Joba: kirisiw
Download 236.66 Kb.
|
1. Elektr zaryad. Zaryadning saqlash qonuni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zаryadli zаrrаchаning mаgnit mаydоnidаgi hаrаkаti. Tеzlаtgichlаr (Siklotron)
Xoll effekkti
Ingliz olimi E.Xoll (1879 y) tajribada magnit maydoniga joylashtirilgan yaxlit tokli o’tkazgichda magnit induksiyasi va tok zichligi vektoriga perpendikulyar yo’nalishda potensiallar ayirmasi vujudga kelishini aniqladi (8.5-rasm). Tajribalar ko’rsatishicha, bu potensiallar ayirmasi o’tkazgichning materiali, uning geometrik o’lchami, magnit maydoni induksiyasi va tok zichligiga bog’liq bo’lib, quyidagicha ifodalanadi: (8.12 1) Magnit maydonida harakatlanayotgan zaryadli zarrachaga magnit kuchlari ham ta’sir etib, uni og’diradi. (8.13) Natijada, o’tkazgich sirtida bog’langan sirt zaryadlari vujudga keladi. Bu zaryadlarga magnit kuchlari bilan bir qatorda elektr kuchlari ham ta’sir etadi. (8.14) 8.5– rasm Zaryadlarning og’ishi magnit va elektr kuchlari o’zaro tenglashguncha davom etadi. (8.13) va (8.14) lardan ni hosil qilamiz. Potensial gradiyentiga ko’ra: (8.15) Tok zichligini hisobga olib: (8.16) (8.16) va (8.12) larni taqqoslab, Xoll doimiysi uchun: Xoll effektidan yarimo’tkazgichlarning elektr xossalarini tahlil qilishda foydalaniladi. Zаryadli zаrrаchаning mаgnit mаydоnidаgi hаrаkаti. Tеzlаtgichlаr (Siklotron) Magnit kuchlarining yo’nalishi zaryadli zarrachalarning tezlik vektoriga perpendikulyarligi tufayli, uning tezligini o’zgartirmay, faqat yo’nalishidan og’diradi, ya’ni normal tezlanish beradi. Magnit kuchlarining ma’lum qiymatida zaryadli zarracha yopiq trayektoriya bo’ylab harakatlanadi. (8.6- rasm) 8.6– rasm Bunda aylananing radiusi quyidagicha aniqlanadi. (8.17) (8.17) ifodadan aylananing radiusi zarracha tezligi, magnit maydon induksiyasi, solishtirma zaryad miqdoriga proporsional degan xulosa kelib chiqadi. Zaryadli zarrachani aylanish davri quyidagi tenglikdan aniqlanadi. (8.18) Magnit va elektr kuchlaridan elementar zarrachalarni o’rganishda, yuqori energiyali zaryadli zarrachalar oqimini hosil qilishda va boshqarishda foydalaniladi. Bunday moslamalar tezlatgichlar deb yuritiladi. Tezlatgichlar zarracha tabiati, unga berilgan energiyaning turi va ishlash prinsipiga ko’ra har xil bo’ladi. Masalan: chiziqli tezlatgich, siklotron va hokazo. Siklotron magnit maydoniga joylashtirilgan, duant deb ataladigan ichi kovak yarim silindrik idish bo’lib, u o’zgaruvchan tok manbaiga ulangan. (8.7-rasm) Zaryadli zarracha duant oralig’iga joylashtirilsa, tezlatuvchi elektr va og’diruvchi magnit kuchlari ta’sirida bir necha MeV, GeV energiya olguncha tezlashtiriladi. Bunday zarrachalar yadro reaksiyalarini hosil qilishda ishlatiladi. 8.7- rasm Download 236.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling