Jismoniy tarbiya, sport nazariya va uslubiyati kafedrasi


I BOB Sog’ligi zaif o’quvchilar jismoniy tarbiyasi


Download 48.23 Kb.
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi48.23 Kb.
#1597469
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
15-mavzu kurs ishi

I BOB Sog’ligi zaif o’quvchilar jismoniy tarbiyasi
Sog’lom zaif o’quvchilar jismoniy mashg’ulotlarini tashkil qilish shakli. Maxsus tibbiy guruhlarda mashg’ulotlarni tashkil qilish shakllari quyidagilardan iborat:
1. davolovchi jismoniy madaniyat darsi (https://fayllar.org/maruza-1-mavzu-jismoniy-madaniyat-nazariyasiga-kirish-re-j-a.html)
2. uy sharoitlarida mustaqil shug’ullanish
D.J.M. jismoniy madaniyat darsi 30-45 minutgacha davom etib kirish qismi 3-5 minutdan iborat qismda shug’ullanuvchini asosiy ishga tayyorlash bilan birgalikda xushqomatlikni shakllantirish quvnoq muhitni yaratishdan iboratdir. Darsning asosiy qismi 25-30 minut davom etib kassallikni tugatish shartlariga oid vazifalar hal qilinadi. Yakunlovchi qism esa 3-5 minut davom etib yuklanish pasaytiriladi tana a'zolari ishini mе'yoriga tushiriladi, xushqomatlikni shakllantirishga e'tibor bеriladi. Mashg’ulot guruhlari kassallik turlariga qarab 10-15 kishidan iborat bo’ladi. Mashg’ulotlar haftada 2-3 marta dars jadvalidan tashqari o’tkazilib qolgan kunlarda o’quvchilarning o’zlari mustaqil shug’ullanishlari kеrak. Sog’ligi zaif o’quvchilarning ayrimlari davolash xonalarida tibbiy jismoniy madaniyat dispansеrida maxsus maktab intеrnatlarida va sanatoriyalardadavolash bog’larida davolanadilar, shug’ullanadilar.
Kichik maktab yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi bola shaxsining shakllanish va jismoniy tarbiyalashning umumiy qonuniyatlarini o'rganadi. Bu fan umumiy jismoniy tarbiya nazariyasining g'oyaviy va metodologik asoslaridan kelib chiqadi va uning muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi o'quvchilarda jismoniy barkamollikni, har tomonlama taraqqiy etgan yuksak madaniyat va axloqni tarbiyalash bo'yicha ta'lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asosda qurishni belgilaydi. Bu amaliy fan o'qituvchisini boshlang'ich sinf o'quvchilari jismoniy barkamolligining vositalari, shakllari va usullari to'g'risidagi bilimlar bilan qurollantiradi, unda maxsus va tegishli harakat ko'nikmasi hamda malakalarini shakllantiradi. Shunday qilib, jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy tarbiyaning umumiy nazariyasi bilan yagona mazmunga ega bo'lib, jismoniy tarbiyalash qonuniyatlarini hamda shunga muvofiq bolaning ta'lim va tarbiya jarayonida rivojlantirishni boshqarishning umumiy qonuniyatlarini maxsus o'rganadi.


Download 48.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling