Jismoniy tarbiya sport nazariyasi


Texnik usullar, jangovar harakatlar turlarining tarkibi va ularni o‘zlashtirish ketma-ketligi


Download 0.78 Mb.
bet12/15
Sana11.01.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1088748
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
KURS ISHI Javlon

2.2. Texnik usullar, jangovar harakatlar turlarining tarkibi va ularni o‘zlashtirish ketma-ketligi
Rapirani ushlash. Qilichbozlik va avvalambor, qurol tig‘i bilan manipulatsiya qilish qaysi qo‘l bilan amalga oshirilishi qulayligini aniqlash kerak, bu, shu qo‘l bilan qilichbozlikni o‘rganish uchun zarur. Ko‘pchilik odamlarda, bu o‘ng qo‘li hisoblanib, shu qo‘l bilan ko‘pchilik aniq harakatlar amalga oshiriladi.
Birinchi qurolning dastasi to‘g‘ri bo‘lishi kerak. U, asosan bashmaldoq va ko‘rsatkich barmoq bilan ushlanadi, qolgan barmoqlar esa, kaft tomoniga uni siqib ushlab turadi. To‘g‘ri dasta kaft ichida bashmaldoqning asosi bo‘ylab joylashtiriladi, posangi gayka esa, qurol tig‘ini yelka sohasi bo‘ylab, uning davomi sifatida siqib ushlab turadi (4-rasm). Qurol tig‘ini boshqarishda barcha barmoqlar ishtirok etadi. Ushbu holatda, uni har xil yo‘nalishlardagi mayda va aniq hisobga olingan harakatlari, jumladan, aylanma harakatlari qulay bo‘ladi.



4-rasm. To‘g‘ri dastali rapirani ushlash.
Rapirada jang olib borish uchun dastani kuchli siqish talab qilinmaydi, bu, qo‘l mushaklarini ortiqcha kuchlanishi va toliqishini oldini olish imkonini beradi. Mahkam ushlash, qurollar tig‘i birlashgan va kutilmagandagi to’qnashishlar paytidagina raqib quroli tig‘iga qarshi harakatni amalga oshirish uchun kuchaytiriladi.
Rapirachining bashmaldog‘i va garda o‘rtasidagi masofa nazorat qilinishi kerak. U uncha katta bo‘lmasligi, ya’ni bir santimert chegarasida bo‘lishi lozim. Bashmaldoq bilan gardani qattiq siqishga zarurat yo‘q, bu, mashqlarni bajarish yoki jang olib borish paytida yuzaga keladigan to‘qnashuvlar vaqtida jarohat olishni oldini oladi.
To‘g‘ri dastani “pistolet” dastaga almashtirish bo‘yicha qaromi murabbiy qabul qiladi, bunda u, kaftni va barmoqlami “pistolet”dagi bir nechta bo‘rtiqlar bilan kontakt qilishi hisobiga dasta bilan birlashish maydonini ortishini nazarda tutadi. Bu qurolning tig‘ini boshqarishni yengillashtiradi, asosiysi, uni harakatlantirish amplitudasini boshqarishni soddalashtiradi. Bunda, “pistolef”li dastani qo‘llashda qurol tig‘ini boshqarishga qo‘yiladigan talablar, to‘g‘ri dastali qurol bilan o‘zlashtirilgan ko‘nikmalardan amalda farq qilmaydi (5-rasm).




Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling