Jizzax politexnika instituti qodirova gavhar alisher qizi muhandislik yo
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Avtoreferat 22.09.2023 Q.G
XULOSALAR
“Bo‘lajak muhandislarning xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirish texnologiyasi” mavzusida olib borilgan tadqiqot natijasida quyidagi xulosalar taqdim etildi: Bo‘lajak muhandislarning kasbiy va shaxsiy faoliyatida xorijiy tillarni o‘rganishning ahamiyati aniqlandi. Ilmiy tadqiqot ishlarini tahlil qilish asosida xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasining tarkibiy tuzilmasi aniqlandi. Xorijiy tilga oid ilmiy va nazariy ma’lumotlar, qonun-qoidalar, tushunchalar berilishi bilan birgalikda, dastavval ular talabalarning yoshi va psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yaratildi, fanlar mavzulararo bog‘lanishda takrorlashning oldini oladigan izchil ketma-ketlikka asoslandi. Bo‘lajak muhandislarning xorijiy tillarni o‘qitish asosida xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirishning metodik modeli ishlab chiqildi. Metodik model masadli, mazmunli, jarayonli, natija bloklaridan iborat bo‘ldi va uzviyligi ta’minlandi; Xorijiy tildan o‘quv-uslubiy majmualarni yaratish mezonlari belgilandi. Xorijiy til fanidan mobil ilova va o‘quv qo‘llanmani yaratish bosqichlari ilmiy asoslandi, 24 ularning tuzilishi va mazmuniga qo‘yiladigan talablar ishlab chiqildi. Ingliz tilini o‘qitish orqali bo‘lajak muhandislarning xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirish metodikasi ishlab chiqildi. Bo‘lajak muhandislarda kasbiy kompetentlikni shakllanishida xorijiy tillarni bilish kompetentligini rivojlantirish muhimligi va ularga katta ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. Ishlab chiqilgan mobil ilova va o‘quv qo‘llanmani bo‘lajak muhandislarda xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirish o‘quv-metodik vosita sifatida qo‘llash xorijiy til fanini va umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini integratsiyalash, hamda xorijiy til fanini kasbiy faoliyatga yo‘naltirib o‘qitish imkonini berdi. Pedagogik tajriba-sinov o‘tkazilgandan keyin olingan ko‘rsatkichlar tajriba guruhlarida nazorat guruhlariga nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi. Bo‘lajak muhandislarning xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirishning metodik modeli va biz tomonimizdan ishlab chiqilgan metodikani ta’lim jarayonida qo‘llash samarali ekanligini isbotladi; Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling