Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish


KIRISH Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi


Download 95.85 Kb.
bet2/17
Sana18.06.2023
Hajmi95.85 Kb.
#1559799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Namuna BMI

KIRISH
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Bugungi kunga kelib, ko’plab mamlakatlar qatorida O’zbekiston Respublikasida ham korrupsiya jinoyati bilan bog’liq bo’lgan muammolar jamiyat hayotining rivojlanishiga to’sqinlik qilib kelmoqda. Qonunlarni mensimaydigan, o’z kasbiga noloyiq bo’lgan, o’z nafsi yo’lida qonunni chetlab o’tib muayyan haq evaziga ushbu jinoyatni sodir etayotganlar, afsuski hozirgi vaqtda davlat organlari bilan fuqarolar o’rtasidagi ishonchning kamayishiga sababchi bo’lishmoqda. Shu o’rinda, davlatning ularga ishonib topshirilgan lavozimini, mansab va vakolatlarini suiiste’mol qilib, davlat ishonchini ham poymol qilishmoqda. Bu illatga qarshi kurashish va uni oldini olish borasida davlat organlari bilan bir qatorda fuqarolar ham o’zlarining hissalarini qo’shmoqdalar. Bu o’rinda Vazirlar mahkamasi tomonidan 2020-yil 31- dekabrda 479-sonli qarori bilan tasdiqlangan “ Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishda boshqa tarzda ko’maklashgan shaxslarni rag’batlantirish tartibi to’g’risida”gi Nizom bu illatga qarshi kurashda fuqarolarni ham jalb qilish yo’lida muhim qadamlardan biri bo’lganligini alohida e’tirof etish lozim. Ushbu nizomning asosiy maqsadi esa quyidagilardan iborat:
jamiyatda korrupsiyaning barcha ko’rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish hamda ushbu sohada davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash;
korrupsiyaga oid jinoyatlarning barvaqt profilaktikasini ta’minlash, bunga imkon berayotgan shart-sharoitlarni o’z vaqtida aniqlash va bartaraf etish;
aholining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faolligini yanada oshirish hamda ularni ushbu sohaga qo’shayotgan hissasi uchun munosib taqdirlash.1
Mamlakatimizda 2017-2021 yillar uchun qabul qilingan harakatlar strategiyasida ham ushbu davr mobaynida amalga oshirilishi lozim bo’lgan qonun ustuvorligini ta’minlash yo’lida korrupsiyaga qarshi kurashning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirishga alohida e’tibor berilib, muhim ishlar amalga oshirilib kelinmoqda1.
Korrupsiya – ildizlari davlat xizmatini tashkil etishdagi nuqsonlarga va davlat xizmatchilarining o’ziga xos psixologiyasiga borib taqaladigan ijtimoiy hodisa. Bu korrupsiyaga qarshi avvalo ma’muriy-huquqiy va tashkiliy-boshqaruv chora-tadbirlari ko’rilishi zarurligini anglatadi.
Korrupsiya muammosini hal qilmasdan turib davlat boshqaruvi vazifalarini samarali yechish mumkin emas. Qadimgi yunon mutafakkirlari Platon va Aristotel korrupsiyani siyosiy kategoriyalar qatoriga kiritgan, N.Makiavelli esa uni davlatning fuqarolar ma’naviyatiga putur yetkazuvchi umumiy kasalligi alomati deb hisoblagan. Sh.Monteske korrupsiyani yaxshi siyosiy tartib yoki tizimni izdan chiqaruvchi “disfunksional jarayon” sifatida tavsiflagan.
Hozirgi davr nuqtai nazaridan qaralganda, boshqa ko’plab muammolar qatorida korrupsiyaga qarshi kurash, mamlakat iqtisodiy-siyosiy hayotini barqarorlashtirish uchun e’tibor beriladigan eng xavfli dushman sifatida ko’rilishi lozim. Buni quyidagilar bilan izohlashimiz mumkin:
Birinchidan, jamiyatning rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan ushbu illatning mavjudligi, davlat va fuqarolar o’rtasida ushbu jinoyatni sodir qilayotganlar orqali ishonchsizlikni yuzaga keltiradi;
Ikkinchidan, aholi o’rtasida ijtimoiy tabaqalanishni vujudga keltiradi, ya’ni mansabdor shaxslarning mansab vakolatlarini suiiste’mol qilishi orqali jamiyatning boy qatlami ushbu shaxslarni muayyan haq evaziga sotib olishadi va qonunga zid tarzda boylik orttirishadi. Shuningdek, boy qatlamlar o’rtasida qonunni mensimaslik, korrupsiya oqibatida soxta qudratga ega bo’lish holatlari yuzaga keladi.
Uchinchidan, korrupsiya boshqa ko’pgina salbiy ijtimoiy hodisalar singari, o’zining keng ildiz otishiga zamin yaratadi – u bo’lg’usi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tartibga salbiy ta’sir ko’rsatadi, bunda korrupsiya qancha chuqur ildiz otgan bo’lsa, unga qarshi kurash va uning oqibatlarini bartaraf etish, hatto korrupsiyaning ba’zi bir sabablari tugatilgan bo’lsa ham, shuncha qiyinlashadi.
To’rtinchidan, mamlakatdagi korrupsiya darajasi siyosiy omilgina bo’lib qolmasdan, balki qarzlar berish, chet el investitsiyalarini amalga oshirish shartlari va hokazolarga ta’sir ko’rsatuvchi muhim iqtisodiy omil hisoblanadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashda samarali chora-tadbirlar ko’rmaslik shunga olib kelishi mumkinki, u kriminal, iqtisodiy va ijtimoiy muammodan siyosiy muammoga aylanishi va mamlakatning konstitutsiyaviy asoslariga putur yetkazuvchi milliy ofat tusini olishi mumkin. Bu kabi mamlakatga keluvchi ulkan xavfni chuqur anglagan holda, mamlakatimiz Prezidenti tomonidan 2020-yilning 29-dekabrida bo’lib o’tgan Oliy Majlisga Мurojaatnomada quyidagi fikrlar ilgari surildi: korrupsiyaning har qanday ko’rinishiga murosasiz bo’lish kundalik hayot tarzimizga aylanishi shart. Bu illatga qarshi kurashishga barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, umuman, har bir fuqaro safarbar etilishi zarur.
Korrupsiya o’ta og’ir jinoyat ekani va unga nisbatan murosasiz bo’lish g’oyasini farzandlarimizga yoshlik davridan boshlab singdirishimiz, ularga faqat halol mehnat va tadbirkorlik orqali daromad topishni o’rgatishimiz lozim.
Shuningdek, korrupsiyaning oldini olishda barcha davlat organlarida qaror qabul qilish jarayonlari, ochiq va faqat ochiq bo’lishini ta’minlash hal qiluvchi ahamiyatga ega. Masalan, fuqarolarimiz joriy yildan boshlab ochiq e’lon qilinayotgan davlat xaridlariga oid ma’lumotlardan foydalanib, o’rinli masalalarni ko’tarmoqda.1 Shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi 4761-sonli qarori bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish” agentligining ham tashkil etilganligi mamlakatimizda poraxo’rlik jinoyatlariga qarshi kurashish choralarining o’sayotganligiga yana bir dalil bo’ldi.
Korrupsiyaga qarshi kurashning og’irligi hamda o’ta murakkabligi shu bilan belgilanadiki, bu jinoyat nafaqat xufiyona, balki subyektlar o’rtasida kelishuvga binoan sodir etiladi. Aksariyat hollarda u tegishli hokimiyat organlariga shikoyat berilishiga sabab bo’lmaydi, chunki g’ayriqonuniy kelishuvdan ikkala tomon ham naf ko’radi. Hatto pora so’rash hollari ustidan ham kamdan-kam holda shikoyat qilinadi, chunki odamlar korrupsiyaga qarshi kurash jarayoniga ishonchsizlik bilan qaraydilar. Buning uchun milliy va xorijiy tajriba bilan bog’liq bo’lgan muayyan ob’ektiv va sub’ektiv asoslar mavjud.
Korrupsiya jinoyati quyidagi uchta jinoyatning uyg’unligini tashkil etadi. Ular O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda JK deb yuritiladi)da aks ettirilgan bo’lib, 210-modda pora olish, 211-modda pora berish, 212-modda pora olish berishda vositachilik qilish.1 Ushbu moddalarda nazarda tutilgan jinoyatlardan birining sodir etilganligi ikkinchisi yoki uchinchisini ham sodir etilganligini anglatadi.
Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari. Korrupsiya tushunchasining mazmuni, korrupsiyaga qarshi kurash tarixi, korrupsiya jinoyatlarining jinoyat-huquqiy tavsifi, O’zbekiston Respublikasida korrupsiya jinoyatlarining sabablari va uning oldini olish masalalari hamda ushbu illatga qarshi kurashishda xorijiy tajribalarni o’rgangan holda korrupsiyaga qarshi kurashning samaradorligini oshirish va bunday jinoyatlarning oldini olish bo’yicha takliflar berishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun o’z oldimizga quyidagi vazifalarni qo’yamiz:
- korrupsiya tushunchasi, uning turlari va namoyon bo’lish shakllari bilan bog’liq bo’lgan masalalarni tadqiq etish;
- korrupsiyaning vujudga kelganligi va unga qarshi kurashish tarixini o’rganish;
- O’zbekiston qonunchiligi bo’yicha korrupsiya jinoyatlariga umumiy jinoyat-huquqiy tavsif berish;
- korrupsiya jinoyatlarini kvalifikatsiya qilishdagi muammolar aniqlash va bu borada e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan asosiy jihatlari mazmunini ochib berish, ushbu jinoyatlar bo’yicha sud-tergov amaliyotini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berish;
- korrupsiyani vujudga keltiruvchi sabab va shart-sharoitlarni tadqiq etish hamda uning yechimlarini yuzasidan takliflar berish;
- korrupsiyaga qarshi kurashish borasida xorijiy tajribalarni o’rganish, ushbu holatlarni O’zbekiston misolida qiyosiy tahlil qilish;
- korrupsiyaga qarshi kurashdagi muammolar, korrupsiyaga qarshi kurash to’g’risidagi qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimcha kiritish bo’yicha takliflar berish.
Bitiruv malakaviy ishining obyekti. Mamlakatimizning iqtisodiy-siyosiy, fuqarolar uchun farovon hayotni bunyod etish yo’lida, korrupsiya deb atalmish, jahon balosidan xalos bo’lish yo’lida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qarorlar va xorijiy tajribalar, bu borada amaliyotda uchrab turgan muammoli holatlar, bu sohani tartibga solish bo’yicha qonunchilikdagi bo’shliqlar va ular yechimining majmu bitiruv malakaviy ishining obyektni tashkil etadi

Download 95.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling