Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish
-bob. Davlat sherigi tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasini taklif qilish va tanlovni
Download 258.88 Kb. Pdf ko'rish
|
184-сон 01.03.2019. Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
4-bob. Davlat sherigi tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasini taklif qilish va tanlovni
o‘tkazish tartibi 19. Davlat sherigi tegishli hudud aholisining ehtiyojlaridan kelib chiqib, shu jumladan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan takliflarni o‘rganish natijalari asosida va ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq tanlovni e’lon qilish orqali davlat-xususiy sheriklikning loyihasini amalga oshirishni taklif qilishi mumkin. 20. Davlat sherigi tanlov boshlanishidan 30 kun oldin tanlov savdolari o‘tkazilishi haqidagi e’lonni o‘zining butunjahon Internet axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida hamda boshqa ommaviy axborot vositalari orqali tarqatadi. 21. Tanlov haqidagi e’londa quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: davlat sherigining nomi, telefon raqami, pochta, shu jumladan elektron pochta manzili; obyekt nomi, joylashgan manzili, soni, tavsifi; davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish shartlari; davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish shakllariga qarab talab etiladigan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarning eng kichik hajmi; tanlov o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy; tanlov takliflari qabul qilinadigan oxirgi muddat (kuni va soati ko‘rsatilgan holda). 22. Tanlovda ishtirok etish uchun xususiy sherik tanlov komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: Oldingi tahrirga qarang. ariza va yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tkazilgan to‘g‘risidagi guvohnoma (tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma bundan mustasno) yoki pasportning ko‘chirma nusxasi (agar ariza jismoniy shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa); (22-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27- dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198- son) tanlovda ishtirok etish uchun ariza taqdim etiladigan kundan kamida bir oy oldin soliqlar, yig‘imlar, boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik hamda boshqa moliyaviy sanksiyalar yo‘qligi to‘g‘risida ariza; jismoniy tarbiya va sport muassasasi binosini qurish (qayta qurish) yuzasidan tegishli taklif; jismoniy tarbiya va sport muassasasi binosini qurish uchun dastlabki texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar. Qayta tashkil etilayotgan, tugatilayotgan yoki bankrot bo‘layotgan, mol-mulki xatlangan da’vogarlarning tanlovda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 23. Tanlov bo‘yicha taklifi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun eng maqbul deb topilgan ishtirokchi tanlov g‘olibi deb e’tirof etiladi. Shuningdek, tanlov yakunlari bo‘yicha takliflarining parametrlari tanlov shartlariga mos keladigan, biroq tanlov hujjatlariga muvofiq g‘olib tomonidan taklif etilgan parametrlar darajasidan past bo‘lgan zaxiradagi g‘olib aniqlab olinadi. Tanlov g‘olibi davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni ushbu Nizomning 27-bandida nazarda tutilgan muddatlarda imzolashni rad etsa yoki imzolashdan bo‘yin tovlasa, zaxiradagi g‘olib bilan tegishli bitim tuzilishi mumkin. 24. Faqat bir ishtirokchidan ariza kelib tushgan taqdirda tanlov o‘tkazilmaydi, tegishli qaror esa tanlov komissiyasi tomonidan ishtirokchi arizasini va unga ilova qilingan hujjatlarni tanlov e’lon qilingan vaqtdan boshlab o‘ttiz kunlik muddat tugagandan keyin 5 ish kuni ichida o‘rganish yakunlari bo‘yicha qabul qilinadi. Tanlov komissiyasi xususiy sherik takliflarining tanlov talablariga muvofiqligidan kelib chiqib, ijobiy yoki salbiy qaror qabul qiladi. 25. Davlat sherigi tanlov komissiyasining tanlov yakunlari bo‘yicha qarori qabul qilingan kunda butunjahon Internet axborot tarmog‘idagi o‘z rasmiy veb-saytiga yoki boshqa ommaviy axborot vositalariga ma’lumot joylashtirish orqali tanlov natijalari haqida tanlov ishtirokchilarini xabardor qilishi shart. 26. Tanlov ishtirokchisi qabul qilingan qarorga rozi bo‘lmasa, qaror yuzasidan sudga shikoyat qilish huquqiga ega. Download 258.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling