Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish


-bob. Davlat mulki bo‘lgan bo‘sh turgan obyektlarni xatlovdan o‘tkazish tartibi


Download 258.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/16
Sana05.09.2023
Hajmi258.88 Kb.
#1673107
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
184-сон 01.03.2019. Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

8-bob. Davlat mulki bo‘lgan bo‘sh turgan obyektlarni xatlovdan o‘tkazish tartibi
53. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining topshirig‘iga binoan
uning hududiy organi axborot olgan vaqtdan boshlab uch kun ichida davlat mulki bo‘lgan bo‘sh
turgan obyektni, shu jumladan faoliyat ko‘rsatmaydigan davlat jismoniy tarbiya va sport
muassasalarining binolarini balansda saqlovchiga (keyingi o‘rinlarda balansda saqlovchi deb
ataladi) mulkni Buxgalteriya hisobi milliy standartlariga muvofiq xatlovdan o‘tkazish to‘g‘risidagi
yozma talabni yuboradi.
54. Balansda saqlovchi o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda xatlov o‘tkazadi va
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organiga:
xatlov komissiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi buyruqning ko‘chirma nusxasini;
xatlov komissiyasi majlislarining bayonnomalarini;
xatlov komissiyasi a’zolari va rahbari tomonidan imzolangan mulkni xatlovdan o‘tkazish
hujjatlarini;
kadastr hujjatlari, shu jumladan kadastr xaritasi (rejasi) va huquqni belgilovchi boshqa
hujjatlarni (agar mavjud bo‘lsa);
yer uchastkasiga, yer osti boyliklariga va boshqa tabiiy resurslarga bo‘lgan huquqni
tasdiqlovchi hujjatlarni;
1
1


balansda saqlovchining jamiyat ro‘yxatdan o‘tkazilgan joy bo‘yicha soliq organi tomonidan
tasdiqlangan balansini;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tasdiqlangan
shakl bo‘yicha davlat aktivlari bo‘lgan obyektlarning pasporti va fotosuratlarini (kamida to‘rtta) ilova
qilgan holda taqdim etadi.
55. Xatlov balansda saqlovchi tomonidan oraliq balans tuzilgan sanada o‘tkaziladi, bunda
balansning har bir qatori tegishli xatlov ro‘yxatlari bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
56. Balansda saqlovchi va xususiy sherik o‘rtasida xatlov hujjati tuzilgach, obyektni qabul
qilish-o‘tkazish hujjati uning balans qiymati ko‘rsatilgan holda imzolanadi.
57. Obyektni qabul qilish-o‘tkazish hujjati imzolangach, besh ish kuni ichida O‘zbekiston
Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organi xususiy sherikka “tasarruf
etish huquqisiz” belgisi bilan egalik qilish huquqi uchun davlat orderini beradi.
58. Bitimning amal qilish muddati tugashi bilan xususiy sherik o‘z majburiyatlarini va bitim
shartlarini bajargan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining
hududiy organi davlat sherigi tomonidan taqdim etilgan axborot bo‘yicha xususiy sherikning egalik
qilish huquqi uchun davlat orderining asl nusxasi taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kunidan
oshmaydigan muddatda qabul qiluvchi komissiyaning hujjati, shuningdek, audit xulosasi asosida
“tasarruf etish huquqi bilan” belgisini qo‘yadi.
59. Davlat sherigi loyihani amalga oshirishda:
xususiy sherikning mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, unga imtiyozli kreditlar olishda ko‘maklashishi;
barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiya, gaz
ta’minoti, suv ta’minoti, kanalizatsiya, avtomobil yo‘llari va boshqalar) bilan ta’minlashda
ko‘maklashishi;
zarurat bo‘lsa, jismoniy tarbiya va sport sohasida uslubiy va maslahat yordamini berishi shart.
60. Xususiy sherik loyihani amalga oshirishda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport
yo‘nalishida faoliyat yurituvchi guruhlar, bolalar uchun to‘garaklar va boshqa jismoniy tarbiya va
sport xizmatlari tashkil etadi.
61. Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik zimmasiga qo‘shimcha ravishda quyidagilar
yuklanadi:
tutash hududni qayta qurish va jihozlash, obod qilish hamda jismoniy tarbiya va sport
tashkilotlarini bitimda ko‘rsatilgan muddatlarda foydalanishga topshirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
ijtimoiy ko‘makka muhtoj shaxslar uchun imtiyozli yoki bepul jismoniy tarbiya va sport
xizmatlarini tashkil etish;
jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan
mablag‘larni davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutiladigan tartibda O‘zbekiston
Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda foydalanilmaydigan bino va yer uchastkalari
egalarining maxsus hisob raqamlariga ushbu Nizomning
 23-bandiga 
muvofiq o‘tkazish.

Download 258.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling