’zga shaxslarning huquqlari bilan muvofiq bo’lmagan muayyan imtiyoz berish niyatida sodir etiladigan qilmish, mansabdor shaxsning o’z xizmat lavozimi yoki maqomidan o’zga shaxslarning vazifalari va huquqlariga zid bo’lgan maqsadlarda o’zi yoki o’zga shaxs uchun biron-bir ustunlikni qo’lga kiritish uchun qonunga xilof ravishda foydalanishidan iborat bo’lgan qilmish sifatida tavsiflanadi1.
Korrupsiyaning quyidagi turlari borligini ham inobatga olib o’tishimiz lozim:
Yirik turdagi korrupsiya, amaldagi davlat siyosatini yo’qqa chiqaradigan, hukumat darajasida amalga oshiriladigan siyosiy va hukumat rahbarlariga xalq hisobidan manfaat ko’rishga imkon beradigan harakatlar tushuniladi.
Mayda korrupsiya deganda, odatda hokimiyatning o’rta va quyi bo’g’inlari mansabdorlarining kundalik vakolatlarini (maktablar, militsiya bo’limlari, shifoxonalar va boshqa joylarda asosiy xizmatlardan foydalanishga uringan oddiy fuqarolar bilan aloqa qilishda) suiiste’mol qilishlari tushuniladi.
Mayda poraxo’rlik jinoyatlaridan o’sha hududdagi yoki sohadagilar aziyat chekishadi, yirik korrupsiyalar esa butun bir jamiyat, davlat va taraqqiyotga o’zining salbiy tasirini o’tkazadi.
“Korrupsiya – davlat lavozimidan shaxsiy naf ko’rish uchun g’ayriqonuniy foydalanish. “G’ayriqonuniy” atamasi davlat lavozimlarini egallagan shaxslarning xulq-atvorini tartibga soluvchi qonunlar (qoidalar) mavjudligini anglatadi”.
Korrupsiya tushunchasiga yuridik adabiyotlarda turlicha ta’riflarni uchratish mumkin. Yuqorida bayon etilgan ta’riflar tahlili quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi:

Download 95.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling