Jismoniy tarbiya sport nazariyasi


Tayyorgarlik strukturasidagi harakat sifatlari


Download 0.78 Mb.
bet14/15
Sana11.01.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1088748
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
KURS ISHI Javlon

3.2. Tayyorgarlik strukturasidagi harakat sifatlari
Qilichboz uchun zarur boigan sifatlar ichida reaksiya tezkorligi, chaqqonlik, chidamlilik, egiluvchanlik, alohida mushak guruhlarining kuchi kabi sifatlar mavjud. Bunda, qilichboz yoiakcha bo‘ylab chugur manyovr qilmasdan, tezkor va kuchli hujumlarsiz g‘alabaga erisha olmaydi. Masalan, sanchiydigan qurollarda bellashuvda, ko‘pchilik holatlarda oyoqlarning portlovchi kuchini bir aktlik namoyon qilinishi xosdir, bu, rapirada qilichbozlik qiladiganlarda sakrovchanlik bo‘yicha testlami muhim jangovar harakatlarni qo‘llash hajmlari va natijaviyligi bilan statistik ishonarli darajadagi o‘zaro bogiiqligi bilan tasdiqlanadi. - 0‘z navbatida, sablyalarda qilichbozlik qiluvchi sportchilarning harakatlanishlari, hattoki, hujumni tayyorlash vaqtida ham keng diapazon va yuqori tezkorlik bilan farqlanadi, buning isboti bo‘lib, jang vaqtida chugur manyovr qilish ko‘rsatkichlari bilan 30 metrga vugurish natijalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik xizmat qiladi.
Spoitchini qilichbozlik qilish uchun jangovar turishini notabiiy bo‘lishi va bellashuvda qurol bilan amalga oshiriladigan asosiy harakatlarning yorqin ifodalangan o‘ziga xosligi, yukla- malami oyoq va qurollangan qo‘l mushaklariga notekis va assim- metrik taqsimlanishini belgilaydi. Bunda, ikkala oyoqlar son va boldirlarini, mushaklami rostlovchilarga, oldinda turgan oyoqning sonini uzoqlashtiruvchi va yaqinlashtiruvchi mushaklarga, yelkani rostlovchi, qurollangan qo!l yelka sohasini bukuvchi mushaklarga uncha katta bo‘lmagan yuklama tushadi.
Qilichbozni kutiimaganda yuzaga keladigan va tezkor o‘tadigan bellashuvda, qurolda aniq o‘zaro harakat qilgan holda raqibiga qarshilik ko‘rsatishni bilishi, murakkab usullami bajarishi va ulami uyg‘unlashtirishi chaqqonlikni namoyon qilishga bog‘liq, chunki qilichbozlarning murakkab koordinatsiyalangan faoliyatining strukturasi har bir bellashuvda va jang holatida harakatlarni bajarish paytida, harakat qobiliyatlarining ushbu turiga qattiq talablami qo‘yadi.
Yelka, qurollangan qo‘l va bo'yin mushaklarining yuqori tonusi, koordinatsion kuchlanishi ixtisoslashgan harakatlarda texnik brakni yuzaga kelishiga sharoit yaratadi, ulami pasaytirish holatlari kuzatiladi va sanchishlar (zarba) aniqligini pasayishiga olib keladi. Bu, texnikaning alohida komponentlari (mo'ljalga tegishning aniqligi, sablya bilan harakatlarni bajarish amplitudasi, gavda qismlari koordinatsiyasining o‘zaro harakatlari) va qilichbozlarning umumiy va maxsus epchifligi ko‘rsatkichlari o'rtasidagi aloqa bilan tasdiqlanadi.
Bellashuvlarning tezkor o'tishi, qayta hujumlarning, chap berishlarning mo'lligi sportchidan fazoviy-vaqt taqchilligi sharoitida maksimal tezkor va aniq harakatlarni bajarishni talab qiladi, bu, musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun ixtisoslash- tirilgan chaqqonlikni namoyon qilishning yuqori ahamiyatliligini belgilaydi. -
Harakatlarda mo‘ljalga tekkizishning yuqori darajadagi aniqligi, xatolarning yo‘qligi, uzoq muddatli musobaqalarda zaruriy funksional faollikni va erishilgan texnik-taktik mahorat darajasini ushlab turish - sportchining chidamliligi bilan belgilanadi. 0‘z navbatida, bellashuvlarni bir necha soat davomida chegaraviy jadallikda olib borish zarurati qon aylanishi va nafas olish tizimlarining rivojlanishiga ancha katta ta’sir ko'rsatadi, shu bilan birga, yuqori malakali qilichbozlar boshqa turdagi yakkakurash vakillaridan o‘zlarining aerob ko'rsatkichiari bo’yicha farq qilishmaydi, mashg‘ulotlarning ta’siri ostida organizm fimksiya- larini optimallashuvi fonidagi kislorodsiz resurslar, shug‘ullanish stajining kattaligi paytida yaxshilanadi.
Bellashuvning dinamikligi gavda qismlari, alohida bo‘g‘im- lari harakat amplitudasining kengligini belgilaydi. Xususan, rapira va shpagada qilichbozlik qiluvchi sportchilarda tos-son va qo‘llar bo‘g‘imlarining yuqori darajadagi harakatchanligi kuzatiladi, sablyada qilichbozlik qiladiganlarda, avvalambor, qurollangan qo‘l yelka bo‘g‘imlarinmg egiluvchanligi kuzatiladi, bu, 3- va 5-fintlami, hujumdagi va tirsakni tana proyeksiyasi ortida harakatsiz javoblar fintlarida o‘ziga xos parametrlarga erishishni ta’minlaydi.
Qilichbozlik nazariyasi va metodikasining dolzarb muammo- si — alohida antropometrik ko‘rsatkichlar bilan bellashuvlardagi ixtisoslashtirilgan harakatiaming tarkibi o‘rtasida o‘zaro bog'liqlik- larning xarakterini aniqlash hisoblanadi. Baland bo‘yli malakali rapirachi ayollar oddiy hujumlarni boshqalarga nisbatan ko‘proq bajarishadi, sablyada qilichbozlik qilishdagi hujum va manyovr usullarini bajarishning samarasini belgilaydigan omillar guruhi tarkibiga sportchi gavdasi va oyoqlarining uzunligi kiradi. Undan tashqari, qilichbozning muvaffaqiyatli harakatlari bilan, uning harakat sifatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rnatilganligi, hozirgi vaqtda malakali sportchiga zarur bo‘lgan natijaviy chiqishlar uchun namoyon qilish majmuasim, jismoniy tayyorgarlik metodi- kasining umumiy holatlarini ishlab chiqishni belgilash imkonini berdi. Lekin harakat qobiliyatlarini namoyon qilinishning darajasi bir xil emas, bu nafaqat qurolning turiga va mahorat darajasiga, balki yoshga oid dinamikaga ham bog'liq. Uni o‘rganishning zarurati sport turining rivojlanishi bilan oldinga suriladi, buning uchun jismoniy tayyorgarlikning eng muhim yo‘nalishlarini aniqlash kerak.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling