Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi


Tizimlilik va izсhillik tamoyili


Download 141 Kb.
bet17/24
Sana28.12.2022
Hajmi141 Kb.
#1024724
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
3 1 ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ НАЗАРИЯСИ ВА МЕТОДИКАСИ

2. Tizimlilik va izсhillik tamoyili
Jismoniy tarbiya maqsadlarida foydalaniladigan tadbirlarning (kuntartibi, chiniqish, harakat ko‘nikmalarining shakllanishi) tizimlilik butun maktabgacha tarbiya davri davomidagi jismoniy tarbiya jarayonining uzluksizligi, muntazamligi, rejalashtirilganligidan, yuklama va damolishning majburiy almashinib turishi asosidagi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining aniq izchilligidan, mashg‘ulotlarning izchilligi, ketma- ketligi, mazmunan o‘z-aro aloqadorligidan iboratdir.
Har kuni muayyan bir vaqtda o‘z xarakteriga ko‘ra turli jismoniymashqlarni (ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, sayr paytidagi harakat faoliyati va h.k.) tizimli tarzda muntazam bajarish, chiniqtirish tadbirlari bolalarni belgilangan sog‘lomlashtirish, tarbiyalashtartibiga o‘rgatadi.
Jismoniy tarbiyada hosil qilinayotgan harakat ko‘nikmalarining takrorlanishini talab etadi. Faqat ko‘p marta takrorlangandagina harakatlar shakllanadi.
Onglilik, faollik va mustaqillik tamoyillari. Onglilik, faollik va mustaqillik tamoyillari bolaning o‘zfaoliyatiga ongli va faol munosabatda bulishga tayanishini kuzda tutadi, u yokibu maqsadni amalga oshirish uchun nimaniqanday bajarish kerakligini aniq tasavvur qilish lozim.
Bolaning mustaqil faol faoliyati berilgan vazifaga bo‘lgan qiziqishga,uni ongli idrok etishga, vazifa maqsadini amalga oshirish yo‘llarinitushunishga bog‘liq bo‘ladi.
Ta’limning ko‘rgazmali, og‘zaki va amaliy usullarini birgalikdaqo‘shib olib borish tamoyili.
Bilish faoliyati - xissiy bilish jarayonlarini amaliyot bilan birligi.Harakatlarga o‘rgatish jarayonida bilishning bu ajralmas qismlari o‘z-aroaloqadorlikda buladi. Biroq quyilgan vazifaga qarab ularning izchilligi har hil bo‘ladi: bolalarni harakatga o‘rgatish ko‘rsatib tushuntirish; tarbiyachiningmashqni og‘zaki tushuntirishi va uning bolalar tomonidan harakatdabajarilishi bilan boshlanishi mumkin.
Yangi harakatlarni o‘rganishda ko‘rgazmalilik tamoyili harakatlarni tarbiyachi tomonidan juda aniq qilib ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi.
Ko‘rgazmalilik onglilik bilan chambarchas bog‘liqdir: og‘zaki berilgan topshiriq kishi tomonidan tushunib olinadi, harakatni qaytadan bajarishbilan amalda sinaladi. Bunda sezgilar, ayniqsa, harakat sezgilari muhim rolo‘ynaydi. Bundan tashqari ko‘rgazmalilik bilan obrazlilik so‘zlarining o‘z-aro aloqadorligi katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Tushunarlilik va bolalarga yakka yondashish tamoyili – bolaning yosh xususiyatlari imkoniyatlarini hisobga olishni hamda, shu bilan bog‘liqravishda, uning kuchiga yarashga topshiriqlar belgilashni kuzda tutadi.
Tushunarlilikning asosiy shartlaridan biri izсhillik va jismoniymashqlarni tobora murakkablashtirib borish xisoblanadi. Bola imkoniyatlarimuayyan birlikdagi omillar bilan belgilanadi: jismoniy tayyorlanganlikme’yorlari buyicha sinash, vrach tekshiruvi, bevosita pedagogik kuzatish.
Yakka yondashuv bolaning o‘ziga xos funksional imkoniyatlarini xisobgaoladigan alohida ta’sirlarni ko‘zda tutadi (harakatlarni o‘zlashtirishturlicha kechadi, organizm jismoniy yuklamani turlicha qabul qiladi, moslashish dinamikasi ham turlicha).
Yakka yondashuvning maqsadi to‘g‘ma fazilatlarni rivojlantirish, yangiijobiy sifatlarni, qobiliyatlarni tarbiyalash, zarurat bulganda, nervtizimining tipologik xususiyatlarini maqsadga muvofik tarzdao‘zgartirishdan iboratdir.
Ta’limning frontal, guruh va yakka tartibdagi usullarinibirligi tamoyili. Mazkur tamoyil ta’limning turli usullari qo‘llanilgandagiu yushqoqlikni ko‘zda tutadi: frontal usul qo‘yilgan bir vaqtda, ongli va ahilravishda bajarishni talab etadi; guruh usuli mas’ul, mustaqil va o‘z-aroyordamni rag‘batlantirishni talab etadi; yakka yondashuv usuli tarbiyachiningba’zi bolalarga zarur yordam berishi va ancha tayyorgarligi bor boshqa bolalarganisbatan talabchanlikni oshirishda ifodalanadigan rahbarligini talab etadi.Bu usullardan birgalikda foydalanish, tarbiyaviy vazifalarini samaralibajarishga xizmat qiladi.
Talablarni asta-sekin oshirib borish tamoyili Bu tamoyilning sharti bola oldiga birmuncha qiyin vazifalar qo‘yish vabajartirish hamda yuklama kulamini va intensivligini asta-sekin oshiribborishdan iboratdir.
Mashqlarni yangilash jarayonida harakat malaka va ko‘nikmalarining xajmi kengayadi va boyidi.
Harakat faoliyati shakllarini murakkablashtirish bilan birga,bolaning kuchiga yarasha beriladigan jismoniy yuklama asta-sekin oshibboradi. Mazkur jismoniy fazilatlarning rivojlanish qonuniyatlarinisbatan bolaning kuchi, chidamliligi, tezkorligi bilan belgilanadi.
Kurib utilgan barcha tamoyillar mazmun-mohiyatiga ko‘ra o‘zaro bir-biribilan chambarchas bog‘liqdir. Ularning barchasi o‘zida yagona va faqat shartliravishda ayro holda qaraladigan bir jarayonning muayyan jihatlarini va qonuniyatlarini aks ettiradi.

Download 141 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling