Jismoniy madaniyat


Download 91.15 Kb.
bet49/56
Sana07.11.2021
Hajmi91.15 Kb.
#171473
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   56
Bog'liq
Hakamlik.docx 1

Himoya taktikasi

Keskin raqobat ostida kechayotgan zamonaviy basketbol

musobaqalarida raqib hujumiga qarshi qo‘llaniladigan himoya harakatlari

taktik jihatdan qanchalik serqirrali va mukammal bo‘Isa,

shunchalik raqibni hujum rejasini “puchga” chiqarish, to‘pni olib

qo‘yish va qayta hujum uyushtirish imkoni keng bo‘ladi.

Himoya taktikasi ham hujum taktikasi kabi individual, guruhli

va jamoa harakatlari asosida amalga oshiriladi. Lekin himoya

taktikasini samarali ijro etish va uni foydali natija bilan yakunlash

ustuvor jihatdan o‘yin texnikasini mukammal o‘zlashtirilganlik,

jismoniy va psixofunksional imkoniyatlar salohiyatiga bog‘liqdir.

Bundan tashqari raqibni individual, guruhli va jamoaviy hujum

taktikasini hamda ulaming sirli hatti-harakatlarini, rejalarini oldindan

bashorat qila olish (bilish), vaziyatni tezda payqash va unga

asosan qarshi himoya usullarini qo‘llay olish himoya taktikasini

foydali koeffisient bilan ado etishga yo‘l ochib beradi.

Individual himoya taktikasi ikki yo‘nalishda ijro etiladi:

- to‘psiz hujum qilayotgan raqibga qarshi himoya usullarini

qo‘llash;

- to‘p bilan hujum qilayotgan raqibga qarshi himoya usullarini

qo‘llash (4-andoza).

To‘psiz hujum qilayotgan raqibga qarshi himoya usullarini

qo‘llash - shu raqibni sherigidan to‘p olish yo'lini zich to‘sish, uni

sapchigan to‘pni olishiga qarshilik ko‘rsatish va himoyada hara-

katlanayotgan o‘z sherigiga tezkor yordam berishga tayyor bo‘lishi

bilan farqlanadi.

Raqibni sherigidan to‘p olish yo‘lini zich to‘sish (unga halaqit

berish) uchun himoyachi: qulay pozitsion holatni tanlashi, to‘pni

harakatlanayotgan joyi yoki yo‘nalishini bilishi, savatgacha

(shchitgacha) bo‘lgan oraliqni aniq his qilishi (bo‘lishi) va hujum

qilayotgan raqibning taktik imkoniyatlari, hujum usullari va uning

sir-asrorlarini bilishi lozim. Bunday holatlarda himoyachi quyidagi

uch omilga (uchburchak) e’tibor qaratmog‘i darkor: to‘p, savat va

o‘zi ta’qib qilayotgan (himoya qilayotgan) hujumchi (56-rasm).


Download 91.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling