Tezkor “yorib” o‘tish - bu jamoani raqibga nisbatan son
jihatdan ustun boTgan tarkib asosida qayta hujum uyushtirish va
qisqa oraliqlardan savatni ishg‘ol qilishga mo‘ljallanadi.
“Barvaqt hujum” - jamoa tomonidan amalga oshiriladigan
mazkur usul ham deyarli tezkor “yorib” o‘tish usuliga o‘xshash
tartibda qo‘llaniladi. Faqat bu usulni qo‘llashda avvaldan “charxlangan”
va taktik kombinasiyalar bilan yakunlanadigan harakatlardan
ko‘proq foydalaniladi.
Pozitsion hujum. Bunday hujum asosan tezkor “yorib” o‘tish
“barvaqt hujum” choralari natija bermaganda juda qo‘l keladi.
Mazkur hujum usulida jamoaning barcha o‘yinchilari o‘z o‘yin
funksiyalari va o‘z о‘yin “joylariga” asoslangan holda maydon
bo‘ylab himoyalanayotgan raqiblami ta’qib qilib, savatni ishg‘ol
qilish xavfini tug‘diradi. Ta’qib davomida sust yoki zaif raqibni
payqagan zahoti boshqa raqiblami chalg‘itish asosida savatga hujum
uyushtiriladi.
Pozitsion hujum ikki xil tizimda ijro etilishi mumkin: bir yoki
ikki markaziy hujumchi orqali va markaziy hujumsiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |