Jismoniy tarbiya, sport nazariya va uslubiyati kafedrasi
Sog’ligi zaif o’quvchilar jismoniy tarbiya tarbiyasining
Download 48.23 Kb.
|
15-mavzu kurs ishi
1.1 Sog’ligi zaif o’quvchilar jismoniy tarbiya tarbiyasining
ahamiyati O'quvchilar jismoniy tarbiyasini uyushtirishning turli shakllari mavjud 1. darslar 2. sinfdan va maktabdan tashqari ishlar 3. sog'lomlashtirish va badantarbiya tadbirlari 4. mustaqil xarakat faoliyati va boshqalar O'qituvchining e'tibori ana shu shakllar orqali, o'z yosh imkoniyatlariga ko'ra ongli va faol harakat qiluvchi, o'zini erkin tuta oladigan, o'ziga bo'lgan ishonchni namoyon etuvchi, harakat ko'nikmalarini muvaffaqiyat bilan o'zlashtiradigan, hayotda uchraydigan qiyinchiliklardan cho'chimay, ularni bartaraf qila oladigan, doimo ijodiy izlanishdagi bolani tarbiyalashga yo'naltirilgandir. Jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy tarbiya tizimining maqsadi, vazifalari va prinsiplarini o'rganadi hamda tarbiyaning boshqa turlari (aqliy, axloqiy, estetik va mehnat) bilan jismoniy tarbiyaning qonuniy aloqasini ochib boradi. Jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy tarbiya vositalari va ulardan foydalanish shakllarini o'rganishga alohida e'tibor beradi. Binobarin, har bir harakatni o'rganish va bolaning asosiy harakat sifatlarini tarbiyalash printsiplari hamda uslublarini o'rganishga jiddiy e'tibor jismoniy tarbiya nazariyasining muhim qismini tashkil etadi. O‘quvchilar tomonidan asosiy vazifalarnihal qilish ko‘pincha shug‘ullanuvchi zo‘r berayotgan yaoni uni faolligini oshgan davriga to‘g‘ri kelshligini amaliy ahamiyati katta. Ularning organizmi nisbatan katta zo‘riqish va kuchli emosii-onalholatdan vazminholatga birdan o‘ta olmaydi. Shunga ko‘ra darsni tuzishda xotirjamholatga o‘tish va mashg‘ulotlarni uyushtirilgan ravishda tugallash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Har bir dars uch qismli tarkibga ega ekanligihaqida yuqorida fikr bildirdik va ular tayyorlov, asosiy va yakunlov qismi deb nomlanadi. Jismoniy tarbiya darsining tayyorlov qismi uchun 8-12 min vaqt sarflanadi. Boshlang‘ich sinflarda esa 20 minutgacha bilish mumkin. iqlim sharoiti sovuq, issiq vah.klarga qarab sarflanayotgan vaqt biroz ko‘paytirilishi mumkin. Tayyorlov qismi asosan darsning asosiy qismida beriladigan jismoniy yukka o‘quvchi yoki shug‘ullanuvchi organizmini funksionalholatini tayyorlaydi. Organizmning funksionalholatini dars-ning asosiy qismiga tayyorligi o‘quvchiniharakat koordina-siyasining yaxshilanganligi, peshonada yengil terlash yuzida qizillikni paydo bo‘lishi o‘quvchiningharakat faolligini ortishi, nafas olish ritmining biroz tezlashuvi, emosionalholatini ko‘tarinkiligini kuzatilishi orqali aniqlanadi. Uni tuzilishi darsda yechiladigan pedagogik vazifalariga ko‘ra «tash-kiliy daqiqa» deb boshlanadigan qism bilan boshlanib, o‘quvchilarni saflash, ularni sonini aniqlash, navbatchidan (4-sinfdan boshlab) raport qabul qilish salomlashishni o‘z ichiga oladi va unga 1-1,5 minut vaqt sarflanadi. Tashkiliy daqiqadan so‘ng lozim bo‘lsa diqqat uchun mashqlar, darsni vazifasi yoki mavzusini eolon qilish, qaddi-qomat uchun mashqlar, nafas olish ritmi, yurak urish chastotasi, qon aylanishini tezlash-tirish, tana bo‘g‘inlari, muskullari uchunharakatda, o‘quvchilarni to‘xtatib, turli xil mashqlar bajartiriladi. Darsning tayyorlov qismi asosiy qismida bajarilishi lozim bo‘lganharakat faoliyati uchun «tayyorlov» va «yo‘llanma beruvchi» mashqlar bilan tugallanadi. Jismoniy tarbiya darsining asosiy qismi uchun 25-30 minutgacha (40 minutli darslarda) vaqt sarflanadi va o‘qituvchi tomonidan tuzilgan dars ssenariyasi yoki uning reja-konspek-tiga kiritilgan jismoniy tarbiyadan Davlat tandarti dasturi-dagi shu sinf uchun rejalashtirilgan yangi mashqlar uqtiri-ladi, yoki avvalgi sinflarda o‘zlashtirilgan jismoniy mashq-lar,harakat faoliyatlari tanishtiriladi, o‘zlashtiriladi, mustahkamlanib takomillashtiriladi. Darsning asosiy qismi-ni tuzilishi uchun yagona «standart sxema» mavjud emas. darsning bu qismi uning mazmuniga kiritilgan asosiy jismoniy mashqlar, ularni bajarish uchun tanlangan usul va usuliyatlar, ulardan foydalanishni tashkillash shakllarini tanlash va tuzishdek tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari jismoniy tarbiyadan Davlat Ta’lim standarti dasturining bo‘limlari (gimnastika, yengil atletika, suzish, kurash, sport o‘yinlari,harakatli o‘yinlar)ni o‘quv materialini o‘qitish o‘zining uslubiy xususiyatlari bilan darsning asosiy qismini turlicha tashkillash talabini qo‘yadi. Darsning asosiy qismi-ning talablarnihal qilish o‘quvchilar faoliyatini guruhli, individual, frontal, uzluksiz-ulab, aylanib yurib yuajarish, kreystring usuliyatlari orqali maktab yoshidagi o‘quvchilarning jismoniy tarbiya jismoniy rivojlanganligi, tayyorlanganligi va organizmining anatomo-fiziologik xususiyatlarini eotibor-ga olishni taqazo etadi. Download 48.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling