Jismoniy tarbiya sport nazariyasi


-rasm. “Pistolet”li dastani ushlash


Download 0.78 Mb.
bet13/15
Sana11.01.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1088748
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
KURS ISHI Javlon

5-rasm. “Pistolet”li dastani ushlash.

Faqat, “pistoiet” uzaytirilgan gaykaga ega emasligini hisobga olish kerak, bu o‘zgaruvchan pozitsiyalar va himoyalarni bajarish paytida qurol tig‘ining yakuniy holatlarini standarllashtirishni murakkablashtiradi. Shuning uchun, “pistolet”li dastaga o‘tish qurol tig‘i bilan harakatlar texnikasini takomillashtirish bilan birga o‘tadi.


III.BOB. Qilichbozlarning jismoniy tayyorgarligi
3.1. Tayyorgarlikning tarkibi va yo‘naltirilishi
Jismoniy tayyorgarlik - bu sportga oid takornillashishning barcha bosqichlarida qilichbozlar mashg‘ulotlarining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Jismoniy tayyorgarlikning nisbatan eng muhim vazifasi, ya’ni usullar va harakatlarni takomillashtirish uchun boshlang‘ich darakchi hisoblangan - ixtisoslashtirilgan jismoniy sifatlarning yaratilishi va yo‘naltirilishi yillik siklning davrlarini hisobga olish asosida hal qilinadi.
Ixtisoslashtirilgan ko‘nikmalami egallash imkoniyati ko‘p jihatdan odam organizmining harakatlarga oid sifatlarining namo- yon bo‘lish darajasi bilan belgilanadi. Texnikani takomillashtirish, o‘z navbatida, kUch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik, egiluvchanlik, muskullarning ixtiyoriy bo‘shashtirilishi kabi alohida sifatlar va ularning umumiyligi orqali sportchi larning harakatlarga oid qobiliyatlari namoyon bo‘lish samaradorligi darajasini oshiradi.
Jismoniy tayyorgarlik o‘z tarkibiga sportchilarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlab beruvchi umumiy va maxsus vositalarni, qilichbozlar uchun zaruriy hisoblangan - sifatlarning namoyon bo‘lishining ixtisoslashtirilishini qamrab oladi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik organizmning funksional imkoniyatlari darajasini oshirilishiga, uning har tomonlama rivojlantirilishi va turli xildagi harakatlarga oid ko‘nikmalarning egallanishiga yo‘naltiriladi. Ushbu vazifalarning hal qilinishi uchun, jismoniy tarbiyaning barcha vositalaridan umumiylikda foyda- laniladi. Biroq, qilichbozlik bilan birgalikda, basketbol, futbol, tennis, xokkey, boks, akrobatika kabi sport turlarida harakatlarga oid ko‘nikmalarga qo‘yiluvchi talablarning o‘ziga xos tavsiflarga egaligi murabbiylarga va sportchilarga ushbu ko‘rsatib o'tilgan har bir sport turida mashqlardan ustuvorlikda foydalanish tavsiya qilinadi.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik qilichbozlikda usullar va hara- katlarning takomillashtirilishi uchun harakatiarga oid sifatlarning ixtisoslashtirilgan tavsifda namoyon bo‘lishi va rivojlantirilishiga yo‘naltiriladi. Maxsus jismoniy tayyorgarlikning vositalari - qilichbozlik janglarida sportchilar tomonidan foydalaniluvchi usullar va harakatlardan tashkil topadi.
Shuningdek, turli xildagi harakatiarga oid sifatlami takomil- lashtirishga yo‘naltirilgan mashqlarning o‘zaro aloqadorlikka egaligi va o‘zaro ta’sirlashish tavsifida o‘rin tutishini hisobga olish talab qilinadi. Jumladan, foydalaniluvchi turli xildagi mashqlar tarkibiy jihatdan ozaro bir-birini toldirishi mumkin yoki aksincha, qandaydir sifatni rivojlantirish nuqtayi nazaridan bir-birining samaradorligi darajasiga salbiy tasir korsatishi mumkin. Shu sababli, jismoniy tayyorgarlikda koproq darajada turli xildagi harakatiarga oid konikmalar va sifatlarning ozaro bir-biriga ijobiy tasir korsatishi holatlarini ifodalovchi mashqlardan foydalanish talab qilinadi, Shuningdek, ushbu sifatlarning ixtisoslashtirilgan tavsifda namoyon bolishiga salbiy tasirga ega bolgan tarkibiy qismlarning mustasno tariqasida tarkibdan chiqarib tashlanishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bundan tashqari, alohida sifat­larning ishlab chiqilishida mashqlarning tanlab tasir korsatuvchi effektga egaligini ham hisobga olish talab qilinadi. Biroq, malum bir alohida olingan sifatning nisbatan iloji boricha yuqori darajada rivojlantirilishi uchun, albatta, boshqa sifatlami ham bir vaqtning ozida talab qilingan darajada rivojlantirilishi zarur hisoblanadi.
Jismoniy tayyorgarlik sport texnikasining takomillashtirilishi uchun asosni yuzaga keltiradi, yani jismoniy tayyorgarlikni qilichbozlarning harakatiarga oid imkoniyatlarining namoyon bolish shakli sifatida qarab chiqish mumkin, Shuningdek, ruhiy barqarorlik va iroda sifatlarining namoyon bolishi shartlaridan biri sifatida qayd qilish mumkin. Bundan tashqari, sportchilarda salo- matlik darajasi qanchalik mustahkam boIsa, demak, organizmining ish bajarish qobiliyati ham shunchalik yuqori darajada bo'lishi qayd qilinadi, oz navbatida, sportchi mashgulotlar yuklamalariga shunchalik darajada yuqori chidamlilik xususiyatini namoyon qiladi va harakatlar sifatlarining yuqori darajasiga tezroq erishishi kuzatiladi.
Наг bir sport turida, jumladan, qilichbozlikda ham talab qilinuvchi sifatlar «to'plami» sport faoliyatining ushbu qarab chiqilayotgan turi uchun xos bolgan harakatlar xususiyatlarining oziga xosligini ifodalab berishi zarur hisoblanadi. Shu sababli, qilichbozlarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish oziga xos spetsifik sifatlarning chugurlashtirilgan tavsifda rivojlantirilishi va umumlashtirilishining asosiy maqsadi sifatida qayd qilinishi talab qilinadi.
Sportchilarning yakka tartibdagi qobiliyatlarining maksimal darajada namoyon qilinishi, uning ustuvor sifatlarining rivojlan­tirilishi yuksak natijalarga erishishga olib keladi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling