15. Zamonaviy Olimpiada o‘yinlari ramzi bo‘lgan halqalarining ranglari bo‘yicha
qit'alarning ketma-ketligini aniqlang?
Olimpiada o’yinlarining ramzi – besh qit’ani ifoda etuvchi beshta birikkan halqadan iborat. 5
halqa
– olimpiada harakatiga birlashgan 5 ta qit’a ramzi. Yuqori qatordagi ranglar:
havorang
– Yevropa, qora – Afrika,
qizil
– Amerika, pastki qatorda:
sariq
– Osiyo,
yashil
– Avstraliya.
16.Voleybol o‘yini qanday jismoniy sifatlarni rivojlantiradi?
Voleybol o‘yini barcha mushaklarni rivojlantiradi, tez idrok yuritishga o‘rgatadi. Quvvatni,
chaqqonlikni, chidamlilikni, yengil harakatlanish sifatlarini va bu sifatlarni to‘g‘ri yo‘naltira
olish hislatlarini o‘stiradi. Nafas olish, yurakqon tomir faoliyatini mustahkamlaydi, aqliy
charchoqni yozadi. Sakrab bajariladigan o‘yin vositalaridan hisoblanadi. Voleybol gavdaga
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, uni ortiqcha yukdan xolos qiladi. U jamoa bo‘lib harakat qilishga, o‘z
shaxsiy manfaatlarini jamoa manfaatiga bo‘ysundirishga, intizomli bo‘lishga, sheriklarga
yordam berishga o‘rgatadi. Voleybolning kishi tanasiga ijobiy ta’siri, uning hammabopligi,
texnik jihatdan uncha murakkab emasligi kabi xususiyatlari
—sog‘lomlashtirish ishida yaxshi
natija berishini ko‘rsatmoqda.
maktabim.uz
sayti mahsuloti
Hamkorimiz:
azamat.moy.su
Do'stlaringiz bilan baham: |