Jumayeva mavluda ziyodullayevna somatik iboralarning semantik tadqiqi
Download 0.73 Mb.
|
Jumayeva Magistr (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- III bob bo`yicha xulosa
- UMUMIY XULOSALAR
10-jadval:
11-jadval:
12-jadval:
E.N.Tanasi oʻz maqolasida bir til doirasida yaʻni ingliz tilida “qoʻl” va “oyoq” ishtirok etgan iboralarning AQSH va Buyuk Britaniya kompaniyalarining reklamalarida qoʻllanishi taqiqlangan va oʻziga xos ekanligi aytib oʻtilgan. Bundan tashqari L.Manerko maqolasida “idrok” va “tana” orasidagi aloqani ingliz iboralarida oʻz aksini topish masalasini koʻrib chiqqan. Ingliz tilida ham somatik frazelogizmlar ishtirok etgan ilmiy ishlar, maqollar bor. Ingliz tilidagi tana aʻzolari bilan bogʻliq somatik frazeologizmlar muhim oʻrin tutadi. III bob bo`yicha xulosaFrazeologik birliklar har qanday xalqning tarixi, madaniyati va milliy urf-odatlarini ifodalovchi til birliklaridir. Bir soʼz bilan aytganda frazeologik birliklar har bir millatning nutqiy xazinasi desak boʼladi. Ular insoniyat tomonidan yaratilgan tasvirlarni aniq aks ettiruvchi til birliklari boʼlib, mahalliy aholi ongida mustahkamlangan maxsus belgilar va assotsiativ aloqalarni oʼziga hos tarzda namoyon etadi. Frazeologik birliklar nutq jarayonida yaratilmaydi, ular nutqda tayyor holda qoʼllaniladi. Ular toʼliq yoki qisman koʼchma maʼnoga ega soʼzlarning turgʼun birikmasi sifatida nihoyatda murakkab, koʼp qirrali til birligidir. Barqarorlik va majoziylik har qanday frazeologik birliklarning nutqdagi son-sanoqsiz xilma-xil koʼrinishlarida oʼziga xos xususiyatlari hisoblanadi . Ular u yoki bu xalqning turmush tarzi, geografik oʼrni, tarixi, anʼanalarini vizual tarzda ifodalab, oʼsha jamiyatning voqea va hodisalarini tasvirlaydi. Frazeologik birliklarning aksariyati barcha tillarda oʼsha xalq tomonidan yaratilgan boʼlib, ularning mualliflari nomaʼlum, qolaversa manbaʼlari ham aniq emas. Oʼz navbatida ingliz tili ham juda boy frazeologiyaga ega boʼlib, unda xalq hayoti, madaniyati, turmushining oʼziga hosligi munosib ifodasini topgan. UMUMIY XULOSALARXorijiy tilning frazeologiyasini oʻrganish nafaqat soʻz boyligini oʻrganish samardorligini oshiradi, balki tilning oʻlkashunoslik bilan bogʻliq bilimlar bilan boyishiga olib keladi. Biz axborot yoʻllar orqali maʻlumotlarni saqlaymiz va bir-birimizga yetkazamiz. Masalan, audio-video vositalari orqali, shuningdek, elektron variantda. Qachonlardir, xatto yozuv shakllanmagan bir paytda tajribani oʻzaro yetkazishning birgina oddiy va joʻn, hamma uchun qulay vositasi boʻlgan: bu bizning tilimiz. Bizgacha ota bobolarimizning qoʻshiq, masal, ertak shaklida hikmatli soʻzlari yetib kelgan. Ammo eng muxtasar, axborotga boy va eng mahsuldor soʻzlar maqol va matallar hisoblanadi. Ayni ular oʻz badiiy mazmuni tufayli nutqimizni yorqin va ifodali qiladi. Jahon xalqlarining maqollari koʻp umumiy jihatlarga, shuningdek, ayni bir xalqning oʻziga xos madaniyatini, uning koʻp asrlik tarixini koʻrsatib beruvchi maxsus xususiyatlarga ega. Frazeologik birliklarda teran mazmun, xalq donoligi ildizlari uzoq oʻtmishga borib taqaluvchi xalq donoligi mujassamdir. Ular xalqning madaniyati, anʻanalari va tarixining iniʻkosidir, ular orqali biz yaxshilik va yomonlikni anglaymiz. Koʻp tadqiqotchilarning izlanishlaridan maʻlumki, frazeologik birlik tilshunoslikning oʻta murakkab koʻp qirrali obyekti hisoblanadi. Tilning yaxlit lugʻaviy birligi sifatida uni grammatik, semantik, funktsional, xatto jamiyatshunoslik jihatdan oʻrganish mumkin. Frazeologik birliklar, soʻz birikmalarning, oʻzaro semantik bogʻliq birikmalarining umumiy nomi boʻlib, ular shakliga koʻra oʻxshash sintaktik qurilmalardan farqlidir, ular nutq paytida yuzaga chiqmaydi, ularda fikr ifoda etilayotganda semantik qurilma va aniq leksik-grammatik tarkibning aniqlashtirilgan mutanosibligi saqlanadi. Izlanishlarga koʻra shu narsa maʻlum boʻldiki ushbu qiyoslanayotgan uch tilda bir biriga oʻxshash somatik iboralar ham mavjud. Masalan: italyan va oʻzbek tillarida quyidagi ekvivalent iboralar mavjud: Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling