Orqaga tebranganda ko‘tarilish (162-rasm). Qo‘llarda bukilib tayanish holatidan tos-son bo‘g‘inidan to‘g‘rilanib tovonlarni oldinga-yuqoriga yo‘naltirish kerak. Rostlanish bilan birga qo‘llarni tirsak bo‘g‘inida bukkancha yelkalarni qo‘l ushlagan joyga yaqinlashtirish lozim. Tananing tos-son bo‘g‘inidan biroz bukkan holatini saqlab turib oldinga faol tebranishni boshlash kerak. Tik holatda to‘g‘rilanib, undan o‘tgach, kerishish zarur. Oyoq uchlari qo‘shpoyadan balandroq ko‘tarilgandan keyin qo‘llarni to‘g‘rilashni boshlash kerak. Bu to‘g‘rilanish harakatining tezligi tovonlar
Tezligidan oshmasligi va tana qismlarining qo'shpoya dastaklaridan ilgarilab ko‘tarilishini ta’minlashi lozim. Qo'llarni oxirigacha to‘g‘ri lanishi tovon harakatining to‘xtashiga to'g'ri kelishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |