Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish


-bob. Mavjud davlat jismoniy tarbiya va sport muassasalarini qayta qurish va jihozlash


Download 258.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/16
Sana05.09.2023
Hajmi258.88 Kb.
#1673107
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
184-сон 01.03.2019. Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

11-bob. Mavjud davlat jismoniy tarbiya va sport muassasalarini qayta qurish va jihozlash
hamda keyinchalik otaliqqa olish sharti bilan nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari
obyektlarini qurishga yer uchastkalarini ijara huquqi asosida taqdim etish tartibi
(11-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
80. Xususiy sherik bilan aholi punktidagi yer uchastkasini taqdim etish hamda mazkur yer
uchastkasida nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotini qurish, qayta qurishga muhtoj bo‘lgan
biriktirilgan davlat jismoniy tarbiya va sport muassasasini qayta qurish va jihozlash, shuningdek, uni
keyinchalik otaliqqa olish sharti nazarda tutilgan bitim tuziladi.
1
1


81. Xususiy sherikka 20 yil va undan ortiq davr mobaynida qayta qurish va kapital ta’mirlash
bo‘yicha kompleks ishlar olib borilmagan va kapital ta’mirga muhtoj bo‘lgan hamda yer uchastkasi
ajratilayotgan tumanda joylashgan davlat jismoniy tarbiya va sport muassasasi biriktiriladi.
82. Bitim tuzilgach, davlat sherigi bir kun muddatda xususiy sherik — tanlov g‘olibining
arizasini yer uchastkasini bitimda ko‘rsatilgan shartlarda taqdim etish yuzasidan qaror qabul qilish
uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyat va Toshkent shahar yoki tuman
(shahar) hokimligiga yuboradi.
83. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar yoki tuman
(shahar) hokimligi xususiy sherikning arizasini va tanlov komissiyasining qarorini obyekt qurilishiga
yer uchastkasini taqdim etishga doir materiallarni tayyorlash uchun O‘zbekiston Respublikasi
Qurilish vazirligining hududiy organiga yuboradi.
84. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy organi yigirma kun ichida yer
uchastkasini taqdim etishga doir materiallarni tayyorlaydi va vakolatli organlar (tashkilotlar) bilan
kelishib oladi hamda xulosani Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyat va
Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
85. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman
(shahar) hokimligi uch kun ichida nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarini tashkil etish
maqsadida yer uchastkasini davlat sherigiga doimiy foydalanish uchun taqdim etish to‘g‘risida
qaror qabul qiladi.
(85-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli 
qarori
 tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
85 . Davlat tomonidan sherik unga yer uchastkasi ajratilgan kundan boshlab bir kun ichida
yer uchastkasini davlat-xususiy sheriklik bitimi doirasida xususiy sherikka ijaraga berish bo‘yicha
ijara shartnomasi imzolanishini ta’minlaydi.
(85 -band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli 
qaroriga
asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(86-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli 
qaroriga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
87. Yer uchastkasini taqdim etishga doir materiallarni tayyorlash va kelishish bilan bog‘liq
xarajatlar xususiy sherik bilan bitim tuzilgandan keyin xususiy sherik tomonidan qoplanadi.
88. Davlat sherigi loyihani amalga oshirishda:
xususiy sherikning mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, unga imtiyozli kreditlar olishda ko‘maklashishi;
barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiya, gaz
ta’minoti, suv ta’minoti, kanalizatsiya, avtomobil yo‘llari va boshqalar) bilan ta’minlashda
ko‘maklashishi;
zarurat bo‘lsa, jismoniy tarbiya va sport sohasida uslubiy va maslahat yordamini ko‘rsatishi
shart.
89. Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik zimmasiga qo‘shimcha ravishda quyidagilar
yuklanadi:
tutash hududni qayta qurish va jihozlash, obodonlashtirish hamda biriktirilgan davlat
jismoniy tarbiya va sport muassasasini bitimda ko‘rsatilgan muddatlarda foydalanishga topshirish
bo‘yicha choralar ko‘rish;
o‘ziga ajratilgan yer uchastkasida nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkiloti qurilishini va
bitimda ko‘rsatilgan muddatlarda foydalanishga topshirilishini ta’minlash;
biriktirilgan jismoniy tarbiya va sport muassasasini otaliqqa olish, jumladan, uni bitim amal
qiladigan muddatda, biroq 30 yildan kam bo‘lmagan davrda jihozlar, uskunalar, sport anjomlari va
jihozlari, o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlash.
90. Ajratilgan yer uchastkasida tashkil etilgan nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotiga
davlat-xususiy sheriklikning boshqa shakllari asosida tashkil etilgan jismoniy tarbiya va sport
1
1


muassasalari uchun belgilangan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.

Download 258.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling