Jismoniy tarbiya sport nazariyasi
Yillik sikl tarkibida musobaqalarning darajalarga bo‘lib chiqilishi, ularning musobaqalar ko‘pligi tavsifidagi tuzib chiqilishi
Download 0.78 Mb.
|
KURS ISHI Javlon
7. Yillik sikl tarkibida musobaqalarning darajalarga bo‘lib chiqilishi, ularning musobaqalar ko‘pligi tavsifidagi tuzib chiqilishi
Qilichbozlarning mashg‘ulotlari jarayonida turli xil darajada amalga oshiriluvchi musobaqalar butun tayyorgarlik tizimining zaruriy tarkibiy qismlari hisoblanadi va bu musobaqalardan amaliyotda butun yil davomida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birgalikda, musobaqalar natijalarining turli xil darajada ahamiyatga egaligini va sportchilarning harakatlari hamda ruhiy jihatlariga ta’sir darajasi o‘zaro farqianishini hisobga olgan holatda, musobaqalami ishtirokchilarning kasbiy mahorati (kvalifikatsiya) darajasi, musobaqalarning ommaviylik darajasi va yillik mashg‘ulotlar jarayonida tutgan o‘rni bo‘yicha guruhlarga ajratib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi, bu holat sportchilarda talab qilingan sport formasiga erishish va musobaqalardan keyin ruhiy jihatdan muvofiqlikda qayta tiklanishning optimallashtirilishi imkonini beradi. 8. Mashqlarning turli xilligi va ularning foydalanilishi ketma-ketligini tanlash sharoitida mashq qilishning ta’sir samarasini hisobga olish Qilichbozlarning mashg‘ulotlari alohida foydalaniluvchi vositalarning sportchilar organizmiga ta’sir effekti o‘zaro obyektiv tavsifda farqlanishi sharoitida mashg‘ulotlarni tuzib chiqishning ko‘p tarkibiy qismlarga egaligi bilan tavsiflanadi. Shu sababli, mashg‘ulotlar mashqlarini tanlab olish davomida bu mashqlarning mashq qiluvchilarda harakatlarga tegishli va ruhiy jihatlarga o‘zaro bog‘liqlikdagi ta’sirini hisobga olish talab qilinadi. Masalan, futbol va basketbolda mashg‘ulotlar boshlang‘ich bosqichida (chigil yozdi mashqlari vaqtida) ma’lum vaqt davomiyligida mashqlarning sezilarli miqdorda foydalanilishi sportchilar tomonidan oldinda turgan kurashlar davomida vaqt va makonni aniq baholay olish qobiliyatining susayishiga olib keladi va o‘z navbatida, bu holat mashg‘ulotlarning samaradorlik darajasini susaytiradi. Shu bilan birgalikda, janglarni amalga oshirish oldidan qurol bilan bajariluvchi ixtisoslashtirilgan mashqlar, yakka tartibdagi chigil yozdi saboqlari yaxshi samara berishi qayd qilinadi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling