Jizzax politexnika instituti qodirova gavhar alisher qizi muhandislik yo


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/50
Sana24.09.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1686809
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50
Bog'liq
Avtoreferat 22.09.2023 Q.G

XULOSALAR 
“Bo‘lajak muhandislarning xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini 
rivojlantirish texnologiyasi” mavzusida olib borilgan tadqiqot natijasida quyidagi 
xulosalar taqdim etildi: 
Bo‘lajak muhandislarning kasbiy va shaxsiy faoliyatida xorijiy tillarni 
o‘rganishning ahamiyati aniqlandi. Ilmiy tadqiqot ishlarini tahlil qilish asosida xorijiy 
tillarni o‘rganishga motivatsiyasining tarkibiy tuzilmasi aniqlandi. 
Xorijiy tilga oid ilmiy va nazariy ma’lumotlar, qonun-qoidalar, tushunchalar 
berilishi bilan birgalikda, dastavval ular talabalarning yoshi va psixologik 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yaratildi, fanlar mavzulararo bog‘lanishda 
takrorlashning 
oldini 
oladigan 
izchil 
ketma-ketlikka 
asoslandi. 
Bo‘lajak 
muhandislarning xorijiy tillarni o‘qitish asosida xorijiy tillarni o‘rganishga 
motivatsiyasini rivojlantirishning metodik modeli ishlab chiqildi. Metodik model 
masadli, mazmunli, jarayonli, natija bloklaridan iborat bo‘ldi va uzviyligi 
ta’minlandi; 
Xorijiy tildan o‘quv-uslubiy majmualarni yaratish mezonlari belgilandi. Xorijiy 
til fanidan mobil ilova va o‘quv qo‘llanmani yaratish bosqichlari ilmiy asoslandi


24 
ularning tuzilishi va mazmuniga qo‘yiladigan talablar ishlab chiqildi. Ingliz tilini 
o‘qitish orqali bo‘lajak muhandislarning xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini 
rivojlantirish metodikasi ishlab chiqildi. 
Bo‘lajak muhandislarda kasbiy kompetentlikni shakllanishida xorijiy tillarni 
bilish kompetentligini rivojlantirish muhimligi va ularga katta ehtiyoj mavjudligi 
aniqlandi. Ishlab chiqilgan mobil ilova va o‘quv qo‘llanmani bo‘lajak muhandislarda 
xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirish o‘quv-metodik vosita sifatida 
qo‘llash xorijiy til fanini va umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini integratsiyalash, 
hamda xorijiy til fanini kasbiy faoliyatga yo‘naltirib o‘qitish imkonini berdi. 
Pedagogik tajriba-sinov o‘tkazilgandan keyin olingan ko‘rsatkichlar tajriba 
guruhlarida nazorat guruhlariga nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi. Bo‘lajak 
muhandislarning xorijiy tillarni o‘rganishga motivatsiyasini rivojlantirishning 
metodik modeli va biz tomonimizdan ishlab chiqilgan metodikani ta’lim jarayonida 
qo‘llash samarali ekanligini isbotladi; 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling