II.BOB. Har xil turdagi qurolda qilichbozlik texnikasi va taktikasi
2.1. Jangni olib borish tizimi
Rapiralardagi sport jangining shartlari bellashuvchilar uchun qurol tig‘i bilan qarshi harakatlarning xilma-xil imkoniyatlarini belgilaydi, chunki qurollangan qo‘l zarba beriladigan yuza hisoblanmaydi. Shuning uchun, sportchilar oralig‘idagi masofa ko‘pincha uzun hamla qilish chegarasida bo‘ladi (1-rasm).
1-rasm. Uzun hamla qilish chegarasida sportchilar oralig‘dagi masofa.
Jangni olib borish paytida eng ko‘p qo‘llaniladigan harakat amallari - hujumlar, javoblar va olib o‘tishlar seriyalarining himoya “to‘siqlarini” yorib o‘tish yoki ularni yuzaga keltirish uchun mo‘ljallangan qarshi javoblar hisoblanadi (2-rasm).
2-rasm. Raqibning himoya “to‘siqlarini” yorib о‘tish.
Taktik va harakatlar kuchlanishlarning asosini o‘zaro sanchishlarni amalga oshirish paytida “hujumga asosni” va “javobga asosni” amalga oshirishni ta’minlaydigan niyatlar va harakatlar tashkil qiladi.
Hujum va javob berishlarda (faqat tana qismiga (3-rasm) sanchishlarni amalga oshirish sohasining imkoniyatlarini chegaralanganligi, qurol tig‘i bilan manipulatsiya qilish texnikasiga va uni siljitish amplitudalariga yuqori talablami beigilaydi.
Bunda, qurol tig‘i bilan gorizontal yuzada ustuvor harakatlarni bajarish sanchishlarni barcha sektorlarga amalga oshirishga urinishlarga nisbatan himoyalanishlarning xilma-xilligi uchun hamda har bir holatda kutib oluvchi sanchishlami oppozitsiya, chap berish, orqaga chekinish, yaqinlashishlar bilan aniq qo‘llash uchun juda yaxshi imkoniyatlarni yaratadi.
Hujum qiluvchi uchun raqib tomonidan himoyalanish turlarini oldindan ko‘ra bilish asosida sanchishni amalga oshirish sektorini aniqlash ham muammo hisoblanadi, chunki qurol tig‘i bilan himoyalanish harakatlari amplitudasining kichkinaligi, ularni sportchilarni qurol tig‘i bilan harakat yo‘nalishini o‘zgartirishiga nisbatan kattaroq tezlikda bajatish imkonini beradi. Shuning uchun, hujumni tayyorlashda, uni kutilmaydigan qilib bajarish va qurol tig‘ining yo‘lini ochiladigan sektor yo‘nalishiga moslay olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |