Jismoniy tarbiya sport nazariyasi
Harakatlanish darajasi va texnik-taktik tayyorgarlik
Download 0.78 Mb.
|
KURS ISHI Javlon
- Bu sahifa navigatsiya:
- III Xulosa. IV Adabiyotlar.
3.3. Harakatlanish darajasi va texnik-taktik tayyorgarlik
Qilichbozlik nazariyasi va uslubiyatida harakatlarga oid sifatlar va maxsus ko‘nikmalarning ma’lum bir aniq holatda namoyon bo‘lishlari ajratib ko‘rsatiladi. Ular sportchilarning kvalifikatsiya darajasini hisobga olgan holatda guruhlarga taqsimlab chiqiladi, ular: - usullarni bajarish avtomatizmi; - harakatlarni vaqt va fazoda orientirlash malakasi; - harakatlarning tezkorligi; harakat reaksiyalarining tezkorligi; usullarni ko‘p variantli bajarish sifatidagi chaqqonlik; - mushak kuchlanishlarini boshqarish; - chidamlilik, ideomotor tasavvurlar. Xilma-xil mashqlar texnik-taktik takomillashishga yo‘naltirilgan. Ularning ko‘pchiligi, harakat sifatlarini, ularning kinematik, dinamik, ritmik va kuch tavsiflari usullarini bajarish strukturasiga maksimal yaqinlashtirish sharoitlarida ixtisoslashtirilishiga ko‘maklashadi. Shu bilan birga, jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlikning namoyon qilinishidagi majmuaviylik, hujum va himoya harakatlari texnikasini hamda zaruriy harakat va psixik xususiyatlami mustahkamlash imkonini beradigan usullarni ko‘p marta takrorlash orqali erishiladi. Hujum va himoyada harakatlar texnikasining muhim tarkibiy qismlari - mushak kuchlanishlari darajasi, harakat sifatlarini va ko‘ruv va taktil qо‘zg‘atuvchilarga jangovar reaksiyalami ixtsisoslashuvi darajasi bo‘lib, ularni ishlab chiqilishi mashg‘ulotda qilichbozlar texnik tayyorgarliklarining asosini tashkil qiladi. Tezkor-kuch sifatlarini yetarlicha ixtisoslashtirilmaganligi harakatlanishlar texnikasida va ularni bajarishdagi yengillikda, manyovr qilishning chuqurligida, distansiyaga rioya qilishda, hujum va yaqinlashishning yashirinligida aks etadi. Bunday holat, harakat sifatlari ko'rsatkichlari bilan hujum vositalarining ayrimlarini qo‘llashdagi natijaviylik o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni aniqlagan tadqiqotlarning alohida natijalari bilan tasdiqlanadi. Shunday qilib, tezkor-kuch tayyorgarligining yaxshi darajada bo‘lishi tezkor va chuqur manyovr qilish, tayyorgarlik harakatlarini va oldinga hamla qilishdan orqaga qaytishni bajarish paytidagi inersion kuchlarni yengish uchun kerak. Aynan tezkorlik xilma-xil jangovar harakatlami minimal davom etishini ta’minlaydi, chidamlilik - toliqishning ortib borishi sharoitida texnik usullarni bajarish stabilligining komponenti hisoblanadi, yaxshi chaqqonliksiz esa - kutilmaganda yuzaga keladigan holatlarda harakat amallarini adekvat va variativ qo‘llashning imkoni bo‘lmaydi. O‘z navbatida, sport malakasining ortib borishi bilan jismoniy tayyorgarlik vositalarining umumiy miqdori va xilma-xilligini oshirish maqsadga muvofiq bo‘lib, ularni qo‘llash harakat ko‘nikmalarini, xususan, psixologik - maxsus psixik sifatlarning shakllanishi jarayonini kengaytiradi, qo‘shimcha samara beradi. Qilichbozlikda murakkabligi bo‘yicha xilma-xil usullarni o‘zlashtirish bir xil bo‘lmagan harakat qobiliyatlarini talab qiladi, mavjud xilma-xil vositalarning ichidan eng samarali mashqlarni tanlash zarur. Bu holatda, sport natijalari jismoniy tayyorgarlik darajalari bilan yaqindan o‘zaro bog‘liq, harakat sifatlarining ixtisoslashuvi esa - o‘zlashtirilayotgan texnikaning xususiyatlarini va sportchilarning individual moyilliklarini hisobga olgan holda, maqsadga yo‘naltirilgan va tanlab ta’sir qiladigan xarakterga ega bo‘ladi. Bellashuvni olib borish taktikasini, jumladan, uni amalga oshirish uchun ixtisoslashtirilgan harakatlarning turlarini tanlash sportchining jismoniy qobiliyatlari bilan oldindan belgilanadi. Takomillashgan harakat sifatlari, qilichbozga har bir bellashuvda texnik-taktik vazifalami yechish uchun qulay sharoitlarni yaratishga yordamlashadi. Sportning har xil turlarida alohida harakat sifatlarini ixtisoslashgan harakatlar strukturasini o‘zlashtirish jarayoniga ta’sirini baholash paytida, masalan, tezkorlik va kuch sifatlarining yuqori darajada bo‘lishi, shug‘ullanuvchilarning texnik tayyorgarliklariga, diqqat-e’tiborini fazoda va vaqtda konsentratsiya qilish qobiliyatlariga ijobiy ta’sir qilishi aniqlangan. Shu bilan birga, ayrim sport turlarining o‘ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda, chaqqonlik, chidamlilik, egiluvchanlik kabi sifatlarga ustuvor e’tibor qaratiladi. Harakat sifatlari - musobaqa faoliyatining komponenti sifatida usullarni o‘zlashtirishning samaradorligini belgilaydi, chunki u ratsional texnika harakatlarini ta’minlashning ma’lum bir darajasini talab qiladi. Harakat qobiliyatlariga va ixtisoslashgan ko‘nikmalarga qo‘yiladigan talablarning xarakteri bo‘yicha qilichbozlik bilan bir qatorda boks, basketbol, futbol, tennis, xokkey turadi. Sportning ushbu turlarini bitta guruhga birlashtirish texnik-taktik potensialning katta ahamiyatga ega ekanligini va harakatlarga tayyorlikka bo‘lgan talablarning umumiyligini, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik xarakterini hisobga olgan holda qonuniy hisoblanadi. Masalan, basketbolchilarni sinovdan o‘tkazish paytida, ularning tezkor-kuch ko‘rsatkichlari to‘pni uzatishdagi xatolar miqdori va natijaviy uzatishlar hajmi bilan, umumiy chidamliligi esa yaqin masofadan turib to‘pni savatga otish va to‘pni raqib shiti oldida raqibidan tortib olishni amalga oshirish chastotasi bilan o‘zaro bog‘liq ekanligi aniqlangan. Undan tashqari, kuchning yetishmasligi texnikaga va jarima to‘pini otish natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, to‘pni past trayektoriya bo‘ylab otish ko‘nikmasini xato shakllanishiga olib keladi. Futbolchilarning tezkor-kuch tayyorgarliklarini tadqiq qilishning natijalari bo‘yicha yuqori qavatda bosh bilan mohirona o‘ynash, to‘pni olib yurishdagi bemalollik, tezkorlik va chaqqonlik ko‘proq mashg‘ulot jarayonida xilma-xil sakrash mashqlarini, qisqa masofaga yugurishni, to‘pni egallab yurish texnikasi bo‘yicha individual mashg‘ulotlarni tizimli uyg'unlikda qo‘llash bilan belgilanishi qayd qilingan. Texnikani bilish, real taktik harakatlar, texnik ko‘nikmalar va harakat sifatlari darajasi o‘rtasidagi bevosita o‘zaro bog‘liqlik mavjudligiga ham e’tibor qaratiladi. Tennisda maqsadga yo‘naltirilgan harakat tayyorgarligiga, xususan, to‘r oldiga chiqishlarni, orqa liniyadan turib zarba berishlar, raqib uzatgan to‘pni-qabul qilishlarning samaradorligiga bogMiq, bunda, harakat sifatlarini takomillashtirish to‘p uzatishlarning natijaviyligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Sportchilarning jismoniy va texnik tayyorgarliklari komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik shunisi bilan xarakterliki, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lish bilan birga, bir vaqtning o‘zida, harakat ko‘nikmalarini shakllantirish va takomillashtirish asosida yotgan umumiy shartli-reflektorli mexanizmlarga asoslangan asab-mushak apparatining funksiyasi sifatida oldinga chiqadi. Sport gimnastikasida, masalan, jismoniy tayyorgarlik yuqori mashg‘ulot yuklamalari uchun funksional bazani yaratadi. Bunda, musobaqa mashqlari ham sportchilarning tayyorgarligini oshirishga yuqori darajada ko‘maklashib, jismoniy tayyorgarlik vositasi bo‘lib qoladi. Lekin har tomonlama jismoniy tayyorgarlikka erishish uchun bu yetarli emas, chunki harakat imkoniyatlarini maqsadli takomillashtirishgina yuqori darajadagi mashg‘ulot yuklamalari va musobaqalarning zichligiga bardosh bera oladi, tezkorlikni va samarali tiklanishni ta’minlaydi. Qilichbozlikdagi bellashuv xilma-xil harakat sifatlarini muvaffaqiyatli namoyon qilish va o‘zaro kompensatsiyasi uchun imkoniyatlar yaratadi, chunki bitta taktik vazifani, o‘zaro farq qiladigan vositalarni qo‘llashni variatsiya qilish va bitta yaxshi ko‘rgan harakatni xilma-xil holatlarda muvaffaqiyatli qo‘llash orqali turli usullar bilan yechish mumkin. Barcha qurollardagi qilichbozlik bo'yicha jahon chempionlari o‘rtasida bo‘yi, vazni, yoshi bo‘yicha farq qiladigan sportchilarni uchratish mumkin. Lekin ularning barchasini alohida sifatlarini maksimal darajada ixtisoslashtirilishi, ulami qo‘llaniladigan harakatlarda va taktik qarorlarda amalga oshirish malakasi birlashtiradi. Shu bilan birga, sportning ko‘pchilik turlarida dongdor sportchilarni mamlakatimizning kuchli qilichbozlari uchun ham xarakterli bo‘lgan har tomonlama jismoniy tayyorgarlik ajratib turadi. Bellashuv vaqtida qilichbozlarning harakatlari murakkab va xilma-xil bo‘ladi. U, hujum va himoya, tayyorgarlik harakatlarining strukturasi, xarakteri, murakkabligi darajasi bo‘yicha xilma-xil komponentlami o‘z ichiga oladi. Undan tashqari, hujumlami va javob bilan himoyalanishlami bajarish tejamkor va o‘z vaqtidagi harakatlarni talab qiladi, bu, qurollangan qo‘l va oyoq bilan harakat qilishning o‘ziga xos murakkab koordinatsiyalangan ko‘nikmalarini, alohida harakatlarni va butun bellashuvning variativ ritmik tavsiflarini, reaksiya va harakatlarni xilma-xil namoyon qilinishini, chaqqonlik va chidamlilikning ixtisoslashuvini shakllanishiga olib keladi. Bunda, qilichbozning, hattoki, o‘ziga xos harakatlarining optimal strukturasi ham harakat sifatlarining yuqori bo‘lishiga bog‘liq bo‘ladi, bu, hujum usullarini bajarish texnikasini ekspertli baholash orqali tezkor-kuch ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik bilan tasdiqlanadi. Lekin tayyorgarlikning yoshga oid bosqichlarida sportchilar qurolni egallash usullarini va harakatlanishlami o‘zlashtirish jarayoni bilan belgilanadigan harakat sifatlarining darajasi farq qiladi, bu yosh qilichbozlarni ko‘p yillik mashg‘ulotini barcha davrlarida jismoniy tayyorgarliklarining xususiyatlari to‘g‘risidagi axborotlarni obyektivlashtirishda nazariya va amaliyotni belgilaydi. III Xulosa. IV Adabiyotlar. Sport pedagogik mahoratini oshirish (qilichbozlik) G.B.Abdurasulova, N.A.Fetisova, A. U.Ibragimov. Wikipediya Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling