Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish
-bob. Davlat jismoniy tarbiya va sport muassasalarining foydalanilmaydigan binolarini
Download 258.88 Kb. Pdf ko'rish
|
184-сон 01.03.2019. Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
9-bob. Davlat jismoniy tarbiya va sport muassasalarining foydalanilmaydigan binolarini
(korpuslarini) uzoq muddat bepul foydalanish uchun xususiy sheriklarga o‘tkazish tartibi 62. Davlat sherigi 30 yil muddatga bitim tuzilgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida bitimni O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat raqobat qo‘mitasining viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari huzuridagi Davlat mulkini ijaraga berish markaziga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun, shuningdek, obyektni balansida saqlovchiga yuboradi. 63. Tuzilgan bitim shartlariga muvofiq balansda saqlovchi o‘n kun muddat ichida xususiy sherikka obyektni taqdim etadi, xususiy sherik esa bitimning amal qilish muddati tugashi bilan yoki bitim muddatidan oldin bekor qilinsa, balansda saqlovchiga obyektni bitim shartlariga mos holda qaytarishi shart. 64. Obyekt xususiy sherikka beriladi va ushbu sherik tomonidan obyektning barcha buyumlari unga taalluqli bo‘lgan texnik hujjatlar bilan birga qaytariladi. 65. Obyekt tomonlarning vakolatli vakillari ishtirokida ikki tomonlama o‘tkazish to‘g‘risida hujjat tuzilgan holda o‘tkaziladi va qaytariladi. Mazkur hujjatda quyidagilar ko‘rsatiladi: hujjat tuzilgan joy va sana; bitim rekvizitlari (tuzilgan sana, raqam); davlat mulkining texnik holati. O‘tkazish to‘g‘risidagi hujjatni tomonlarning vakolatli vakillari imzolaydi va tomonlarning muhrlari bilan tasdiqlanadi. 66. Balansda saqlovchi va xususiy sherik o‘rtasida o‘tkazish to‘g‘risidagi hujjat imzolangach, bir hafta muddatda kommunal va ekspluatatsiya xizmatlarini yetkazib beruvchilar tomonidan belgilangan tariflar hisobga olingan holda, kommunal va ekspluatatsiya xizmatlari bo‘yicha to‘lovlar miqdorini, ularni kiritish tartibi va muddatlarini tartibga soluvchi bitim tuziladi. Elektr energiyani, suv va gazni hisobga oluvchi zarur uskunalar balansda saqlovchi yoki xususiy sherik tomonidan bitim shartlariga muvofiq o‘rnatiladi. 67. Davlat sherigi loyihani amalga oshirishda: xususiy sherikning mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, unga imtiyozli kreditlar olishda ko‘maklashishi; barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiya, gaz ta’minoti, suv ta’minoti, kanalizatsiya, avtomobil yo‘llari va boshqalar) bilan ta’minlashda ko‘maklashishi; zarurat bo‘lsa, jismoniy tarbiya va sport sohasida uslubiy va maslahat yordamini ko‘rsatishi shart. 68. Xususiy sherik loyihani amalga oshirishda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport yo‘nalishida faoliyat yurituvchi guruhlar, bolalar uchun to‘garaklar va boshqa jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini tashkil etadi. 69. Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik zimmasiga qo‘shimcha ravishda quyidagilar yuklanadi: davlat jismoniy tarbiya va sport muassasalarining foydalanilmaydigan bino (inshoot)larini qayta qurish, hududni obodonlashtirish, davlat jismoniy tarbiya va sport muassasasining binosini joriy ta’mirlash va muhandislik kommunikatsiyalarini tegishli holatda saqlash yuzasidan choralar ko‘rish, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini ko‘rsatish uchun foydalanilmaydigan bino (inshoot)larni bitimda ko‘rsatilgan muddatlarda foydalanishga topshirish; ijtimoiy ko‘makka muhtoj shaxslar uchun imtiyozli yoki bepul jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini tashkil etish; jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘larni davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutiladigan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda foydalanilmaydigan bino va yer uchastkalari egalarining maxsus hisob raqamlariga ushbu Nizomning 23-bandiga muvofiq o‘tkazish. Oldingi tahrirga qarang. Download 258.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling