Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzini shakllantirish jarayonini loyihalashtirish mundarija kirish


Muammoning o’rganilganlik darajasi


Download 211 Kb.
bet2/11
Sana20.12.2022
Hajmi211 Kb.
#1036307
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
JISMONIY RIVOJLANISH VA SOG\'LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH JARAYONINI LOYIHALASHTIRISH

Muammoning o’rganilganlik darajasi: Barkamol avlod tarbiyasi, sog’lom turmush tarzi asoslarini mustahkamlash omillari va bunda oila va mahallaning ijtimoiy funksiyalari Prezident I.A.Karimov asarlarida atroflicha yoritilgan.
Shu bilan birga, sog’lom turmush tarzining omillari, bu borada oila-mahalla-o‘quv muassasalari hamkorligining istiqbollari, ta’lim-tarbiya tizimidagi o‘rni, oila va mahalla institutlarining sog’lom turmush tarzini shakllantirishdagi o‘rni masalalari yurtimiz olimlari va tadqiqotchilari tomonidan tizimili o‘rganilib kelinmoqda3. Sog’lom turmush tarzini asoslari va uni shakllantirishning ma’naviy-axloqiy, falsafiy va tarixiy negizlarining ayrim masalalari R.U. Arziqulov, B.Ochilova, M. Bekmurodov, I. Jabborov, A. Ibrohimov, M. Murodov, I. Ergashov, T. Norbekov, A.Jalolov, F. Temirov, S. Nazarova E. Yusupov, X.O.Shayxova, Q. Nazarov, Q. Xonazarov, B. To'raevlarning4 ishlarida ham tahlil qilingan.
Kurs ishining maqsadi: Sog’lom turmush tarzini shakllantiruvchi omillar va bu borada amalga oshirilayotgan islohatlarning barkamol avlod tarbiyasidagi ahamiyatini o’rganish, yoshlarni tarbiyalashda oila-mahalla-o‘quv muassasalari hamkorligining amaliy ahamiyatini yoritish va yangi imkoniyatlarini ko‘rsatib berishdir.
Kurs ishining vazifalari:
Ushbu maqsadni amalga oshirish quyidagi vazifalarning bajarilishini taqazo etdi:

  • “Sog‘lom turmush tarzi” tushunchasi va uning tarkibiy tuzilmasini tahlil qilish;

  • Sog‘lom turmush tarzining ma’naviy-axloqiy va ijtimoiy –tarixiy negizlarini ko’rsatib berish;

  • “Oila-mahalla-maktab hamkorligi” konsepsiyasining sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi o‘rni;

  • Barkamol avlod salomatligini ta’minlashda “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlarning ahamiyati yoritish;

  • Sportning sog’lom turmush tarzi omili sifatidagi ahamiyatini yoritish;

  • Ta’lim- tarbiya jarayonida sog‘lom turmush tarzi mazmunini o‘quvchilar ongiga singdirish usullari va vositalarini ko’rsatish.


Download 211 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling