Reja: - Xatoliklar manbalari.
- Absolyut va nisbiy xatolik.
- Qiymatli va ishonchli raqamlar.
- Amal xatoliklari.
Tayanch iboralar: xatolik, metod (usul),xatoliklar manbai,matematik moel, absolyut xatolik, nisbiy xatolik. - Tayanch iboralar: xatolik, metod (usul),xatoliklar manbai,matematik moel, absolyut xatolik, nisbiy xatolik.
Insoniyatning amaliy faoliyati kattaliklarni o‘lchash natijasi bo‘lgan son bilan bog‘liqdir. Amaliy masalalarni hal qilishda uchraydigan boshlang‘ich miqdorlarni o‘lchash natijalari, aksari hollarda aniq bo‘lmay, balki taqribiy bo‘ladi. Undan tashqari, masalani hal qilish jarayonida uchraydigan hisoblashlarni ham, ba’zi hollarda, taqribiy bajarishga to‘g‘ri keladi. SHunga o‘xshash omillar ta’sirida miqdorlarning qiymatlari taqribiy aniqlanib, qandaydir darajada xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi. Bunday xatoliklar darajasini aniqlash bilan taqribiy hisob nazariyasi shug‘ullanadi. Biz quyida shu nazariya bilan qisqacha tanishamiz[4]. - Insoniyatning amaliy faoliyati kattaliklarni o‘lchash natijasi bo‘lgan son bilan bog‘liqdir. Amaliy masalalarni hal qilishda uchraydigan boshlang‘ich miqdorlarni o‘lchash natijalari, aksari hollarda aniq bo‘lmay, balki taqribiy bo‘ladi. Undan tashqari, masalani hal qilish jarayonida uchraydigan hisoblashlarni ham, ba’zi hollarda, taqribiy bajarishga to‘g‘ri keladi. SHunga o‘xshash omillar ta’sirida miqdorlarning qiymatlari taqribiy aniqlanib, qandaydir darajada xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi. Bunday xatoliklar darajasini aniqlash bilan taqribiy hisob nazariyasi shug‘ullanadi. Biz quyida shu nazariya bilan qisqacha tanishamiz[4].
Xatoliklar manbai quyidagilardir: - Xatoliklar manbai quyidagilardir:
- 1)Matematik model xatoligi – real jarayonning matematik tavsiflanishi naoniqligidan kelib chiqadigan xatolik;
- 2)Boshlang‘ich ma’lumotlar xatoligi – boshlang‘ich ma’lumotlarning noaniqligi tufayli yuzaga keladigan xatolik;
- 3)Uslub xatoligi – masalani yechishda qo‘llanilayotgan uslublarning noaniqligidan kelib chiqadigan xatolik;
- 4)Hisoblash xatoligi- hisoblashlarda vujudga keladigan xatoliklar;
- 5)Yaxlitlash xatoligi – yaxlitlash natijasida hosil bo‘ladigan xatolik.
- Ba’zan, matematik model va boshlang‘ich ma’lumotlar xatoliklarini tuzatib bo‘lmaydigan (yoki yo‘qotib bo‘lmaydigan) xatoliklar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |