Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV


Download 258.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/16
Sana05.09.2023
Hajmi258.88 Kb.
#1673107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
184-сон 01.03.2019. Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 1-mart,
184-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-
martdagi 184-son 
qaroriga
1-ILOVA
Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish
tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:


davlat-xususiy sheriklik — xususiy investitsiyalarni jalb qilish, resurslarni birlashtirish va xavf-
xatarlarni taqsimlash maqsadida davlat sherigi va xususiy sherikning aniq muddatga yuridik
rasmiylashtirilgan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi o‘zaro samarali hamkorligi;
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim (keyingi o‘rinlarda bitim deb ataladi) — tomonlarning
huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga
oshirishning boshqa shartlarini belgilab beradigan davlat sherigi va xususiy sherik o‘rtasida
tuzilgan yozma shartnoma;
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim obyekti (keyingi o‘rinlarda obyekt deb ataladi) —
bitim bo‘yicha jismoniy tarbiya va sport muassasalarini tashkil etish maqsadida foydalanish
mumkin bo‘lgan yer uchastkalari, bo‘sh turgan binolar, shu jumladan ishlamaydigan, to‘liq yoki
qisman foydalanilmaydigan davlat jismoniy tarbiya va sport muassasalari hamda boshqa obyektlar;
davlat-xususiy sheriklik loyihasi — davlat, ijtimoiy, iqtisodiy va ilmiy-texnik ahamiyatga ega
bo‘lgan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi muhim investitsiyaviy, innovatsion, infratuzilmaviy va
boshqa tadbirlar majmui;
balansda saqlovchi — davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy sherikka beriladigan
jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari, yer maydonlari va boshqa mulk egasi —
davlat tashkiloti;
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar — kam ta’minlangan oilalar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar
a’zolari, yetim bolalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va pensionerlar;
konsessiya (konsession bitim) — muayyan muddatga tuzilgan bitim bo‘lib, unga ko‘ra davlat
konsessionerga qurilish ishlarini amalga oshirish uchun yer uchastkalariga, shuningdek, jismoniy
tarbiya va sport muassasasini qayta qurish va jihozlash uchun binolarga egalik qilish (tasarruf etish
huquqisiz) va ulardan foydalanish huquqini beradi, konsession faoliyat natijasida konsessionyer ega
bo‘lgan mahsulot va daromadlar konsession bitimda belgilangan hajmda va shartlarda uning
mulki hisoblanadi;
otaliq — otaliqqa olingan jismoniy tarbiya va sport muassasasiga jismoniy yoki yuridik shaxs
(otaliq) tomonidan iqtisodiy, moliyaviy, madaniy, ta’lim yoki tizimli beg‘araz yordam ko‘rsatish
bo‘yicha boshqa faoliyat.
xususiy sherik — bitim tuzgan yoki bitim tuzish istagini bildirgan yuridik yoxud jismoniy shaxs.
Davlat tashkilotlari xususiy sheriklar bo‘la olmaydi, shuningdek, xususiy sheriklar sifatida ishtirok eta
olmaydi;
filantropik faoliyat — jismoniy va yuridik shaxslarning fuqarolarga yoki yuridik shaxslarga mol-
mulkni, shu jumladan pul mablag‘larini beg‘araz o‘tkazish, bepul ishlarni bajarish, xizmatlar
ko‘rsatish, boshqa turda ko‘maklashish bo‘yicha ixtiyoriy faoliyati;
davlat sherigi — O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi.
3. Davlat-xususiy sheriklik quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi axborotning ochiqligi va qulayligi, davlat sirini va qonun
bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil qiladigan ma’lumotlar bundan mustasno;
kamsitishning yo‘qligi, bitim tomonlarining teng huquqliligi;
tomonlarning bitim bo‘yicha majburiyatlarni vijdonan bajarishi;
xavf-xatarlar va majburiyatlarning bitim tomonlari o‘rtasida adolatli taqsimlanishi;
davlat-xususiy sheriklik tomonlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning shartnomada kelishib
olinishi.
4. Davlat-xususiy sheriklik quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari binolarini qurish va ulardan foydalanish uchun
yer uchastkalarini ijara huquqi asosida taqdim etish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi
375-sonli 
qarori
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)


davlat jismoniy tarbiya va sport muassasalarining foydalanilmaydigan binolari yoki
korpuslarini uzoq muddat bepul foydalanish uchun xususiy sheriklarga o‘tkazish;
mavjud davlat jismoniy tarbiya va sport muassasalarini qayta qurish va jihozlash;
Oldingi
 tahrirga qarang.
keyinchalik otaliqqa olish sharti bilan nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari
obyektlarini qurishga yer uchastkalarini ijara huquqi asosida taqdim etish;
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi
375-sonli 
qarori
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
konsessiya asosida qurish, qayta qurish va jihozlash uchun ijaraga yer uchastkasi yoki bino
ajratish;
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi
375-sonli 
qarori
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
xususiy sherikning mulki negizida tashkil etilgan nodavlat jismoniy tarbiya va sport
tashkilotlarini moddiy-texnik va moliyaviy jihatdan ta’minlash;
otaliq shaklidagi filantropik faoliyat.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
huzurida hududlardagi foydalanilmayotgan va bo‘sh turgan sport obyektlarini (yer maydonlarini)
aniqlash bo‘yicha tanlov komissiyalari (keyingi o‘rinlarda hududiy tanlov komissiyalari deb ataladi)
tuziladi.
Hududiy tanlov komissiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
viloyatlar, Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, moliya, soliq, O‘zbekiston
Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmalari hamda tegishlicha
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar vakillaridan iborat tarkibda
shakllantiriladi.
Hududiy tanlov komissiyalari toq sonli a’zolardan iborat bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimi o‘rinbosarlari tegishli hududdagi hududiy tanlov komissiyasining raisi hisoblanadi.
Hududiy tanlov komissiyasi ishining reglamenti mazkur komissiya raisi tomonidan
tasdiqlanadi.
6. Hududiy tanlov komissiyalari:
hududlarda foydalanilmayotgan va bo‘sh turgan sport obyektlarini (yer maydonlarni)
aniqlaydi;
davlat-xususiy sheriklik shartlari bo‘yicha investorlarga berilishi taklif etilayotgan obyektlar
ro‘yxatini tuzadi;
ro‘yxatning har yili kelgusi yilning 10-fevraliga qadar yangilab borilishini ta’minlaydi;
ro‘yxatga kiritilgan obyektlar haqidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy
tarbiya va sport vazirligiga taqdim etadi hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi;
mazkur Nizomda belgilangan tartibda tanlovlarni tashkil etadi va o‘tkazadi.
7. Davlat-xususiy sheriklik loyihasining davlat sherigi yoki xususiy sherik tomonidan taklif
etilishi jismoniy tarbiya va sport sohasida bitim tuzish uchun asos hisoblanadi.
8. Ushbu Nizomga muvofiq nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarini tashkil etish
uchun xususiy sheriklarga yer uchastkalarini taqdim etishda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarida belgilangan yuridik va
jismoniy shaxslarga yer uchastkalarini taqdim etish tartibi tatbiq etilmaydi.

Download 258.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling