Orqaga siltanib, sakrab yerga tushish. Oldinga tebranishning oxirgi nuqtasidan tik holatga o‘tayotib gimnast oyoqlarini orqaga yo‘naltiradi va keradi. Ayni vaqtda u to‘g‘ri qo‘llari bilan yakka- cho‘p o‘qini bosib chiqib, tana-yelka burchagini kamaytiradi. Oxirgi harakatda u tovon va yelka bo‘g‘ini yo‘nalish tezligini tenglashtiradi, ya’ni gimnastning gavdasi oldinga harakatlana boshlaydi. Orqaga tebranishning oxirgi nuqtasida gavdaning kerishgan holatini saqlab, sportchi yakkacho‘p o‘qini qo‘yib yuboradi, qo‘llarini yuqoriga, tashqariga ko‘taradi, sakrab qo‘nadi.
Qo‘llarni qo‘yib yuborishdan oldin boshni ko‘tarish va yakkacho‘p ustida oldinga qarashni tavsiya qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |