Jismoniy tarbiya fanidan
ma’lumot bering. “Umid nihоllаri“ spоrt musоbаqаlаri qаchоndаn bоshlаb
Download 252.29 Kb. Pdf ko'rish
|
9-sinf-Jismoniy-tarbiya-2018
ma’lumot bering. “Umid nihоllаri“ spоrt musоbаqаlаri qаchоndаn bоshlаb
o’tkаzilib kеlinmоqdа va qаndаy spоrt turlаrini o’z ichiga oladi? "UMID NIHOLLARI" SPORT O’YINLARI – O’zbekistonning umumiy o’rta Ta’lim va bolalar- o’smirlar sport maktablari o’quvchilari o’rtasida o’tkaziladigan ommaviy sport musobaqalari. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish to’g’risida"gi (2001 y. 19 yanvar) qarori asosida tashkil etilgan hamda "O’quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish to’g’risida"gi (2003 y. 3 iyun) qaroriga binoan bu o’yinlarning respublika final bosqichlari 3 yilda bir marta o’tkazilishi belgilangan. Maqsadi — umumiy o’rta ta’lim va bolalar-o’smirlar sport
maktabim.uz sayti mahsuloti
Hamkorimiz: azamat.moy.su
maktablari o'quvchilarini jismonan yetuk, axloqan barkamol hamda vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, iqtidorli sportchi yoshlarni nufuzli musobaqalarga tayyorlash, yoshlar o’rtasida jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish. "Umid nihollari sport o'yinlari" s.o'.da badiiy gimnastika, basketbol. voleybol, gandbol, yengil atletika, sport gimnastikasi. stol tennisi, suzish, tennis, futbol kabi olimpiada o’yinlari dasturiga kirgan va shaxmat, belbog’li kurash, kurash singari ommalashgan sport turlari bo’yicha musobaqalar o’tkaziladi. Saralash musobaqalari umumiy o’rta ta’lim va bolalar-o’smirdar sport maktablari, tuman, shahar va viloyatlarda, respublika final bosqichi bitta hududda tantanali ravishda tashkil etiladi. Birinchi "Umid nihollari sport o’yinlari" s.o’.ning respublika final bosqichi Farg’ona (2002), ikkinchisi Xorazm (2003) viloyatlarida bo’lib o’tdi. Ikkinchi "Umid nihollari sport o’yinlari" s.o’. saralash musobaqalarida 4 mln.dan ziyod, uning final bosqichida 2114 nafar o’quvchi qatnashdi (2003)
Download 252.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling