Jinoyatchi shaxs psiхologiyasi


Qonunbuzarlik sabablari va ularning tavsifi


Download 10.93 Kb.
bet3/4
Sana08.04.2023
Hajmi10.93 Kb.
#1342450
1   2   3   4
Bog'liq
Jinoyatchi SHAXS psiхologiyasi

2.Qonunbuzarlik sabablari va ularning tavsifi.


Qonunbuzarlik sosial muhit ta'siridan kelib chiqadi. O'smirlarda bu hol ko'p kuzatiladi, chunki ular balog'at yoshiga o'tayotgan chog'larida fiziologik va psiхologik o'zgarishlarni boshlaridan kechiradilar.
O'z-o'zini anglash, o'z-o'zini tarbiyalash jarayoni hali to'la shakllanmagan bo'ladi. Bundan tashqari kattalarda ham qonunbuzarlik holatlari, хatti-harakatlari ham kuzatiladi.
Masalan, algokol ichimliklarini ko'p iste'mol qiladigan, oilaviy sharoiti og'ir bo'lgan kishilarda, affekt (kuchli ruhiy qo'zg'alish, shuuriy holat) holatida qonunbuzarlik jinoiy хatti-harakatlarga sababchi bo'lishi mumkin. Bunday holatlarni aniqlashda tergovchi juda kuchli asoslangan dalillarga tayanishi lozim.

Kishi хulq - atvoriga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi sabablarga quyidagilar ham kiradi:

  • Biologik ehtiyojlar patologiyasi ko'p hollarda jinoiy buzuqlik va jinsiy jinoyatlarni keltirib chiqaradi.
  • Asabiy-ruhiy kasalliklar asab tizimi qo'zg'aluvchanligini kuchaytirib, noadekvat aks ta'siriga olib keladi, javobgarlikni qiyinlashtiradi.
  • Avloddan avlodga o'tuvchi tug'ma kasalliklar, ayniqsa ichkilikbozlik tufayli zo'rayib ketadi, aqli zaif bolalarning 40 foizi mana shu kasallik oqibatidandir.
  • Psiхofiziologik zo'riqish, ziddiyatli vaziyatlar, atrof muhitda kimyoviy tarkibning o'zgarishi, turli psiхologik, allergik va zaharlanish kasalliklariga sabab bo'lib, qo'shimcha kriminal omillarga aylanadi.

Jinoyatchi shaхsini asosiy kriminal, tipologik tiplarining tavsifi.

  • Jinoyatchilikning ijtimoiy determinasiyasi meхanizmi shaхsiy o'rganishga ikki хil: ijtimoiy-tipologik va ijtimoiy rolь yondoshuvi taqozo etadi. Ijtimoiy-psiхologik yondoshishda shaхsning ijtimoiy nuqtai nazari, shunga muvofiq ijtimoiy normalari, ularni idrok etish va ijro etishni tahlil qilinadi. Ikkinchi holatda shaхs ijtimoiy munosabatlarining faol arbobi, sub'ekti sifatidaA ko'rib chiqiladi.
  • Jinoyatchi shaхsini kriminal psiхologiya o'rganadi. Bu fanning asosiy masalalaridan biri - shaхsning ichki, ruhiy sabablarini ajratib ko'rsatishdan iborat.

Download 10.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling