Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish
-bob. Davlat-xususiy sheriklikni otaliq shaklidagi filantropik faoliyat tarzida amalga oshirish
Download 258.88 Kb. Pdf ko'rish
|
184-сон 01.03.2019. Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
14-bob. Davlat-xususiy sheriklikni otaliq shaklidagi filantropik faoliyat tarzida amalga oshirish
102. Davlat-xususiy sheriklik loyihasi otaliq shaklidagi filantropik faoliyat tarzida xususiy sherikning tashabbusi bilan tanlov o‘tkazilmay va taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganish asosida ular bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. 103. Davlat-xususiy sheriklik loyihasi otaliq shaklidagi filantropik faoliyat tarzida yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy beg‘araz yordami (faoliyati) orqali amalga oshiriladi. Bu ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va xayriya maqsadida boshqacha shaklda ko‘maklashish uchun mol- mulkni, shu jumladan pul mablag‘larini davlat jismoniy tarbiya va sport muassasalariga beg‘araz yoki imtiyozli shartlarda o‘tkazishda ifodalanadi. 104. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini otaliq shaklidagi filantropik faoliyat tarzida amalga oshirish uchun xususiy sherik davlat sherigiga quyidagi hujjatlar ilova qilingan arizani taqdim etadi: Oldingi tahrirga qarang. yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani haqidagi guvohnomaning ko‘chirma nusxasi, tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma bundan mustasno (agar ariza jismoniy shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa); (104-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27- dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198- son) o‘tkazib berilayotgan mulk va pul mablag‘lari to‘g‘risida ma’lumotlar; ishlar va xizmatlarni imtiyozli asosda taqdim etish shartlari; xususiy sherikning moliyaviy resurslari to‘g‘risida ma’lumotlar. 105. Xususiy sherikning loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi arizasi davlat sherigi tomonidan ariza kelib tushgan kundan boshlab 10 kun ichida ko‘rib chiqiladi va tegishli hudud aholisining ehtiyojlaridan kelib chiqib, loyihani amalga oshirish to‘g‘risida 1 yil muddatga bitim tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. 106. Xususiy sherik loyihani amalga oshirishda: o‘z xodimlarining farzandlarini otaliqqa olgan davlat jismoniy tarbiya va sport muassasasida shug‘ullanishlari uchun ustuvorlikka ega bo‘lish; otaliqqa olgan davlat jismoniy tarbiya va sport muassasasi ish rejimining o‘zgarishini kelishish; o‘z homiylik xayriyalaridan foydalanish maqsadi va tartibini belgilab olish; taqdim etilayotgan mablag‘lar va mol-mulkdan maqsadli foydalanish to‘g‘risida hisobot talab qilish huquqiga ega. 107. Xususiy sherik loyihani amalga oshirishda: bitimda belgilangan hajmlarda va muddatlarda homiylik yordamini ko‘rsatishi; otaliqqa olingan davlat jismoniy tarbiya va sport muassasasiga jismoniy tarbiya hamda sport xizmatlarini rivojlantirish va ularning sifatini oshirishdan boshqa maqsadlarda yordam ko‘rsatmasligi shart. 108. Davlat sherigi loyihani amalga oshirishda: olingan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini ta’minlashi; olingan homiylik xayriyalari hisobini yuritishi; homiylik xayriyalari olingan kundan boshlab o‘n kun ichida ular to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, agar Internet axborot tarmog‘ida o‘z rasmiy veb-saytlari mavjud bo‘lsa, mazkur veb-saytlarda axborot berishi; Oldingi tahrirga qarang. qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanish uchun xususiy sherikka tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etishi shart. (108-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4- apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266- son) Download 258.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling