Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish


Download 95.85 Kb.
bet13/17
Sana18.06.2023
Hajmi95.85 Kb.
#1559799
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Namuna BMI

Birinchidan, O’zbekiston Respublikasi JK ning poraxo’rlik jinoyatlari aks etgan moddalarining sanksiya qismidagi jazolar 210,211,212-moddalar uchun bir xil. Biz JK ning 211-moddasi ya’ni pora berish jinoyati uchun jazolarni yengillashtirish taklifini ilgari suramiz. Chunki, korrupsiya jinoyati sodir etilishi yoki sodir etilmaslgi masalasi mansabdor shaxs tomonidan hal etiladi.
Ikkinchidan, ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurash va uning jamiyat uchun keltiradigan ulkan zararlarini aks ettiruvchi o’quv qo’llanmalarini joriy qilish. Bola asosiy tarbiyani maktabgacha ta’lim dargohida olishini inobatga olgan holda, ushbu ta’lim muassasasida amaliy ko’rgazmalar va nazariy bilimlarga asoslangan holda tarbiyaviy-o’qitish tizimini yo’lga qo’yish. Keyingi bosqichda boshlang’ich va o’rta ta’lim sohasida ham ushbu o’qitish tizimini davom ettirish. Bola yoshligida boshlab korrupsiya yomon illat ekanligini va unga qarshi doim kurash olib borish kerak ekanligini anglasa, uning korrupsiya jinoyatlarini sodir etishi ehtimoli anchaga kamaygan bo’lar edi. Amalga oshirilishi lozim bo’lgan bu usul bugun emas, kelgusida bu kabi jinoyatlarni sodir etilishini sezilarli darajada kamayishiga sabab bo’lishi mumkin.
Uchinchidan, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida Singapurning quyidagi tajribasi ham muhim rol o’ynashi mumkin. Bir mansabdor shaxs yoki davlat ishchisi pora olsa, u o’zi lavozimdan bo’shatilishi bilan birgalikda, u bilan birgalikda uning qolgan hamkasblari ham lavozimidan ozod etiladi. Ushbu usul korrupsiyaga qarshi butun bir jamoa bo’lib kurashish ehtiyotini vujudga keltiradi. Bir shaxsning jinoyati uchun butun bir jamoa bo’lib javob berish jazosi, ular o’rtasida pora olmaslik bo’yicha kunlik tushuntirishlar bo’lishiga sabab bo’ladi. Shaxs bir o’zi emas, balki butun jamoasini o’ylab ham ushbu jinoyatga qo’l urmaydi. Ushbu amaliyot ham bizning korrupsiyaga qarshi kurashish tizimimiz uchun, yengilroq holatda qabul qilinsa maqsadga muvofiq bo’lar edi deb o’ylaymiz.
To’rtinchidan, korrupsiyaga yo’l ochib beruvchi holatlarni bartaraf etish. Bulardan eng ommalashgani, mamlakatimizda mavjud bo’lgan byurokratik tizim. Afsus bilan aytib o’tishimiz kerakki, eskilik sarqiti bo’lib qolgan qog’ozbozlik bugungi kunda fuqarolarni sarson-sargardon qilishdan o’zga narsa emas. XXI asr texnologiya zamonida hali ham bu kabi muammolarning mavjudligi uyatli holat. Byurokratiya qanchalik yuqori bo’lsa, puldor insonlar ularni chetlab o’tib, tanish-bilish qilish orqali o’z maqsadlariga oson va tez erishish maqsadini ko’zlashadi. Bu kabi choralar, korrupsiya deyarli sodir etilmaydigan Daniya, Finlyandiya, Sinagur, Germaniya kabi davlatlarda ham qo’llanilgan.

Download 95.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling