Jismoniy tarbiya, sport nazariya va uslubiyati kafedrasi


Maxsus tibbiyot guruhlariga ajratilgan o’quvchilar jismoniy


Download 48.23 Kb.
bet7/8
Sana18.06.2023
Hajmi48.23 Kb.
#1597469
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
15-mavzu kurs ishi

2.2 Maxsus tibbiyot guruhlariga ajratilgan o’quvchilar jismoniy
tarbiyaning vositalari va shakllari
MTG mansub o’quvchilar bilan qo’llanadigan jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalari quyidagilar:
1. Salomatlikni mustahkamlash, jismoniy o’sish va rivojlanishni o’o’z tengdoshlari qatoriga etkazish, organizmni chiniqtirish.
2. Organizmni ish bajara olish ko’lami va imkonini kengaytirish uchun ayniqsa, yurak-tomir, nafas olish, nerv tizimlarini hamda modda va energiya almashuv jarayonlari faoliyatini mo’'tadillashtirish orqali harakat a'zolarining quvvat bilan ta'minlanishini kuchaytirish.
3. Oragnizmning turli kasalliklarga qarshi tura olish quvvatini oshirish.
4. Hayotiy zarur bo’lgan harkat malakalari va sifatlarini egallash va ularni mustahkamlash.
5. Jismoniy-ruxiy sifatlarni tarbiyalash jismoniy mashqlar bilan muntazam mashg’ul bo’lishga odatlantirish, jismoniy mashqlarning samardorligiga oid nazariy bilimlar bilan qurollantirish.
6. Jismoniy mashqlar bilan tartibli mashg’ul b’lish - sog’lom turmush tarzi mohiyatiga, gigienik tamoyillarga, ovqatlanish me'yorlariga amal qilish. Jismoniy ish va dam olishni to’g’ri tashkil etish, tabiatni sog’lomlashtiruvchi kuchlardan foydalanishni tushuntirib berish.
7. DTS jismoniy tarbiya dasturi o’quv me'zonlarini bajarishda ‘z sinfdoshlariga tenglashish.
8. "Alpomish va Barchinoy" talab-me'yorlarini bajarishlikka bolalar organizmini tayyorlab borish.
9. MTG o’quvchilariga pulsni tinch holatda mashg’ulot davomida sanashga o’rgatish.
Har bir MTG o`quvchilari 10 tadan ortmasligi kerak. Agar maktabda 15 o`quvchi MTGga mansub bo`lsa, qolgan guruh boshqa maktabdan kelganlar hisobiga to`ldiriladi (xalq ta'limi bo`limi bilan kelishgan holda). Bu o`rinda jismoniy tarbiya o`qituvchisiga haq to`lash nazarda tutiladi.
Maktab vrachi medisina hamshirasi bilan birga MTG ga ajratilgan o`quvchilarning familiyasi, ismi, sinfi, kasalliklari haqida maktab jismoniy tarbiya o`qituvchisiga ro`yxat bilan ma'lumot beradi. Ular chorak, o`quv yili, dam olish paytlariga mo`ljallangan jismoniy sog`lomlashtiruvchi tadbir, mashg`ulotlar ish rejasini tuzadilar. Shuniigdek, har bir o`quvchi uchun shaxsiy faoliyatlarida bajarishlari kerak bo`lgan mashqlar majmuasini tuzib, quyosh, havo vannasidan foydalanishga xos yo`l-yo`riqlar ko`rsatadilar.
Shuningdek, o`quvchilar organizmini muntazam kuzatib borish muddatini jismoniy tarbiya o`qituvchisi, medisina hamshirasi, vrach kelishib oladilar. Har bir o`quvchi uchun yuritiladigan tibbiy varaqaga bajarilishi uchun tavsiya etilgan mashqlar yil davomida olib borilgan tibbiy-pedagogik kuzatuv natijalari, ota-onalarga berilgan yo`l-yo`riqlar va uning natijalari, ko`rsatmalar muntazam yozib boriladi. Shuningdek, maxsus mashq va mashg`ulotlar davomida o`quvchining pulsi , nafas olishidagi o`zgarishlari ham albatga belgilab beriladi.
Jismoniy tarbiya o`qituvchisida MTG bo`yicha bo`lishi kerak bo`lgan hujjatlar: har bir guruh uchun yarim yillik ish reja, dars bayoni, shug`ullanuvchilar haqida batafsil ma'lumot beruvchi jurnal (familiya, ismi, sharifi, kasalligi, qaddi-qomati, dars davomida puls o`zgarishi, dars vazifalari, berilgan shaxsiy topshiriqlar) bo`ladi. Eslatma: har bir mashg`ulotda o`quvchilar pulsi navbati bilan o`lchanadi. Puls darsgacha, vazifalar e'lon qilingandan so`ng, yugurish o`rtasida, oxirida, URMashqlarining boshi, yakunida va har bir vazifani bajarishdan ilgari va keyin, yakuniy qismning boshlanishi va xayrlashishda sanaladi. MTGga kiruvchi o`quvchilar uchun darsga tayyorgarlik ko`rish, tashkil qilish va olib borish, sog`lom o`quvchilar bilan mashg`ulot o`tishdan ko`ra ancha murakkab va mas'uliyatlidir. Dars maktab direktori, medisina hamshirasi, vrach oldiga ko`pgina talablar qo`yadi. Maktab rahbari avvalo dars samaradorligini oshirishga qaratilgan shart-sharoit va kerakli jihozlarni ta'minlab berishi darkor. Medisina hamshirasi esa dars jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan holatlarga yordam berish uchun tayyor bo`lishi kerak.
Darsni samarali o`tkazishga tibbiy maslahatlar beradi. MTG guruhlarida dars o`tishning murakkabligi shundaki, bir guruhda 10 o`quvchi bo`lsa, ularniig yoshi, jinsi, jismoniy, ruhiy tayyorgarliklari, rivojlanishlari, jismoniy sifatlari turlicha. Eng muhimi, ularning kasalliklari ham bir-biridan farq qiladi. Masalan, yurak-tomir tizimida yetishmovchiligi bor III sinf o`quvchisi xuddi shunday yetishmovchiligi bor o`rta sinf o`quvchilaridan har tomonlama farq qiladi. Bunda mashg`ulot qay tartibda o`tkaziladi? (Dars o`tish uslubiyotiga mansub bo`lgan fikr va mulohaza, ko`rsatmalarni navbatdagi bo`limda bayon etishga harakat qilamiz). Qo`llanma yozishdan maqsadimiz ham shundan iborat.
Mashg`ulot jarayonida o`quvchilar pulsini o`zgarishiga qarab, jismoniy tarbiya o`qituvchisi, tibbiyot xodimi mashqlarga organizmning moslashishi, ijobiy yoki salbiy ta'siri haqida to`g`ri xulosa chiqarishga harakat qiladilar.
Ko`p hollarda ota-onalar o`z farzandlari salomatligidagi, kamchiliklarni sezgan holda, bolalarining imkoni darajasidagi jismoniy harakatlarga ishtirok etishlariga yetarli e'tibor bermaydilar. Go`yoki ularni ehtiyot qilgandek jismoniy tarbiya darslaridan ozod etish uchun harakat qiladigan xolatlar ham uchrab turadi. MTG da mashg`ulot tashkil etish, uni takomillashtirish, o`ziga xos uslub bilan dars olib borishni taqozo etuvchi muhim tibbiy-pedagogik sog`lomlashtiruvchi jarayondir.
MTG olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalariga ko`ra ushbu guruhlarda asosiy e'tiborni hayotiy muhim harakatlarni va jismoniy sifatlar mohiyatini tashviqot qilish, jismoniy mashqlarning mo`ta'dil o`sish va rivojlanishdagi saloxiyatini o`quvchilar ongiga singdirib borish kerak. Bolalarning yoshiga xos bo`lgan tibbiy bilimlar berish, gigiena xaqida va o`z-o`zini nazorat etish, ovqatlanish tartibi to`g`risidagi bilim va tadbirlarni bir-biriga bog`lab muntazam shug`ullanuvchilarga uqtirib borish, o`ta zarur va muhimdir. Yuqorida ko`rsatilgan tadbirlar, bilimlar, asosan, dars jarayonida olib boriladi.
Dars o`quv ishlari mudiri tomonidan tasdiqlangan jadval asosida haftasiga 2 marta 45 daqiqadan, uch marta o`tkazilsa, 30 daqiqa davom etadi. Dars vaqti-vaqti bilan maktabga biriktirilgan shifokor tomonidan nazorat etib turiladi. Hamshira fursatga qarab darsga qatnashishi zarur.
MTGlarda dars jadval bo`yicha 1-4 sinf o`quvchilari 8-10 taga yetsa beshinchi, qolgan sinflar uchun 6 soatga qo`yiladi. Sababi V- IX sinflar o`quvchilari ichida ushbu guruhga mansub bo`lganlar birgalikda darsga qatnashadilar. Masalan: V sinflardan 3, VI sinflardan 2, VII sinflardan yo`q, VIII sinflardan 4, IX sinflardan 1 o`huvchi MTGga mansub. Agar V-VII sinflarning 10 nafar o‘quvchisi MTGga biriktirilgan bo‘lsa, ular bir guruh hisoblanadi.
Haftada 2 yoki 3 marta o`tkaziladigan jismoniy tarbiya darsi yosh organizmning harakatga bo`lgan fiziologik talabini qondira olmaydi. Shuning uchun ham o`quvchilarga qo`shimcha sifatida uy vazifalar berish, sinfda o`tkaziladigan darslar o`rtasida (matematika, ximiya, fizika, ona tili va hokazo) fizkul'tura daqiqalari o`tkazish, katta tanaffuslarda MTG lar uchun maxsus harakatli o`yin va tadbirlar o`tkazish, ushbu guruh o`quvchilariga xos musobaqa tashkil etish o`ta muhimdir.
Bugungi kunda butun sinf bilan o`tkaziladigan jismoniy tarbiya darsiga asosiy, tayyorlov, maxsus guruh o`quvchilari birgalikda qatnashadilar. Bunday holat tashkiliy jixatdan qulay bo`lsada, uslubiy jihatdan mutlaqo to`g`ri emas.
Kuzatuvlar shuni ko`rsatadiki, MTG ga kiruvchi o`quvchilar ko`pgina darsda dam olib o`tiradilar, ayrim hollarda o`qituvchiga jihoz olib chiqish, yig`ishtirish, hakamlik ishlariga yordam beradilar, aksariyat darsga mutlaqo qatnashmaydilar. Agar MTG ga mansub o`quvchi ular uchun o`tkaziladigan maxsus darsga qatnashib yursa-yu, o`z sinfidagi mashg`ulotga kirib o`qituvchiga yordamlashsa, pedagogik jihatdan ma'qul ish bo`ladi. Ya'ni u o`z sinfi, tengdoshlaridan ajralib qolmaydi. Ular bilan har doim hamnafas bo`lib, ayrim hollarda o`qituvchi tavsiya etgan yengil harakatlarni bajarib turishi ham mumkin bo`ladi, umuman musbat ruhiy-emosional ta'sir ko`rsatadi. Salomatligida sezilarli nuqsoni bor o`quvchi o`z sinfi bilan darsga qatnashsa, unda muvofiqlashgan harkatlarni ko`pgina jismoniy sifatlarning yetishmovchiligi, ayrim mashqni bajarish hollarida o`z o`rtoqlariga kulgi bo`lishi, ruhiy tushkunlikka tushishi aniq. Shuning uchun ham ularni maxsus tashkil etiladigan darslarga jalb etish eng samarali yo`ldir. MTG o`qituvchilarining o`z sinfi bilan darsga qatnashishlarining yana bir murakkab tomoni shundaki, o`qituvchining farqlab uslub qo`llashi va jismoniy yuklama berishi qiyinchilik tug`diradi.

Xulosa
Shuningdеk harakat va sport o’yinlarining elеmеntlari, еngil atlеtika mashqlaridan ayniqsa yurish va yugurishlardan kеng foydalanish mumkin nosog’lom maktab o’quvchilarini sog’lomlashtirishda suvda bajariladigan harakat vosita vositalaridan hisoblangan suzish suvda jismoniy harakat bajarish suv ostiga uqalash, suv ichida mashqlarni cho’zish harakatlaridan kеng foydalanish ayniqsa suvda jismoniy harakatni bajarish tashqi qon aylanish yaxshilanadi. Bug’inlar harakat doirasi oshadi. Suv muhitida harakat yo’nalishi sur'atini yoki yuklamasini o’zgartirish qo’shimcha vositalar narsalarni «qo’l, oyoq, suzgichlar, turli va xokozolarni qo’llash yordamida oshirish mumkin. Ba'zi uktvchilarning umurtqa pog’onasidagi qiyshiqlar jaroxatlarni qoldiqlari suv ichidagi jismoniy harakatlar yordamida tuzalishi mumkin. Oyoq, tizza, bugunlaridagi jaroxatlar vеlosipеdda yurish bilan yaxshi buliish mumkin, modda almashish, yurak - qon tomriga yoki nafas olish a'zolari kasallanganda еngil va yaqin sayohat, sog’lomlashtiruvchi yugurishlar nihoyatda yaxshi foyda qiladi. Shug’ullanuvchilarni quvnoqligini oshirishda еngil harakatli yoki short o’yinlaridan foydalaniladi.



Download 48.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling