Jismoniy tarbiya sport nazariyasi


-rasm. Sanchishlarni amalga oshirish sektorlari


Download 0.78 Mb.
bet11/15
Sana11.01.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1088748
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
KURS ISHI Javlon

3-rasm. Sanchishlarni amalga oshirish sektorlari.
Qarshi hujumlar va takroriy sanchishlarni qo‘llash sezilarli darajadagi ahamiyat kasb etadi, chunki bellashayotgan qilichbozlarning zarba beriladigan yuzalari о‘zaro bir-biridan uzoqlashgan bo‘ladi. Sportchi yetarlicha ilgariroq harakat qilishga erishishi uchun, sanchishni amalga oshirish maqsadidagi yakunlovchi harakatlari o‘rtasidagi vaqt bo‘yicha vizual qayd qilinadigan farqni ko‘ra bilishga erishishi zarur. Сhunkiy ustuvorlikni yuzaga keltirishga qobiliyat raqibning kutilmagandagi ikki sur’atli yoki uch sur’atli hujumiga (javob harakatiga) oddiygina reaksiya qilish chegarasidan tashqariga chiqadi. Chunki u, oidindan ko‘ra bilishni yoki raqib qurol tig‘i bilan final harakatni boshlashidan oldin sanchishni amalga oshirish uchun unda yetarlicha davomiy hujumni (javob harakatini) amalga oshirishga intilishni chaqirishni o‘z ichiga oladigan taktik ustunlikka asoslanadi.
Himoya harakatlarini qo‘llashning soddaligi va ular diapazonining kengligi ataylab amalga oshriladigan va jang vaqtida beixtiyor yuzaga keladigan (ekspromtli) hujumlardan, himoyalar va javoblardan, qarshi himoya va qarshi hujumlardan tarkib topgan xususiy ko‘p aktli olishuvlarga olib keladi. Xususan, qarshi himoya va qarshi hujumlardan oldin bajariladigan hamda tekshirib ko‘rish maqsadida qo‘llaniladigan aldamchi va qarshi hujumlar davomiy olishuvlarni boshlanishi sifatida xizmat qiladi.
Himoya harakatlaridan tashqari kutilmagandagi va tezkor yaqinlashish ham hujum va javob harakatlarini qollashni qiyinlashtiradi. Chunki olishuv vaqtida yaqin masofaning yuzaga kelishi sanchishni amalga oshirish uchun qo‘shimcha qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi.
Sanchishni amalga oshirish aniqligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Bunda, javob va qarshi javob harakatlarining natijaviyligiga erishish eng qiyindir, chunki ular qoidaga ko‘ra, hamla qilish yoki hamladan oldinga yo orqaga qarab yopilib olishni boshlagan raqibga nisbatan amalga oshiriladi. Ushbu holatlarda, lining tanasi javob (qarshi javob) harakatini bajarayotgan rapirachi quroliga nisbatan kuchli egilgan holatda bo‘ladi, bu, qurol uchini zarba beriladigan yuzaga tekkizish uchun noqulay burchak hosil qiladi. “Nayza” usulida hujum qilayotgan raqibga nisbatan javob harakatini amalga oshirish yanada qiyinroq, chunki javob harakati paytida masofa keskin qisqaradi. Bunda, hujum qilayotgan sportchi tanasini oldinga egilishi, uning orqasiga sanchishni amalga oshirilishi uchun imkoniyat ochilishini belgilaydi.
Rapirada bellashuvlardagi himoyalanish harakatlarining xilma-xilligi raqibning himoya niyatlarini oldindan detallashtirishni talab qilmaydigan olib o‘tish seriyalari bilan hujum qilishlarni o‘zlashtirishga murojaat qilishga majburlaydi. Lekin ularni qo‘llash, qurol tig‘i bilan ishlash texnikasini ma’lum darajada egallashni va hujum qilayotgan sportchi tomonidan qurol tig‘ini himoyalanayotgan sportchi quroli tig‘i yo‘nalishida harakatlantirishning ritmik tavsiflarini baholashda ixtisoslashuvni talab qiladi.
Rapirachining texnik tayyorgarligida, asosiysi - har xil sektorlarga sanchishlarni amalga oshirish bilan olib o‘tishlardan va olib o‘tish seriyalaridan tashkil topgan o‘z amplitudasi qat’iy chegaralangan qurol tig‘i harakatlarini o‘zlashtirish hisoblanadi. Demak, qurol ushlagan qo‘lni hujumlarda ikkita va undan ortiq olib o‘tishlar bilan birgalikda rostlash texnikasi zaruriy hisoblanadi. Olishuvlardagi harakatlarning davomiyligini va rniqdorini oshirish uchun, ularni ikki aktli va uch aktli qilish orqali quiollar tig‘larini qarama-qarshi qo‘llash muhim.
Himoyalar tarkibida to‘g‘ridan beriladigan va aylanma usulda beriladigan zarbalar turlarini navbat bilan qo‘llash оta samarali. O‘z navbatida, hujumlar tarkibida olib o‘tishlar va olib о tish seriyalarini qo‘lllash rapirada qilichbozlik qilish texnikasi va taktikasini o‘zlashtirish muddatlarini qisqartirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.



Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling