Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish


Korrupsiya jinoyatlarini oldini olish profilaktikasi


Download 95.85 Kb.
bet11/17
Sana18.06.2023
Hajmi95.85 Kb.
#1559799
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Namuna BMI

3.2. Korrupsiya jinoyatlarini oldini olish profilaktikasi

Korrupsiyaga qarshi kurash ko’p yillardan beri davom etib kelayotgan bo’lsada, unga qarshi kurashish va uni oldini olish bo’yicha hech qanday mukammal usul ishlab chiqilgani yo’q. Bu illatga qarshi qarshi har bir davlat o’z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda kurash olib borishadi. Hozir biz ushbu illatga qarshi kurashish borasida yuksak natijalarga erishgan mamlakatlarda amalga oshirilgan profilaktik choralar haqida fikr yuritamiz. Bu mavzuda gap ketganida biz 1965-yilda mustaqiilikka erishgan va korrupsiya juda yuqori bo’lgan, bugungi kunga kelib esa korrupsiya ko’rsatkichi juda ham past bo’lgan Singapur tajribalarini muhokama qilmasdan o’tolmaymiz.


Korrupsiyaga qarshi kurashish bilan bir qatorda uni oldini olish choralari ham ko’rlishi lozim. Shundagina muayyan vaqtdan keyin ko’zlangan maqsadga erishilishi mumkin. Singapurda ham korrupsiyani oldini olish maqsadida mansabdor shaxslarning axloq kodeksi ishlab chiqilgan bo’lib, ular doimiy tarzda o’qitilib boradi. Ushbu mamlakatda quyidagicha profilaktik choralar qo’llaniladi va bulan bugungi Singapurning mavjud bo’lishiga ulkan hissa qo’shgan.
Singapur davlatida biror bir mansabdor shaxsning korrupsiya jinoyatini sodir etishi, nafaqat o’zining balki ushbu tizimda ishlayotgan boshqa sheriklarining ham ishdan bo’shatilishiga sabab bo’ladi, ya’ni bir shaxs korrupsion jinoyatni sodir etdimi uning jamoasi ham butun tarkib bilan ishdan ketadi.
Mansabdor shaxslarning pora olmasligi uchun ularga davlat byudjeti tomonidan juda ham yuqori maosh to’lanadi. Bu esa ularning muayyan bir martalik pora evaziga o’zining yuqori maoshga ega bo’lgan lavozimidan chetlatilishini xohlamasliklariga sabab bo’ladi.
Qonunlarning so’zsiz amal qilishi, ushbu mamlakatda demokratik tamoyillarga to’laqonli amal qilinadi va kimki ushbu jinoyatni sodir etishidan qat’iy nazar javobgarlikka tortiladi, hattoki u yuqori mansabli davlat amaldori bo’lsa ham.1
Yuqorida sanab o’tilgan bazi bir korrupsiyaning oldni olishga qaratilgan choralar bizning mamlakatimizda ham qo’llanishi lozim. Masalan, bir korrupsion shaxsni deb uning qolgan jamoasi ham ishdan ketishi. Bunday holatda shaxs albatta, qolgan jamoa a’zolarini ham o’ylagan holda bunday ishga qo’l urish holatlari kamayadi. Qolaversa, qonunlar amal qilish va korrupsion jinoyatlarda ishtirokchi bo’lib qolmaslik uchun huquqiy ong va huquqiy madaniyatga qat’iy rioya etilishi kerak, shaxslar bu borada muntazam o’qitilib borishi lozim.
Singapur Bosh vaziri Lee Hsien Loong quyidagi fikrlarni bildirib o’tgan Korrupsiya - bu hech qachon toqat qilib bo’lmaydigan balo. Mamlakatlar unga qarshi kurashishning barcha usullarini sinab ko’rishdi. Ular korrupsiyaga qarshi kurashish agentliklarini yaratadilar. Ular kuchli qonunlarni qabul qilishadi. Ular davlat amaldorlari uchun axloq qoidalarini e’lon qilishadi. Kompaniyalar biznesni toza olib borishga va’da berishadi. Shunga qaramay, ko’pincha korrupsiya jamiyatda saraton kasalligi bo’lib qolmoqda. Qanday qilib Singapur korrupsiyani yo’q qilishda qandaydir muvaffaqiyatlarga erishdi? Men buni to’rtta omilga asosladim.

Download 95.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling