Jizzax davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Download 300.05 Kb.
bet3/43
Sana15.02.2023
Hajmi300.05 Kb.
#1200754
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
ЖМ Миллий қадрият мажмуа 3-kurs, 2023-yil

Ommaviy bayramlar - an’analar, odatlar, marosimlar, bayramlar (xalq namoyishi, tantanali bayramlar, kechalar, teatrlashtirilgan tomoshalar, xalq o‘yinlari, musobaqalar).
Zamonaviy bayramlar - yangi yil bayrami, tabiatsevarlar bayrami, gul va qush bayrami, Mexrjon va h.k.
Mexnat bayramlari - Navro‘z bayrami, qishloq xo‘jalik xodimlarining mehnat (xosil) bayrami, urug‘ qadash (sepish) va birinchi gul (boychechak) bayrami, xosil bayrami, sanoat ishchilari mehnat bayrami.
Madaniyat bayramlari — ma’rifat bayrami, san’at bayrami, folklor bayrami, kinochilar bayrami, badiiy sport bayrami, xalqaro do‘stlik bayrami.
Oilaviy-xususiy bayramlar - tug‘ilgan kunlar va muchal yoshi, beshik to‘yi, birinchi qadam (yurish) bayrami, sunnat tuyi, maktab yoshiga yetish bayrami. nikox tuyi, kumush, oltin va olmos tuylar, faxriylikka kuzatish.
Ijtmoiy-siyosiy bayramlar — Mustakillik kuni, Xotii-kizlar kuni, Talabalar kuni, Xotira kuni, O‘kituvchilar kuni, Jismoniy madaniyatchilar kuni, Yoshlar kuni, Nogironlar kuni va boshkalar.
Diniy bayramlar - Ro‘za (ramazon) xayiti, Qurbon xayiti.
Yukorida nomlari qayd etilgan bayramlar, marosimlar, urf-odatlarni xalqimizning zamonaviy milliy an’analariga aylanib ketgan eng muhim yirik tadbirlari, anjumanlari desa bo‘ladi. Tabiyki, deyarli barcha tadbirlarning o‘ziga xos xususiyatlari va maqsadlari bor. Ularning mazmunida ijtimoiy-tarbiyaviy va ommaviy sog‘lomlashtirishga oid pedagogik jarayonlar mujassamlashib ketganlngini kurish mumkii. Yana shuii xam ta’kidlash joizki, jismoniy ta’lim soxasida D.J.Sharipova, A,K.Atoev, R.Abdumalikov, T.S.Usmonxujaev, F.Xodjaev, X.Meliev, R.Abdurasulov, X.Rafiev, F.Q.Axmedov va boshqalarning ilmiy ishlari, monografiya, metodik qo‘llanmalari xamda ilmiy maqolalarida O‘zbekistonda yashovchi xalqlarning milliy urf-odatlari, turli an’anaviy bayramlarida qo‘llaniladigan xalq milliy o‘yinlarining ijtimoiy-pedagogik mohiyati birmuncha bayon qilinadi. Samarqand, Jizzax, Qashkadaryo, Surxondaryo, Buxoro viloyatlarida qo‘llanilib kelinayotgan milliy an’analarning Toshkent, Sirdaryo, Farg‘ona vodiysidagi an’analardan ba’zi bir farqli xususiyatlari ham yuqorida nomlari qayd etilgan mutaxassislarning ishlarida aks ettirilgan.
Axoli o‘rtasida o‘tkazilayotgan barcha milliy an’analar, bayramlar, to‘ylar, ayniqsa zamonaviy marosimlar davr ruxiga va tarbiya talablariga mos kelmog‘i kerak.
Xaqiqatan ham milliy an’analar aloxidaligicha yashay olmaydi. Xar qanday an’analar umuminsoniylik an’analari bilan uzviy bog‘liq bo‘lmog‘i lozim. An’analar milliylikdan mintaqaviylikka, mintakaviylikdan umuminsoniylikka qarab rivojlanadi. Shunday muqaddas qonuniyatni inobatga olgan holda milliy an’analarni saqlash, asrab-avaylash, ularni rivojlaitirish va asosiysi ta’lim va tarbiyada ko‘llab borish hozirgi pedagogikaniig asosiy vazifalaridan biri xisoblanadi.
Milliy an’analar mazmunida barcha tarbiyaviy shart-sharoitlarning to‘la mujassamlashishi tabiiy bir xoldir. Chunki unda fukarolarni, ayniqsa. o‘quvchi-yoshlarni mehnat qilish, kasb-xunar egallash, Vatan ximoyasiga yaroqli qilib tarbiyalab voyaga yetkazish kabi xayotiy faoliyatlar yig‘indisi aks etgan. Bunda jismoniy tarbiya va sportning o‘ziga xos o‘rni va xususiyati borligini inkor etib bo‘lmaydi. Xaqiqatan ham, turli an’anaviy bayramlar, to‘ylar, marosimlar, ayniqsa «Navro‘z», «Mustaqillik kuni», «Xosil bayrami», Jismoniy madaniyatchilar kuni, O‘qituvchilar kuni, Yangi o‘quv yiliga bag‘ishlangan sog‘lomlashtirish musobaqalari, ta’til paytlaridagi sport musobaqalari, «Quvnoq startlar»ga tayyorgarlik, «Maxalla polvonlari», «Sog‘lom oila» va boshqa ko‘pgina ommaviy-madaniy hamda sog‘lomlashtirish tadbirlarining tashkil qilinishi an’analarni ulug‘lash, davom ettirish va ko‘ngil ochish bilan chambarchas bog‘likdir. Shunga o‘xshash sport tadbirlari va xalq milliy o‘yinlari, ayniqsa, ko‘pkari-uloq, poyga, kurash, dorboz, tosh ko‘tarish va boshqa shu kabi milliy xarakatli o‘yinlar xalq tomonidan doim z’zozlanib kelinmoqda. Shuning uchun ulardan to‘ylar, udumlar, maxalla va qishloqlardagi an’anaviy tadbirlar dasturida chegaralanmagan tarzda foydalaniladi. Umumiy an’analarni mavjud adabiyotlar, kuzatishlar orqali o‘rganish va jismoniy madaniyatga bog‘liq an’a­nalarni yunalishi, mazmuniga ko‘ra tasniflash mumkni. Ushbu an’analar jismoniy ta’lim jarayonini takomillashtirishning asosiy vositalari qilib belgilandn. O‘z navbatida, har bir jismoniy madaniyatga bog‘liq milliy an’ana yangi turkumlarga bo‘linadi. Milliy an’analarning jis­moniy ta’limni tashkil etishga doir tomonlarini qo‘yidagi 2-jadvalda ko‘rish mumkin.

Download 300.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling