Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish


II. BOB. O’ZBEKISTONDA KORRUPSIYAVIY JINOYATLARNING SABABLARI VA UNING OLDINI OLISh MASALALARI


Download 95.85 Kb.
bet7/17
Sana18.06.2023
Hajmi95.85 Kb.
#1559799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
Namuna BMI

II. BOB. O’ZBEKISTONDA KORRUPSIYAVIY JINOYATLARNING SABABLARI VA UNING OLDINI OLISh MASALALARI


2.1. Korrupsiyani vujudga keltiruvchi jinoyatchi shaxslar
Aytib o’tish joizki, har birimiz qachondir nohaqlikka, qonun buzilish holatlariga duch kelamiz. Inson borki muayyan bir xatolarni sodir qiladi. Ammo shuni unutmasligimiz kerakki, korrupsiya jinoyati butun bir jamiyatni taraqqiyotdan ortda qolishiga sabab bo’ladi. Muayyan bir shaxslarning noqonuniy boylik orttirishlari natijasida, butun bir fuqarolar, butun bir jamiyat, davlat aziyat chekadi. Boshqaruvda korrupsiyaning aralashuvi borligi ushbu mamlakat uchun yakuniy bosqich tanazzul bilan barham topadi.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi ham ko’plab mamlakatlar qatorida korrupsiya avj olgan hududlardan biri hisoblanadi. Ushbu illatga qarshi kurashish borasida samarali usullarni qo’llab, mazkur jinoyatni sodir etganlarga qonun doirasida jazo berib, biroz bo’lsada bu kabi jinoyatlarning kamayishiga erishilmoqda. Korrupsiya jamiyatni turli yo’llar bilan iskanjaga oladigan dxshatli llatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlarini buzulishiga olib keladi. 1Afsus bilan aytishimiz kerakki, o’zbek millatiga xos bo’lgan qarindosh–urug’chilik, tanish-bilishchilik kabi korrupsiyaning o’zgacha ko’rinishlari avj olib bormoqda. Ayrim shaxslarning qon-qoniga singib ketgan bu illatlar, afsuski davlatga nisbatan, fuqarolarga nisbatan ulkan xiyonat qilishayotganliklarini sezishmayapti. Ular mamlakat miqyosida sog’lom raqobatning o’lishiga olib kelishmoqda. Buni birgina misol bilan keltirib o’ta olamiz. Oliy ta’limni tugatgan bilimli kadrlarni ishga joylashtirish borasida nohaqliklar mavjud va mansabdor shaxslarning farzandlari yoki qarindoshlari bu borada boshqalarga nisbatan muayyan ustunlikka ega bo’lishmoqda. Bu esa ertangi malakali kadr masalasiga jiddiy putur yetkazishi mumkin. Korrupsiya bilan biror natija erishgan shaxs, albatta korrupsion ish qilish umidini ko’zlaydi.
O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 210,211,212 moddalarida poraxo’rlik jinoyatlar aks etgan bo’lib, bu kabi jinoyatlarini sodir etgan shaxslarning ham turlari keltirib o’tilgan. Unga ko’ra ushbu shaxslar O’zbekiston qonunchiligi bo’yicha korrupsiya jinoyatini sodir etishda aybli deb hisoblanishlari mumkin.
Pora oluvchi;
Pora beruvchi;
Pora olish berishda vositachilik qiluvchi.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi bo’yicha poraxo’rlik jinoyatlari quyidagilar va ularga ushbu moddalarda nazarda tutilgan jazolar qo’llanilishi mumkin:
JK ning 210 moddasiga ko’ra: Pora olish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o’z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo’lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko’zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o’zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo’lishi:
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Pora olish:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 211 yoki 212 moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) ko’p miqdorda;
v) tamagirlik yo’li bilan;
g) bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo’lsa, —
besh yildan o’n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Pora olish:
a) juda ko’p miqdorda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa,
o’n yildan o’n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
JK ning 211 moddasiga asosan: Pora berish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning o’z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo’lgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini ko’zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib bevosita yoki vositachi orqali moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish,
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Pora berish:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 yoki 212 moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) ko’p miqdorda sodir etilgan bo’lsa,
besh yildan o’n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Pora berish:
a) juda ko’p miqdorda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa,
o’n yildan o’n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Basharti, shaxsga nisbatan pora so’rab tovlamachilik qilingan bo’lsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda o’ttiz sutka mobaynida o’z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko’ngildan pushaymon bo’lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo’lsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.
JK ning 212 moddasiga muvofiq:

Download 95.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling