Jismoniy tarbiya fanidan


Download 252.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/28
Sana05.01.2022
Hajmi252.29 Kb.
#213653
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
9-sinf-Jismoniy-tarbiya-2018

birinchi yord

аm ko’rsаtish.  

 

Mashg‘ulotlar  vaqtida  mashqlarni  ehtiyotsizlik  bilan  bajarish  natijasida  favqulodda 



shikastlanishlar yuz berib turadi. Shuning uchun har qaysingiz o‘zingiz yoki o‘rtog‘ingizga 

shifokor kelgunga qadar birinchi yordam ko‘rsatishni bilishingiz kerak. Lat yeyish. Yiqilib 

yoki urilib ketishdan biron joy lat yeydi va u yerda shish paydo bo‘lib, qizarib ketadi. Shunda 

lat  yegan  joyga  20

—30  daqiqa  sovuq  kompress  qo‘yish,  siqib  boylab  qo‘yish  kerak. 

Ishqalanish

.  Ishqalanish  yoki  poyabzalning  siqishi  natijasida  oyoq  va  qo‘llarning  terisi 




maktabim.uz

 sayti mahsuloti 

 

Hamkorimiz: 



azamat.moy.su

 

qizarib ketadi. Bu joy maddalab ketmasligi uchun uni tozalab, doka yoki bint bilan dori qo‘yib, 



boylab qo‘ymoq kerak. Ba’zida badanning u yoki bu yeri biror joyga tegib, shilinib, qonashi 

mumkin. Shunda bu joyni zudlik bilan toza suv yoki vodorod peroksid bilan yuvib, yod yoki 

zelyonka surib, dastlabki yordam bermoq lozim. Muskullarning tortishishi. Mashq bajarib, 

harakat qilishda paymushaklar tortishib, gohida cho‘zilib qolishi mumkin. U avvaliga qattiq 

og‘rib, biroz shishadi, keyin gematoma — ko‘karib qoladi. Bunday vaqtda og‘riq joyiga sovuq 

kompress  qo‘yish,  elastik  bint-dokani  qo‘yib  bog‘lash  lozim.  Shundan  so‘ng  shifokorga 

murojaat qilinadi. Chiqishlar. 

Sport mashg‘ulotlarida qo‘l va oyoq chiqishi ko‘p 

bo‘lmasa-da, ammo uchrab turadi. Unda chiqqan yerdagi suyak bo‘g‘inida shish paydo bo‘lib, 

yurgan-


turganda  qattiq  og‘riq  bo‘ladi.  Shuning  uchun  shikastlangan  suyak  bo‘g‘inini 

qimirlamaydigan  qilib  taxtakachlab  qo‘yish  lozim.  Keyin  tezlikda  travmatolog  shifokorga 

jo‘natish  kerak.  Chiqqan  oyoq-qo‘llarni  o‘zingizcha  bilar-bilmas  tuzataman  demang’ 

Sinishlar. Bunda birinchi yordam 

— bu shikastlangan joyni, ya’ni singan suyakni qimirlab 

ketmasligini  ta’minlashdan  iborat.  Buning  uchun  birinchi  galda  singan  suyakni  ikki 

tomonidan  shina  yoki  taxta  qo‘yib,  mahkam  bog‘lab  qo‘yish  kerak.  Qo‘lni  gavdaga  siqib 

bog‘lab qo‘yish ham mumkin. Umurtqa pog‘onasi shikastlanganda bemorni ko‘ndalangiga 

shit yoki taxtaga yotqizib qo‘yib, „Tez tibbiy yordam“ni chaqirish lozim. 

 


Download 252.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling