Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish


Pora olish-berishda vositachilik qilish


Download 95.85 Kb.
bet8/17
Sana18.06.2023
Hajmi95.85 Kb.
#1559799
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Namuna BMI

Pora olish-berishda vositachilik qilish, ya’ni pora olish yoki berish xususidagi kelishuvga erishishga qaratilgan faoliyat, shuningdek manfaatdor shaxslarning topshirig’i bilan porani bevosita berish,
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O’sha harakat:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 yoki 211 moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) ko’p miqdorda pora olish yoki berish vaqtida;
v) bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib pora olayotganligi vositachiga ayon bo’lgan holda sodir etilgan bo’lsa, —
besh yildan o’n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Pora olish-berishda vositachilik qilish:
a) haq evaziga;
b) juda ko’p miqdorda pora olish yoki berish vaqtida;
v) uyushgan guruh manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa, —
(o’n yildan o’n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Basharti, pora olish-berishda vositachilik qilgan shaxs jinoiy harakatlarni sodir etganidan keyin bu haqda o’ttiz sutka mobaynida o’z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko’ngildan pushaymon bo’lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo’lsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.1
Yuqorida keltirib o’tilgan holatlarga asosan korrupsion jinoyatlarda pora olish jinoyatlarini mansabdor shaxslar sodir etishadi.
Bundan tashqari O’zbekiton Respublikasi JK ning 205-214, 243- moddalari ham korrupsiyaviy jinoyatlar bilan bog’liq holda sodir etiladigan jinoyatlar sirasiga kiradi.
Mansabdor shaxs — davlat organlarida, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlarida, davlat, munitsipal muassasalarida, shuningdek, Qurolli Kuchlarda, boshqa qoʻshinlar va harbiy tuzilmalarda hokimiyat vakili vazifalarini doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha amalga oshiruvchi yoxud tashkiliy-boshqaruvchilik, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini bajaruvchi shaxs. Bunday shaxs Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat huquqida mansabdorlik jinoyatlarining subʼyekti hisoblanadi. Mansabdor shaxslar qonunda mansabdor va masʼul mansabdor shaxslarga ajratilgan. Masʼul mansabdor shaxslarga hokimiyat vakillari; davlat korxonasi, muassasasi yoki tashkilotlarida saylash yoki tayinlash boʻyicha doimiy yoxud vaqtincha tashkiliyboshqaruv yoxud maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini bajarish bilan bogʻliq lavozimlarni egallab turgan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxslar; mulkchilikning boshqa shakllaridagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari, davlat boshqaruvi yuzasidan belgilangan tartibda hokimiyat vakolati berilgan jamoatchilik vakillari, tashkiliy-boshqaruv yoxud maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida bajarish bilan bogʻliq mansablarni egallovchi shaxslar kiradi. Har qanday hokimiyat idorasida ishlovchi, ammo hokimiyat vakolatlari (maʼmuriy vakolatlar) berilmagan shaxslar (texnik ishlarni bajaruvchilar) hokimiyat vakillari deb eʼtirof etilmaydi.1
Pora berish va pora olish berishda vositachilik qilish jinoyatlarining subyektlari 16 yoshga to’lgan, aqli raso jismoniy shaxslar bo’lishi mumkin va u mansabdor shaxs bo’lishni talab etmaydi.
Shu o’rinda o’tgan yil hisoblari bo’yicha sodir etilgan va aniqlangan jinoyat ishlarining statistik ma’lumotlariga to’xtalib o’tamiz: 2020 yilda sudlar tomonidan korrupsiya bilan bog’liq 2270 shaxsga nisbatan jinoyat ishlari ko’rib chiqilgan. Ushbu jinoyatlar orasida pora berish (JK 211-modda) – 1056 nafar, mansab soxtakorligi (JK 209-modda) – 825, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish (JK 205-modda) –184, pora olish (JK 210-modda) – 133 shaxsga nisbatan jinoyat ishlari ko’rib chiqilgan.
Tahlillarga ko’ra korrupsiya bilan bog’liq jinoyatlar asosan ishsizlar (23%), ta’lim (17%), tibbiyot (7%), bank (5 %), qurilish (3%), ichki ishlar (3%) tizimi xodimlari tomonidan sodir etilgan.
Afsus bilan aytishimiz mumkinki, ushbu holatlar faqatgina sud tomonidan ko’rib chiqilganlari xolos, korrupsion jinoyatlar xufiyona sodir etiladigan ijtimoiy qilmishlar qatoriga kiritilishini inobatga oladigan bo’lsak, aniqlanmagan jinoyatlar ham oz emas. Korrupsiya jinoyatini sodir etilishi uchun quyidagi shart sharoitlar imkon yaratib berishi mumkin:
Mamlakatda ushbu jinoyatlar uchun belgilangan jazolarning yengilligi;
Mavjud siyosiy tizim, yoki puxta ishlab chiqilmagan qonunlar;
Insonlar o’rtasida mavjud bo’lgan qarindosh-urug’chilik munosabatlari;
Mehnat munosabatlarida mavjud bo’lgan ish haqining kamligi;
Shaxslarning noqonuniy boylik orttirishga intilishlari, nafsiga qul bo’lish va boshqa pas niyatlaring mavjudligi.
Poraxo’rlik jinoyatlarida faol harakat bilan asosan pora beruvchi shaxs gavdalanadi. Chunki ishning natijasidan birinchi navbatda ushbu shaxs manfaatdor bo’ladi. Sodir etilgan ushbu harakatdan keyingi bosqichda pora oluvchi shaxs ham ushbu ishdan o’z manfaatlarini ko’zlagan holda, sodir etayotgan qilmishini qonunga zid ekanligini yoki sog’lom raqobat emasligini bilgan holda ham ushbu jinoyatni sodir etilishida faol harakat qiladi. Shuningdek ushbu jinoyat sodir etilishida ham oraliqdagi shaxslar, ya’ni vositachilar ham ishtirok etadilar, ular ham ishning natijasidan o’zlariga belgilangan ulishlarni oladilar. Bunday shaxslar hukumat tomonidan berilgan ishonchi suiiste’mol qilgan holda, xalq oldidagi sadoqatiga xiyonat qilib, o’z nafsining domiga tushib qolishadi. Bunga birinchi galda pora beruvchining faol harakati sabab bo’lgan deb aytishimiz mumkin, ammo ushbu jinoyatning sodir etilishi yoki sodir etilmasligi mansabdor shaxsning qabul qilayotgan qaroriga bog’liq bo’lib qoladi. Shunday ekan yuqori lavozimda ishlovchi fuqarolar vijdonan va o’z kasbiga sadoqat bilan ishlash qobiliyatlariga ega bo’lishi kerak. Chunki qabul qilinayotgan noto’g’ri qarorlardan faqatgina xalq aziyat chekadi, buni bugungi kunda sodir bo’layotgan ayrim salbiy hodisalar ham isbotlashi mumkin.
O’zbekiston mustaqil davlat sifatida vujudga kelganidan buyon korrupsion muhit ushbu davlatga ham o’z salbiy tasirini o’tkazmasdan qolmadi. Biz afsus bilan aytolamizki, bugungi kunda poraxo’rlik jinoyatlarining mavjudligini ko’plab sohalarda ko’rishimiz mumkin. Xususan, ta’lim, tibbiyot, qurilish soxasi, davlat boshqaruv organlari tarkibida, biznes va boshqaruv organlari orasida ham korrupsion muhit rivojlanishga muhim to’siq bo’lib kelmoqda.



Download 95.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling