Jismoniy tarbiya sport nazariyasi


Mashg‘ulotlar jarayonining asosan - texnik va taktik tavsifda уо‘naltirilishi


Download 0.78 Mb.
bet4/15
Sana11.01.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1088748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
KURS ISHI Javlon

1. Mashg‘ulotlar jarayonining asosan - texnik va taktik tavsifda уо‘naltirilishi
Jangni olib borish texnikasi va taktikasini o‘zlashtirish – bu qilichbozlar mashg‘ulotlarining asosiy jihatlari bo‘lib, o‘z navbatida yakuniy holatda sport yutuqlariga erishish sportchilarning nisbatan maqsadga muvofiq hisoblangan taktik maqsadlarni tanlab olishi, ixtisoslashtirilgan harakatlar uslublari, bilimlar va taktik ko‘nikma malakalarni egallash orqali ifodalanuvchi - texnik va taktik jihatdan tayyorgarligi darajasi bilan belgilanadi.
2. Tanlangan qurol turi bo‘yicha sportchilarning musobaqalardagi amalga oshiruvchi nisbatan o‘ziga xos bo‘lgan harakatlarini hisobga olish asosida janglarni olib borish vositalari tarkibini rejalashtirilgan tavsifda optimallashtirish
Ushbu yakka kurash sport turida tegishli vositalar tarkibini shakllantirish - bu turli xildagi harakatlardan (hujumlar, hujumlarga qarshilik ko‘rsatish, tayyorgarlik harakatlari va joyini o‘zgartirish usullari) foydalanish hajmlari o‘rtasidagi nisbatni optimallashtirishga yo‘naltirilgan, qilichbozlarning texnik va taktik jihatdan takomillashishini ta’minlovchi zaruriy tarkibiy qism hisoblanadi.
Bundan tashqari, musobaqalarda qilichbozlarning faoliyatini o‘z muddatida, tezkor tavsifda baholash asosida boshqarish zarur hisoblanadi.
3. Harakatlarga oid va ruhiy sifatlar, funksional jihatdan tayyorgarlikning doimiy ravishda ixtisoslashtirilgan tarzda namoyon bo‘lishi
Jangni olib borish vositalarini o‘zlashtirish asosida, musobaqalarda ishtirok etish natijalari har bir qilichbozda ruhiy va harakatlarga oid sifatlarning namoyon bo‘lish darajasiga bog‘liq holatda ifodalanadi va o‘z navbatida, jang davomida turli xil harakatlardan (hujum, himoyalanish va qarshi javob hujumini amalga oshirish, qarshi hujum) foydalanish ushbu sanab o‘tilgan sifatlarning turli xilda namoyon bo‘lishini (ayniqsa, tezkorlik, chaqqonlik va chidamlilik, ko‘rish-motor reaksiyalari, diqqat, xotira, fikrlash) talab qiladi. Shu sababli, ushbu sifatlarni takomillashtirishga yo‘naltirilgan mashqlardan doimiy ravishda foydalanish mashg‘ulotlarda tegishli harakatlarni o‘zlashtirish jarayonini tezlashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi va bu harakatlardan musobaqalar davomida muvafaqqiyatli tarzda foydalanish imkonini beradi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling