Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish


Download 258.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/16
Sana05.09.2023
Hajmi258.88 Kb.
#1673107
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
184-сон 01.03.2019. Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
JISMONIY TARBIYA VA SPORT SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIKNI RIVOJLANTIRISH
CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, davlat mulki bo‘lgan
bo‘sh turgan sport obyektlardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda sport inshootlarining
moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va trener kadrlarni rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish
maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining:
davlat mulki bo‘lgan bo‘sh turgan sport obyektlarini investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni
qabul qilish sharti bilan belgilangan tartibda xususiy investorlarga berish;
xususiy sherikning mulki negizida tashkil qilingan sport obyektlarining holatini yaxshilashga
ko‘maklashishni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport
sohasidagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarida davlat sherigi hisoblanadi;
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport
vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalariga ko‘ra tuziladi.
3. Quyidagilar:
Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi nizom 
1-ilovaga
muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklarining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy investorlarga beriladigan
foydalanilmayotgan va bo‘sh turgan sport inshootlari ro‘yxati 
2-ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin.
4. Quyidagilar davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida davlat mulki bo‘lgan bo‘sh turgan
sport obyektlaridan foydalanish va keyinchalik ularning faoliyatini rivojlantirish loyihalarini
moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
tashabbuskorlarning mablag‘lari;
Oldingi
 tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi
153-sonli 
qarori
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi uch oy muddatda:
jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlarni tuzish
bo‘yicha tanlovlarni o‘tkazish komissiyasini (keyingi o‘rinlarda tanlov komissiyalari deb ataladi)
shakllantirsin va ularga quyidagi vazifalar yuklansin:
jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ko‘rib chiqish,
ma’qullash, rad qilish yoki qayta ishlash haqida qarorlar qabul qilish;
davlat-xususiy sheriklik bitimi loyihasini, zarur hujjatlar to‘plamini ko‘rib chiqish uchun
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish
agentligiga (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) taqdim qilish;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasini Agentlik bilan
birgalikda keyinchalik tanlov komissiyasiga kiritish maqsadida baholash;
tanlov komissiyasi tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasi ma’qullanganidan so‘ng
barcha moliyaviy va iqtisodiy tavsiflari kiritilgan holda loyihani amalga oshirish haqida tegishli qaror


qabul qilsin;
belgilangan tartibda tanlov hujjatlarini ishlab chiqish, tanlovni tashkil etish va o‘tkazish
hamda uning yakunlari bo‘yicha xususiy sherik bilan tegishli davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim
tuzish choralarini ko‘rsin;
Agentlik bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik loyihasi, uni tayyorlash va amalga oshirish
hamda xususiy sheriklarni tanlash haqidagi ma’lumotning Agentlikning butunjahon Internet
axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida joylashtirilishini ta’minlasin.
6. Belgilab qo‘yilsinki, davlat-xususiy sheriklik shartlarida investorlarga topshirilgan
obyektlarda nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotining faoliyati tashkil etilgan kundan
boshlab, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlar amal qilishining muddatlari davomida uni
qayta ixtisoslashtirish taqiqlanadi.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
manfaatdor vazirlik va idoralar:
uch oy muddatda o‘zlariga tegishli bo‘sh turgan sport obyektlari, shuningdek, rekonstruksiya
qilinishi va mukammal ta’mirlanishi zarur bo‘lgan davlat jismoniy tarbiya va sport muassasalarining
foydalanilmayotgan bino va inshootlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ularning ro‘yxatini O‘zbekiston
Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga taqdim etsin;
har yili 1-martga qadar davlat-xususiy sheriklik shartlarida nodavlat jismoniy tarbiya va sport
tashkilotining binolarini qurish uchun ajratilishi mumkin bo‘lgan yer uchastkalarini hamda o‘zlariga
tegishli bo‘sh turgan sport obyektlari, shuningdek, rekonstruksiya qilinishi va mukammal
ta’mirlanishi zarur bo‘lgan davlat jismoniy tarbiya va sport muassasalarining foydalanilmayotgan
bino va inshootlarini aniqlab, ularning ro‘yxatlarini O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va
sport vazirligiga doimiy ravishda taqdim etib borilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat
qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotini tashkil
etish uchun yer uchastkasi ajratilishini, shuningdek, yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar
tomonidan taqdim etilgan tegishli ro‘yxatlarni umumlashtirgan holda, xususiy sheriklarga davlat-
xususiy sheriklik shartlari asosida beriladigan yer uchastkalari va sport obyektlarining yagona
ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflarni kiritib borsin.
9. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga ommaviy
axborot vositalarida mazkur qarorning mazmuni va ahamiyati keng yoritilishini hamda aholiga
yetkazilishini tashkil etish tavsiya etilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
o‘rinbosari A.A. Abduxakimov hamda O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X.
Nabiyev zimmasiga yuklansin.

Download 258.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling