Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish
-bob. Ishlab turgan davlat jismoniy tarbiya va sport muassasalari hududidagi yer
Download 258.88 Kb. Pdf ko'rish
|
184-сон 01.03.2019. Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
10-bob. Ishlab turgan davlat jismoniy tarbiya va sport muassasalari hududidagi yer
uchastkalarini ijaraga berish tartibi (10-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son) 70. Nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarini tashkil etish va nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilot binolarini qurish uchun yetarli hajmda ortiqcha maydonga ega bo‘lgan va ishlab turgan davlat jismoniy tarbiya va sport muassasalari hududidagi yer uchastkalari taqdim etiladi. 71. Davlat sherigi 30 yil muddatga bitim tuzilgan sanadan boshlab bir kun ichida xususiy sherik — tanlov g‘olibining arizasini bitimda ko‘rsatilgan shartlarda yer uchastkasini taqdim etish bo‘yicha qaror qabul qilish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyat va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimligiga yuboradi. 72. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimligi obyektni qurish bo‘yicha yer uchastkasi taqdim etishga doir materiallarni tayyorlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy organiga xususiy sherik arizasini va tanlov komissiyasi qarorini yuboradi. 73. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy organi yigirma ish kuni ichida yer uchastkasini taqdim etishga doir materiallarni tayyorlaydi va vakolatli organlar (tashkilotlar) bilan kelishadi hamda xulosani Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimligiga yuboradi. Oldingi tahrirga qarang. 74. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklari uch kun ichida nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarini tashkil etish maqsadida yer uchastkasini davlat tomonidan sherikka doimiy foydalanish uchun taqdim etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. (74-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son) Oldingi tahrirga qarang. 74 . Davlat sherigi unga yer uchastkasi ajratilgan kundan boshlab bir kun ichida yer uchastkasini davlat-xususiy sheriklik bitimi doirasida xususiy sherikka ijaraga berish bo‘yicha bitimga qo‘shimcha kiritilishini ta’minlaydi. (74 -band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son) Oldingi tahrirga qarang. (75-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son) 76. Yer uchastkasini taqdim etishga doir materiallarni tayyorlash va kelishish bilan bog‘liq xarajatlar xususiy sherik bilan bitim tuzilgandan keyin xususiy sherik tomonidan qoplanadi. 77. Davlat sherigi loyihani amalga oshirishda: xususiy sherikning mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, unga imtiyozli kreditlar olishda ko‘maklashishi; barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiya, gaz ta’minoti, suv ta’minoti, kanalizatsiya, avtomobil yo‘llari va boshqalar) bilan ta’minlashda ko‘maklashishi; zarurat bo‘lsa, jismoniy tarbiya va sport sohasida uslubiy va maslahat yordamini ko‘rsatishi shart. 78. Xususiy sherik loyihani amalga oshirishda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport yo‘nalishida faoliyat yurituvchi guruhlar, bolalar uchun to‘garaklar va boshqa jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini tashkil etadi. 79. Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik zimmasiga qo‘shimcha ravishda quyidagilar yuklanadi: nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarini qurish va jihozlash, tutash hududni obodonlashtirish, ishlab turgan davlat jismoniy tarbiya va sport muassasasi hamda nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkiloti o‘rtasida to‘siq qurish, nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotini bitimda ko‘rsatilgan muddatlarda foydalanishga topshirish; ijtimoiy ko‘makka muhtoj shaxslar uchun imtiyozli yoki bepul jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini tashkil etish; jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘larni davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutiladigan tartibda balansda saqlovchi maxsus hisob raqamlariga ushbu Nizomning 23-bandiga muvofiq o‘tkazish. Oldingi tahrirga qarang. Download 258.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling