Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/126
Sana23.11.2023
Hajmi4.31 Mb.
#1796164
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   126
Bog'liq
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. ikkinchi nashr

Darsning asosiy qismi
Asosiy qismning vazifalari quyidagilardan iborat:
— m a ’lum dars rejasida ko'rsatilgan jismoniy mashqlarni 
bajarish jarayonida o'quvchilarda bilim, bajara bilishlik va malaka 
hosil qilish;
— o'quvchilarni mustaqil jism oniy mashqlarni bajarishga 
o'rgatish;
— m u r a k k a b jis m o n iy m a s h q la r n i bajarish ja r a y o n id a
shug'ullanuvchilarning qom atini shakllantirish;
— jism oniy sifatlarni tarbiyalash, rivojlantirish;
— shug'ullanuvchilarning ruhiy va estetik tarbiyalanishiga
irodasini mustahkamlashiga yordam berish;
— o'quvchilarning sport yutuqlari darajasini oshirish.
Bu vazifalar darsning asosiy qismida bajariladi. Birinchi 
navbatda, o'qituvchi o'quvchilarning ijodkorligini rivojlantirish 
u ch u n qulay vaziyatni vujudga keltirishga intilmog'i zarur. U 
d o im o tashabbuskorlikni, faol, o 'z a r o o'rgatishni, ra g 'b a t- 
lantirib borib, o'quvchi yo'l qo'ygan xatolari bo'yicha hiso- 
botini eshitib borishi kerak.
Asosiy qismda o'qituvchi jismoniy yuklamalarni m e ’yoriga 
y e t k a z is h i, m a s h q l a r n i q a y t a la b b a ja r is h s o n in i 15—20 
martaga, yangi o'rganayotganlarini 30—40 martagacha oshi- 
rishi kerak. Buning u c h u n imkoniyat bo'lg an sharoit, moddiy 
bazadan foydalanish zarur.
T o z a h avoda darsni o 'ta y o t g a n d a shu n i y o d d a tutish 
kerakki, sovuq havoda uzoq tushuntirm ay, qisqa ko'rsatish, 
jadal mashqlar bilan ta ’minlash zarur. Issiq havoda organizmni 
o 'ta qizishdan saqlab, soyaga o'tish, o'quvchilar holatiga diqqat 
bilan e ’tibor berib, jadal mashqlarni yengil, oson mashqlar 
bilan almashtirib borish zarur.
Markaziy Osiyo respublikalarining sharoitida yil davomida 
toza havoda dars o'tish mumkin. Buning uchu n Davlat ta ’lim 
standartlari va uning dasturidagi gimnastika bo'limini hal etish 
u c h u n ochiq maydonda gimnastik snaryadlar mavjud bo'lishi 
shart. Lekin ob -h avo tez o 'zg aru v ch a n bo'Iganligi sababli,
104


ikkinchi chorakning dekabr oyi ham da uchinchi chorakning 
yanvar, fevral oyining birinchi o 'n kunligida b a ’zi bir darslarni 
(asosan, gimnastika b o ‘limini) sportzalga rejalashtirish m a q ­
sadga muvofiqdir.
S port snaryadlarini o ‘rnatish va ularni yig‘ishtirib olish 
dars davomida amalga oshirilishi kerak. Bu yerda faqat keyingi 
d arsg a xalaq it b e r a d ig a n sp o rt s n a ry a d la rin i y ig ‘is h tirish
m u m k in . S p o rt s n a ry a d la rin i o 'r n a t i s h , a s b o b - a n jo m la r n i 
tayyorlash navbatchi va darsdan vaqtincha ozod qilinganlar 
t o m o n i d a n b a j a r ili s h i ta v siy a e t ila d i . 0 ‘q i t u v c h i s p o r t 
snaryadlarini o ‘rnatish va ularni yig‘ishtirib olishda musobaqa 
tashkil etishi m u m k in . M a s h g ‘ulot jo y id a maxsus ta x tad a 
o'quvchilar faoliyatini tartibga soluvchi o ‘quv kartochkalarini 
q o ‘yishi mum kin.
D arsning asosiy qism ida darsga q o ‘yilgan vazifalarning 
soniga qarab, sinfdagi 
0
‘quvchilar soni, sharoit, imkoniyat, 
albatta, hisobga olinishi kerak.
D arsd a h a ra k a tla r (m o to r) zichligini oshirishga d o im o
harakat qilish talab etiladi.
Darsning asosiy qismi samaradorligining asosiy sharti eng 
qulay, j o ‘shqin holatni t a ’minlashdan iborat. Ijobiy j o ‘shqinlik 
faqat o'rgatishga ta ’sir etibgina qolmasdan, jismoniy sifatlarni 
ham muvaffaqiyatli takomillashtiradi. J o ‘shqinlikka o ‘yinlar, 
musobaqa, texnik manbalarni, ko‘rgazmali qurollarni qo'llash 
orqali erishiladi. Bu rcjada musiqa juda yaxshi yordam beradi. 
B o la la r m a s h q l a r n i b ir m a r o m d a , m c ’y o rid a b a ja ris h g a
o ‘rganadilar.
H ar bir dars o'quvchilarning jismoniy sifatlarini tarbiya- 
lashga yordam berishi kerak. Ularning rivojlanishini o'rganish 
jarayonidan ajratib bo'lmaydi. O'quvchi u yoki bu jismoniy 
m a s h q n i o ‘z la s h tir ib olib, b ir v a q tn in g o 'z i d a jism o n iy
sifatlarini ham rivojlantirib boradi. A m m o bu jarayon notabiiy 
bo'lmasligi kerak. H ar qanday sifatni unga taalluqli bo'lm agan 
m ashqlarsiz tarbiyalash m u m k in emas. O 'qu vch ig a doim iy 
talabni oshirib borish uning jism oniy rivojlanishiga yordam
beradi.
Biroq zaruriy b o 'lg a n tezlik, k u ch, ch id am , cpchillik, 
egiluvchanlik darajasiga ega bo'lish yetarli emas. Darsning oxirgi 
qism ida beriladigan maxsus m ashqlar zarur. Shu maqsadda 
tetiklantiruvchi mashqlar bajarish keng qo'llaniladi.
Jismoniy sifatlarni rivojlantirish bo'yicha ishlarni natijaga 
erishish zaruriyati nuqtayi nazaridan qarab, jismoniy mashq-
105


lar tcxnikasini o ‘zlashtirib olishning sharti sifatida qaram oq 
zarur. Masalan, sakrashda yaxshi natijalarga erishish uch u n
yiiqori darajada tezlik-kuch sifati va egiluvchanlik zarur.
Darsning asosiy qismida q o ‘llanilgan jism oniy m ashqlar 
kuch va chidamlilik sifatining rivojlanishiga ijobiy t a ’sir etadi, 
yakunlov qismidagi mashqlar muskullarni b o ‘shashtirishga olib 
kelib, o'quvchilarga egiluvchanligini takomillashtirish imkonini 
be rad i. Chidamlilik uzoq masofalarga yugurishdan foydalanilgan 
darslarda yaxshi rivojlanadi, kuchni tarbiyalash u c h u n eng 
yaxshi sharoit gim nastik mashqlarni q o'llanganda, epchillik 
sport va harakatli o ‘yinlar jarayonida vujudga keladi.
M ash g ‘u lo tn in g asosiy qismi sam arad o rlig in in g zaruriy 
sharti — o ‘quvchilar to m onidan topshiriq mashqlarni t o ‘g ‘ri 
bajarilishini o ‘qituvchi tom onidan diqqat bilan kuzatilishi va 
ularni baholashdan iborat. Darsning harakat zichligi u n u m - 
dorligi qisman pasayib ketishidan q o ‘rqm asdan, pedagoglar 
y o ‘l q o ‘yilgan xatolarni o ‘z vaqtida t o ‘g ‘rilab, zaairiy tuza- 
tishlarni kiritib borishi kerak. C hunki darsning unumdorligi 
birdan bir maqsad b o ‘lib, yaxshi natijalarga olib keladi.

Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling