Jizzax filiali oila psixologiya kafedrasi oila psixoterapiya nazariyasi


Download 3.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/234
Sana29.09.2023
Hajmi3.21 Mb.
#1689741
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   234
Bog'liq
OPN o`quv qo`llanma

Nazorat savollari 
1. Oila tizimlari tahlilining nazariy-metodologik asoslari nimalardan iborat? 
2. Oilaviy psixologiyaning asosiy muammolari qaysilar? 
3. Tizimli oilaviy terapiyaning asosiy tamoyillari qaysilar? 
4. Oilaviy kommunikativ psixoterapiya deganda nimani tushunasiz? 
5. Morfostatik va morfogen simptomlar va ular paydo boʻlish samaradorligi 
darajalari qaysilar? 
 
III BOB. OILAVIY TIZIM MUAMMOLARI VA UNING TIZIMLI 
TAVSIFI. 
Reja: 
1. Oilaviy tizimning asosiy parametrlari (oilaviy tizimning ichki va tashki 
chegaralari, egiluvchanlik, bosqichma-bosqichlilik, uyushqoqlik). 
2. Olsonning sirkulyar modeli.
3. Oilaviy tizimni baxolashda uchburchak yagona birlik sifatida.
4. Uchburchak tizimining ishlash mexanizmlari. Tizimli oilaviy disfunksiya tipining 
klassifikatsiyasi.
5. Oila ustalik bilan xarakat qilish tizimi sifatida.
6. Geringning “Oilaviy tizimli test” metodi.
7. Tizimli oilaviy nazariyaga asoslangan oilaviy tizimli terapiyaning maqsadi. 
Tayanch tushunchalar: emotsional buzilish, psixoterapiya, oilaviy parametr, 
psixoterapiya texnikasi va usullari, oilaviy psixoterapiya, psixoterapevtik ta’sir, 
oilaviy dinamika, filtr, simbiotik munosabat, hissiy ochlik, triangulyatsiya, oila 
intensivligi, Oila chegarasi, sirkulyar model, Oilaviy rollar, disfunksiya.
 
3. 1. Oilaviy tizimning asosiy parametrlari (oilaviy tizimning ichki va 
tashqi chegaralari, egiluvchanlik, bosqichma-bosqichlilik, uyushqoqlik).
Tizimli oilaviy psixoterapiya bu yaqinda paydo boʻlgan alohida maslahat turi. 
Ushbu yondashuv boshqa psixoterapiya turlaridan farq qiladi, chunki “mijoz” 
davolanishga sabab boʻlgan shaxs emas, balki butun oila. Oila yagona tirik organizm 


59 
sifatida qaraladi, bu yerda hamma bilan bogʻliq. Agar oila a’zolaridan birida 
muammo paydo boʻlsa, unda koʻpincha oiladagi buzilgan munosabatlarda 
sabablarni izlash kerak. Oilaviy tizimga (maxsus texnika yordamida) umuman ta’sir 
oʻtkazib, psixoterapevt undagi emotsional buzilishlarni toʻgʻrilashga intiladi, bu esa 
barcha oila a’zolarini, ayniqsa yordam soʻrab murojaat qilgan shaxsni va keyinchalik 
oila tizimining oʻzi psixoterapevtik ta’sir natijalarini birlashtiradi va qoʻllab-
quvvatlaydi.

Download 3.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling