Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish


Korrupsiya jinoyatlarining sabablari va imkon bergan shart-sharoitlar


Download 95.85 Kb.
bet9/17
Sana18.06.2023
Hajmi95.85 Kb.
#1559799
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
Namuna BMI

2.2. Korrupsiya jinoyatlarining sabablari va imkon bergan shart-sharoitlar

Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida ham dunyoning ko’plab mamlakatlari qatorida korrupsiyaga qarshi kurash jadallik bilan amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, 2017 yilning 3 yanvarida O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda ushbu illatga qarshi kurashish borasidagi aniq bir yo’lni belgilab berdi deb hisoblasak xato bo’lmaydi. Ushbu qonunga ko’ra korrupsiyaga qarshi kurashish quyidagi prinsiplar asosida amalaga oshiriladi:


Qonuniylik, ya’ni ushbu jinoyatlarga qarshi kurashuvchi davlat organlari va fuqarolar belgilangan qonun hujjatlari asosida o’z faoliyatlarini olib borishi lozim;
Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi. Ushbu illatga qarshi kurashish davomida fuqarolarning huquqlariga putur yetkazmaslikni anglatadi, shuningdek, ularning fuqarolik sha’niga hurmat bilan munosabatda bo’lishni taqozo etadi;
Ochiqlilik va shaffoflilik, ya’ni amalga oshirilayotgan choralar va aniqlangan korrupsion holatlar ommaviy axborot vositalari yoki boshqa tuzilmalar orqali xalqqa xabardor qilib borilishini anglatadi. Bu ham o’ziga xos yo’l bo’lib korrupsion jinoyatlarning oldni olinishi uchun muhim sanaladi.
Tizimlilik prinsipi amalga oshirilayotgan ishlar ham aniq belgilangan reja asosida olib borilishini anglatadi. Bundan ko’rib turibdiki, chuqur ildiz otgan bu kabi jinoyatlar bilan aniq va puxta ishlab chiqilgan rejasiz kurashib bo’lmaydi;
Davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi. Bu prinsip esa korrupsiyaga qarshi kurashishga hammaning birdek kurashi zarurligini anglatadi. Davlat organlari va fuqarolar o’rtasidagi kelishuv, shuningdek fuqarolarning o’zlariga ayon bo’lgan korrupsion holatlari, yoki mansabdor shaxslarning pora talab qilishi kabi holatlari to’g’risida tegishli davlat organlariga xabar berishi lozimligi va bu illatga qarshi kurashishga undash kabi tushunchalarni namoyon etadi;
Korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarning ustuvorligi prinsipi bugungi kunda ushbu illatga qarshi kurashish davlat siyosatining eng dolzarb mavzuligi ekanligini anglatadi;
Javobgarlikning muqarrarligi prinsipi, korrupsion jinoyatlarini sodir etgan har bir shaxs, yoki ushbu jinoyat bilan aloqasi bo’lgan har bir shaxsning qonun doirasida javob berishi lozimligi bilan izohlanadi.1
Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida O’zbekiston Respublikasida quyidagi holatlarga e’tibor qaratish lozim:
Eng samarali yo’llardan biri jamiyat a’zolarining huquqiy bilimlarini, xususan, huquqiy ong va huquqiy madaniyatin rivojlantirish. Aholi o’rtasida korrupsiyaga bo’lgan nafratni shakllantirish va bu illatga qarshi turish va oldini olish ko’nikmalarini oshirish.
Barcha sohalarda, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotda korrupsiya jinoyatlariga qarshi kurashish chora tadbirlarini amalga oshirish. Xususan yoshlarni maktabgacha ta’lim, o’rta ta’lim va keyingi bosqichlarida poraxo’rlik jinoyatlarining davlat va jamiyat hayotidagi salbiy tasiri haqida muntazam nazariy va amaliy bilimlar berib borish.
Korrupsion jinoyatlarni oldini olish, ularni vaqtida aniqlash, oldini olish choralarini ko’rish, ushbu jinoyatni sodir etganlarga nisbatan qonunan jazo tayinlashni ta’minlash.
Shuni ta’kidlab o’tishimiz kerakki, poraxo’rlik jinoyatlariga qarshi kurashish bo’yicha ishlab chiqilgan yagona va mukammallashgan tizim yo’q, ya’ni har qaysi davlat xalqaro tajribalarni o’rgangan holda bu illatga qarshi turlicha kurashadilar. O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning sodir etilishini oldini olish bo’yicha oxirgi yillarda quyidagicha istiqbolli ishlar amalga oshirilmoqda:
O’zbekiston Respublikasida poraxo’rlik jinoyatlariga qarshi kurashishni tizimli olib borish maqsadida 2017 yil 3 yanvarda “Korrupsiyaga qarshi kurash to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonunning ijrosini ta’minlash va ko’zlangan maqsadlarga erishish yo’lida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevralda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2752-son qarori qabul qilindi.
Qonunning 7-moddasiga binoan poraxo’rlik jinoyatlariga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni quyidagi davlat organlari muvofiqlashtirib boradi:
O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati;
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.1
Bundan tashqari ushbu illatga qarshi kurashish bo’yicha davlat organlari bilan bir qatorda fuqarolar ham o’zlari xabardor bo’lgan korrupsion holatlarni tegishli davlat organlarini xabardor qilish orqali, yoki o’zlariga nisbatan ushbu jinoyatlarni sodir etilishi, mansabdor shaxslarning pora talab qilishi kabi vaziyatlarga tushgan taqdirda tegishli joylarga xabar berish bilan ham qarshi kurashishlari mumkin. Bu kabi jinoyatlarga butun bir millat, jamiyat bo’lib kurashish darkor.
Bugungi kunda korrupsiya jinoyatlari butun bir dunyo davlatlarining taraqqiyotiga tasir ko’rsatayotganini va ko’plab davlatlarda korrupsion jinoyatlarning sodir etilayotganligi, bu illatga qarshi barcha davlatlar o’zaro hamkorlik qilish yo’li bilan kurashish bugunning eng samarali usullaridan biri bo’lib xizmat qilmoqda. Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasining 2008 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga qo’shilganligini ham e’tirof etishimiz lozim.
So’ngi vaqtlarda amalga oshirilgan eng samarali ishlardan biri, xususan mamlakatimizida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tashkil etilganligidir. Bu kabi maxsus organning tuzilishi jahon mamlakatlarida sinalgan usullardan biri bo’lib xizmat qiladi. Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha dastlabki ixtisoslashgan organlardan biri 1952 yilda tashkil etilgan Singapur korrupsiya holatlari tergov byurosi bo’lib, keyinchalik bunday organlar 1964 yilda Hindistonda ogohlik bo’yicha Markaziy qo’mita, 2004 yilda Ozarbayjonda korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi, 2008 yilda Gruziyada korrupsiyaga qarshi kengash, 2008 yilda Koreya Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish va fuqarolik huquqlari bo’yicha mustaqil komissiya shaklida tashkil etildi.
2020 yilning 29 iyunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-6013-son Farmoniga muvofiq O’zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tuzildi. Ushbu agentlik ham “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonunning bevosita ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Biz tashkil etilgan ushbu agentlikni bu kabi jinoyatlarga qarshi kurashish yo’lida yangi bosqichning boshlanganligi ko’rsatadi deb ayta olamiz.
Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida davlat organlari bilan fuqarolarning o’zaro hamkorligini yo’lga qo’yish maqsadida 2020 yilning 31 dekabrida qabul qilingan “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko’maklashagan shaxslarni rag’batlantirish tartibi to’g’risida”gi Nizom Vazirlar Mahkamasining Qarori asosida qabul qilindi. Ushbu nizomga ko’ra O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan korrupsiya bilan bog’liq jinoyatlar to’g’risida xabardor bo’lgan taqdirda, yoki o’ziga nisbatan pora talab qilinishi kabi holatlar yuzaga kelgan taqdirda tegishli davlat organlariga xabar berganida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanish nazarda tutilgan.
Ushbu butun bir jamiyat taraqqiyotiga g’ov bo’layotgan ushbu illatga qarshi kurashish haqida gap ketganida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida korrupsiya to’g’risida aytib o’tgan quyidagi fikrlarini keltirib o’tishimiz o’rinli bo’ladi “ Korrupsiyaning har qanday ko’rinishiga murosasiz bo’lish kundalik hayot tarzimizga aylanishi shart, bu illatga qarshi kurashishda barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, umuman, har bir fuqaro safarbar etilishi lozim”1. Bugungi kunda, mamlakatimizda bevosita korrupsiya deb nomlanmasada, korrupsiyaning qarindosh-urug’chilik, tanish-bilishchilik holatlari ko’plab uchraydi. Muayyan mansab lavozimida o’tirgan mansabdorning o’z yaqinlarini ishini tezroq bitirib olishlariga aralashuvi, afsuski jamiyat a’zolarining boshqa fuqarolariga va egallab o’tirgan lavozimiga nisbatan qilingan adolatsizligidir.
Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi va Yevropa Ittifoqi o’rtasida 2020-yilning 14-dekabr kuni bo’lib o’tgan online uchrashuv davomida O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi 2021-2027 yillar uchun mo’ljallagan “Hamkorlik dasturi” ishlab chiqildi. Quyidagi yo’nalishlar hamkorlikning asosiy yo’nalishlari sifatida belgilab olindi:
Qonunchilikni takomillashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha uzoq muddatli strategik dasturlarni ishlab chiqarish;
Korrupsiyaga qarshi kurashishda qo’llaniladigan xalqaro tajribani faol joriy etish;
Jamoatchilikda korrupsiyaga qarshi toqatsizlik muhitini shakllantirish;
Agentlik faoliyatini institutsional va tashkiliy asoslarini yanada rivojlantirish;
Sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash.
Ushbu illatga qarshi kurashish borasida 2021-yilning 11-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi bilan Buyuk Britaniya o’rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama etildi. Uchrashuvda ushbu illatga qarshi kurashishda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, buyuk Britaniya va O’zbekiston vakolatli organlari o’rtasida o’zaro tajriba almashish, ekspertlik ko’magini tashkil etish kabi masalalar muhokama etildi.
2021-yilning 22-yanvar kuni O’zbekiston va Finlyandiya o’rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishdagi hamkorlik istiqbollari muhokama etildi. Yig’ilish davomida korrupsiyaga qarshi kurashishda normativ-huquqiy hujjatlar bazasini shakllantirish, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni, uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqish masalalari muhokama etildi.
2021-yilning 2 aprel kuni ham Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda BMT Taraqqiyot dasturining O’zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha 2021-2025 yillarga mo’ljallangan Milliy strategiya loyihasi muhokamasiga bag’ishlab, Xalqaro maslahat yig’ilishi tashkil etildi.
So’ngi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar korrupsiyaga qarshi kurashish borasida xalqaro hamkorlikni yo’lga qo’yish, tajriba almashinish, xorijiy tajribalarni o’rganish va milliy tizimimizga joriy qilish bo’yicha yangi pog’onaga chiqmoqda. Mamlakatmiz taraqqiyotga erishishiga korrupsiyaning ulkan xavfi mavjudligini to’g’ri anglab yetgan holda, bugungi kunda unga qarshi kurashish kuchayib bormoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni yengish oz vaqtda sodir etiladigan holat emas, unga qarshi yillab davomida kurashiladi va butunlay yo’q qilishning ham deyarli imkoni yo’q. Bunga quyidagi misollar yordamida aniqlik kiritishimiz mumkin.
O’zbekistonning korrupsiyaga oid xalqaro reytingdagi o’rni 2019-yil holatiga ko’ra 20 ballni egallagan va 153 o’rinni tashkil etgan.1 2020-yil holatiga ko’ra esa bu ko’rsatkich biroz yaxshilanib, 180 davlat ichida O’zbekiston bu borada o’z o’rnini 7 pog’onaga o’zgartirib, 146-o’rinni qayd etgan. Transparency International korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan tuzilgan reytingga ko’ra, O’zbekiston 26 ballni egalladi. Bunda 0 ball korrupsiyani qabul qilishda eng yuqori ko’rsatkich, 100 ball esa eng past shkala hisoblanadi. Xalqaro reytingda Yangi Zelandiya va Daniya 88 ball bilan birinchi o’rinni qo’lga kiritdi. Kuchli o’nlikdan Finlyandiya, Shveytsariya, Singapur, Shvetsiya, Norvegiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Germaniyalar o’rin olishgan.2
Bosh prokuratura bergan ma’lumotlarga qaraganda o’tgan ikki yil davomida 1.986 nafar mansabdor shaxs korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan. Jinoiy yo’l bilan topilgan boyliklar shaxsiy manfaatlar uchun ishlatilib yuborilgan. Shuningdek, so’nggi ikki yilda korrupsiyaviy va mansabdorlik jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilgan 166 nafar bank amaldorlaring 13 nafari “Ipoteka bank”, 25 nafari “Milliy bank”, 26 nafari “Mikrokreditbank”, 38 nafari “Agrobank” va 49 nafari “Xalq banki” xodimlari bo’lgan.
Afsus bilan aytishimiz mumkinki, O’zbekistonda 2020-yilda sodir etilgan korrupsiya holatlari bo’yicha quyidagi uchta vazirlik yuqori ko’rsatkichni qayd etgan:
Sog’liqni saqlash vazirligi;
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi;
Qurilish vazirligi.
Mamlakat taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan bu uchta tarmoqda korrupsiyaning mavjud bo’lishligi bugungi kunda achinarli holatlardan biri hisobladi. Ta’lim sohasida korrupsiyaning mavjud bo’lishi ertangi yosh avlodning, xususan, kadrlar masalasida ham ushbu illatning vujudga kelishini anglatadi. Chunki korrupsiya bilan boshlangan ish, shu bilan davom etaveradi. Mamlakat iqtisodiy tizimlarida korrupsiyaning mavjud bo’lishi quyidagi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin:
Biznesni yuritishda vaqt va moddiy harakatlarni oshishiga;
Davlat mablag’lari va resurslarining samarasiz taqsimlanishi va sarflanishiga,
Narxlarning keskin o’sishiga;
Sog’lom raqobatni yo’qotishga, hamma uchun raqobat qoidalarining bir xil bo’lmasligiga;
Xufiyona iqtisodiyotning o’sishi va soliq tushumlarining kamayishiga;
Investitsion muhitning yomonlashuviga, investitsiyalar va kamayishi va mamlakat iqtisodiyotining samaradorligining tushishiga olib keladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashni enga avvalo inson o’zini to’g’rilashdan, o’zligini anglashdan, vatanni sevishdan boshlamog’i lozim. korrupsiyaga qarshi kurashish organlari eng avvalo bu illatni yo’qotish uchun ta’limdan korrupsiyani sug’urib olish kerak, yoshlarni maktabgacha ta’limidan tortib toki ular oliy ta’limni tugatmagunlaricha ushbu illatga qarshi samarasiz bo’lish to’g’risida o’qitilishi lozim. Prezident SH.M.Mirziyoyevning “Korrupsiyani oldini olish bo’yicha davlat xizmatchilarining muntazam o’qitish va bilimlarini baholab borish tizimi yo’lga qo’yiladi” deb ta’kidlagan fikrlari ham mamlakat korrupsion tizimini kamayishiga olib keladi.



Download 95.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling