Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzini shakllantirish jarayonini loyihalashtirish mundarija kirish


Download 211 Kb.
bet7/11
Sana20.12.2022
Hajmi211 Kb.
#1036307
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
JISMONIY RIVOJLANISH VA SOG\'LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH JARAYONINI LOYIHALASHTIRISH

Jinsiy, irsiy va oilaviy omillar Hayotning davom etishi nasl qoldirish va ko’payish bi­lan bog‘liq. Bu biologik hodisaning asosida jinsiy munosabat yotadi. Insondan boshqa barcha tirik mavjudotda jinsiy muomala nasl qoldirishning asosiy talabi hisob­lanadi. Insonda bu muomala nasl qoldirish bilan bir qatorda, uning hayot lazzatini ham ta’minlagan. Shuning uchun kishilik jamiyati o‘zining uzoq taraqqiyoti davomida bu masalani oila shaklida qonunlashtirgan. Oila esa inson hayotining asosiy talabi bo‘lish bilan birga, uning zurriyotlari — farzandlar dunyoga kelib, voyaga yetib tarbiyalanadigan asosiy maskan. Lekin oilani tashkil etishda ba’zan milliy, ijti­moiy, iqtisodiy omillar ta’sirida yaqin qarindoshlardan oila qurish, kelin va kuyov qon guruhlarining mos kelmasligi, oilaviy hayotga layoqatsiz yoshlarning boshini qo’shib qo‘yish va shular kabi irsiyat qonunlariga zid harakatlar nasl-nasabning buzilib borishiga, kelgusi avlodlar iqtidorining pasayishiga, kasalmand, mayib-majruh farzandlarning tug‘ilishiga sabab bo‘lmoqda. Shuning uchun bu sohadagi asosiy talab jinsiy juft tanlashdan tortib, jinsiy a’zolar gigienasigacha, jinsiy munosabatlardan tortib, sog‘lom oilaviy munosabatlargacha o‘z ichiga oladi.
O‘zaro munosabat omillari. Insoniyat o‘z taraqqiyoti davrida faqatgina biologik mavjudot sifatidagina emas, balki u ijtimoiy mahsulot sifatida ham shakllandi. O‘zaro munosabatlarni shartli ravishda bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ikkita qismga bo‘lish mumkin. Bular oilaning shakllanishi va takomillashuvi natijasida vujudga kelgan oilaviy munosabatlar hamda jamiyatning shakllanishi va takomillashuvi natijasida vujudga kel­gan ijtimoiy munosabatlar. Bularning har ikkalasi ham inson salomatligiga ta’sir qiluvchi eng katta va kuchli omillar. U eng avvalo, kishining ruhiyatiga ta’sir etadi. Ruhiyat esa salomatlik bilan bevosita aloqador. Kishining ruhiyati yuqori bo‘lganda tomirlardagi qonning harakati, ichki a’zolarning faoliyati, xujayralardagi modda almashinish kabi hayotiy jarayonlar yaxshi kechadi. Kayfiyat yaxshi, ishchanlik yuqori buladi. Aksincha, ruhiy tushkunlik paytida ichki a’zolar va xujayralardagi hayotiy jarayonlar su- sayadi. Kishi kayfiyatsiz, voqea va hodisalarga befarq ishga qo‘li bormaydigan bo‘ladi. Bunday holning surunkali da­vom etishi, kasalliklarga olib keladi.
Demak, bu sohada oldimizda turgan vazifa o‘zaro muno­sabatlarni inson foydasiga hal qilish, xususan, muomala madaniyatini yuksaltirish, ruhiyatga salbiy ta’sir etuvchi tartib va odatlarga barham berishgacha bo‘lgan ijtimoiy va shaxsiy tadbirlarni uz ichiga oladi.
Orttirilgan zararli odatlar omillari. Tarixiy ma’lumotlar zararli odatlarni insoniyatning azaliy hamrohi bo‘lganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga yana bir narsa aniqki, kishilik jamiyati rivojlangan sayin bu zararli odatlar uning turmushidan ko’proq o‘rin ola boshlagan.
Pul, boylik, mol-dunyoga hirs qo‘ygan korchalonlar jamiyatni giyohvandlik degan xavfli jarlikka tomon yetaklamoqdalar. Bularning oqibatlari esa kasalliklar va nasl-nasabning buzilishi bilan bog‘liq shaxsiy hamda oilaviy muammolardan tortib, jinoyatlar, o‘zaro munosabatlarning murakkablashuvi bilan bog‘liq ijtimoiy muammolardan iborat. Shuning uchun hozir­gi kunda bizning sog‘liq yo‘lidagi harakatimiz ana shu zararli odatlarni turmushimizdan butkul chiqarib tashlashga, ularga qarshi kurashga qaratilgan bulishi kerak. Bu sog‘lom turmush tarzining birinchi galdagi talabi.
Atrof-muhitning ifloslanishi bilan bog‘lik omillar. Odamlarning to‘da, qabila va urug‘larga birlashishi ularni qisman kichkina hududlarda to‘planib yashashiga olib keldi. Ko‘pchilikni to‘planib yashashi esa, ular yashagan joylarning ifloslanishiga sabab bo‘lishi turgan gap. Ibtido­iy odam ham, ongli va aql idrokli odam ham bu muammoni yashash hudullarini tez-tez o‘zgartirish yo‘li bilan hal qilgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Har holda ular kundalik turmushlarida hosil bo‘ladigan fiziologik va xo‘jalik chiqitlari xavfsizligini ta’minlashni o‘rgangunga qadar uzoq taraqqiyot jarayonini boshdan kechirganlar. Shaharlarning paydo bo‘lishi esa, bu muammoni ancha chuqurlashtirgan. Xuddi ana shu jarayon ko‘pchilik aholining nisbatan kichkina xududlarda to‘planib yashashi hamda ular­ning turmushlarida hosil bo‘ladigan chiqindilarning to‘pla­nib qolishi oqibatida aholi orasida har xil yuqumli ka­salliklar epidemiya tarzida tarqalib, ular orasida kasal­liklar va o‘limga sababchi bo‘lganligini biz tarixdan yaxshi bilamiz.
Ko‘rinib turibdiki, bu muammolarni hal qilish uchun sanitariya va gigienadan savodxon bo‘lish, ya’ni tozalik hamda tozalanish tadbirlariga rioya qilishni sog‘lom tur­mush tarzining asosiy talablaridan biri, deb bilamiz.

Download 211 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling