Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti
‘yin, gimnastika, sport, turizm
Download 4.31 Mb. Pdf ko'rish
|
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. ikkinchi nashr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gimnastika.
0 ‘yin, gimnastika, sport, turizm
Jismoniy tarbiya tizimida o ‘yin, gimnastika, sport va turizm hamda boshqa ko‘p turlardan foydalaniladi. Turli guruhlar jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanganlarida bu turlarni bir-biriga bogMash hamda aniq masalalarni hal qilish mumkin. 0 ‘yin, gimnastika, sport va turizmni jismoniy tarbiyaning umumiy tasnifi, metodi va vositasi sifatida qarash qabul qilingan. Ular jamiyatning ehtiyoji (talabi), sharoitning tashkil topishi, o ‘zga- rishi, t a ’siri ostida hamda jismoniy tarbiyaning rivojlanishi orqali vujudga kelgan. 0 ‘yinlar, gimnastika, sport va turizm xilma-xil jismoniy mashqlarni o ‘z ichiga oladi. U m um iy jismoniy mashqlarning masalalari bilan birga, ular o'ziga xos vazifalari, metodi va q o ‘llanilishi orqali bir-biridan farq qiladi. 0 ‘yin — qadim zam onlardayoq odam larning m ehnat faoliyatlari orqali kelib chiqqan. Haqiqatan ham, o ‘yinlar jamiyatning butun tarixiy taraqqiyoti jarayonida inson hayotiy ehtiyojini qondirish m aqsadida vujudga kelgan. M eh n a t o ‘zgarib, takomillashib borgan, shu bilan birga, odamlar ham o ‘zgarib, takomillashib borgan. Jam iyat tarixida m eh n at o ‘yinlari katta bayram bo ‘lsa, ba’zi harakatlar alohida odam larning mehnat faoliyatlaridan iborat bo‘lgan. Bola mehnatga qobiliyatli boMishidan oldin u o ‘ynay boshlaydi. 0 ‘yin ibtidoiy jamiyat davrida kelib chiqqan bo ‘lib, u o ‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda, uni mehnatga 44 tayyorlashda, dam oldirish, hayotiy malakalarni vujudga keltirishda katta xizmat qilgan. Har bir xalqning o ‘ziga xos milliy o'yinlari bo‘lib, ular avloddan avlodga berib kelinmoqda. O'yinlar odamlarning har xil harakat-faoliyatlaridan iborat bo'lib, jism oniy tarbiya sifatida kuchni, epchillikni, chidamlilikni, tezlikni, bo‘g‘inlar egiluvchanligini oshirishda hamda xulq-atvor va iroda sifatlarini tarbiyalashda amaliyotda keng qo'llaniladi. A . F i t r a t , A .A v lo n iy , A .S .M a k a r e n k o m a k ta b g a c h a , maktab yoshidagi bolalar va o'smirlarning o ’yinlariga katta ahamiyat bergan edi. Ular o'yinlarni shaxsni har jihatdan tarbiyalashning eng muhim vositalaridan biri deb hisoblar edilar. Bolalarning dars jarayonidagina emas, balki uyush- qoqlikka, turmushni bilishga o'rgatadigan o'yinlar vaqlida ham bilim olishlarini ta ’kidlab o'tgan edilar. O'yinlar, asosan, ikki turga boiinadi: a) sport o'yinlari; b) harakatli o'yinlar. Bu o'yinlarning o'ziga xos qonun- qoidalari mavjud. Hozirgi vaqtda sport o'yinlari eng taraqqiy etgan o'y in lard an hisoblanadi. C hunki bu o 'y in la r bilan millionlab har xil yoshdagi odamlar shug'ullanadi va tomosha qiladi. Gimnastika. Gimnastika ham o ‘yin singari tarixiy rivoj lanish davomida kelib chiqqan. Gimnastika ham jismoniy tarbiyaning metodi va vositasi bilan bog'liq. G im nastika jismoniy tarbiya tizimida asosiy masalalarni hal etadi. Odamlar sportning qaysi turi bilan shug'ullanmasin, albatta gimnastikaga murojaat qiladi. Gimnastika o'zining maqsad va vazifalariga qarab bir necha turlarga bo'linadi: I) asosiy gimnastika (gigiyenik gimnastika); 2) sport gimnastikasi (akrobatika, badiiy gimnastika); 3) yordamchi gimnastika (ishlab chiqarish gimnastikasi, davolash gimnastikasi, sportda yordamchi gim nastika). Download 4.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling