Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish
-bob. Xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan nodavlat jismoniy tarbiya va sport
Download 258.88 Kb. Pdf ko'rish
|
184-сон 01.03.2019. Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
13-bob. Xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan nodavlat jismoniy tarbiya va sport
tashkilotlarini moddiy ta’minlash shaklida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish 96. Xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarini moddiy ta’minlash shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasi xususiy sherik tashabbusi bilan tanlov o‘tkazilmay va taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganish asosida ular bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. 97. Davlat-xususiy sheriklikni mazkur shaklda amalga oshirish uchun xususiy sherik davlat sherigiga quyidagi hujjatlar ilova qilingan arizani taqdim etadi: Oldingi tahrirga qarang. (97-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27- dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son) yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida guvohnoma; binolarga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida guvohnoma; jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarining pasportlari; yong‘in nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga mosligi haqidagi xulosasi; Oldingi tahrirga qarang. sanitariya-epidemiologiya xizmatining mavjud binolar va xonalarning sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga mosligi haqidagi xulosasi; (97-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19- noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075- son) xususiy sherik trener xodimlarining tegishli ma’lumoti va ruxsatnomalari borligini tasdiqlovchi hujjatlar. 98. Xususiy sherikning loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi arizasi davlat sherigi tomonidan ariza kelib tushgan kundan boshlab 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, davlat sherigi va xususiy sherik o‘rtasida yetti kun ichida bitim tuziladi. 99. Bitim xususiy sherik zarur hujjatlarni olgan kundan boshlab kuchga kiradi. 100. Davlat sherigi loyihani amalga oshirishda: xususiy sherikning mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, unga imtiyozli kreditlar olishda ko‘maklashishi; barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiya, gaz ta’minoti, suv ta’minoti, kanalizatsiya, avtomobil yo‘llari va boshqalar) bilan ta’minlashda ko‘maklashishi; zarurat bo‘lsa, jismoniy tarbiya va sport sohasida uslubiy va maslahat yordamini ko‘rsatishi shart; Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport yo‘nalishida faoliyat yurituvchi guruhlar, bolalar uchun to‘garaklar va boshqa jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini tashkil etadi. 101. Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik zimmasiga qo‘shimcha ravishda quyidagi majburiyatlar yuklanadi: ijtimoiy ko‘makka muhtoj shaxslar uchun imtiyozli yoki bepul jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini tashkil etish; jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport bo‘yicha pulli xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘larni davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutiladigan tartibda balansda saqlovchining maxsus hisob raqamlariga ushbu Nizomning 23-bandiga muvofiq o‘tkazish. Download 258.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling