Muhofaza qilish va yordam berish. Tebranishlarni va qayd qilingan sakrab yerga tushishlarni o‘rgatish bilan bog'liq bo‘lgan barcha mashqlar bajarilganda ustoz yakkacho‘pning ostida sportchidan chap yoki o‘ng tomonda turib tebranish yuzaligiga parallel holda gimnast bilan birgalikda o‘ng yoki chap tomonga siljiydi. Murabbiyning bir qo‘li shogirdining ko‘krak tomonida joylashadi, ikkinchisi orqa tomondan ko‘kraklarining pastki uchiga teng joylashadi. Talaba orqara siltanganda qo‘li ertaroq uzilib ketsa, o‘qituvchi talabaning ko‘kragidan ushlab qolishga tayyor turishi kerak. Agar uzilish orqaga siltanganda yuz bersa, ko‘kraklar ostidan ushlab qolinadi.
Bir oyoqda ko‘tarilish (tebrangandan keyin) oldingi holatning oxiriga biroz yetmasdan gimnast tos-son va yelka bo‘g‘inlarida keskin bukiladi va ikkala oyoqlarini tovon-boldir bo‘g‘inini yakkacho‘pga olib keladi, keyinchalik o‘ng oyog‘ini yakkacho'p ostidan o‘tkazadi (o‘ng oyoq tizzadan bukilishi mumkin). Bu harakatlar bukilib osilish holatidan orqaga siltanish boshlanishidan oldin tugashi zarur. Orqaga siltanish boshlanishi bilan gavdani bir bo‘g‘inidan bukilish davom etadi (ya’ni yelka-tana burchagi kamayib boradi), tos-son bo‘g‘inidan esa to‘g‘rilanish boshlanadi va o‘ng oyoq bilan minib tayanish holatida tugallanadi. Shuni ta’kidlash muhimki, tos-son bo‘g‘inida to‘g‘rilanish davomida chap oyoqning oldingi yuzasi yakkacho‘pdan uzoqlashtirilmaydi, balki tegar-tegmas turishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |