Jurnalistika asoslari


JURNALISTNING SHA’N l TA 'MADAN USTUN


Download 382.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/76
Sana03.06.2024
Hajmi382.29 Kb.
#1899049
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   76
Bog'liq
Jurnalistika asoslari. Qozoqbovev T.

JURNALISTNING SHA’N l TA 'MADAN USTUN 
hamkasbimiz jurnalist Tojiddin Razzoqqa 
ochiq xat
- Jurnalist ta ’m.agirlikda ayblansa kim gunohkor?
-
Tuhmatga uchrasa-chi?
- Hibsga olinsa-chi?
Nima uchun bunday og'ir savollar tug'ilmoqda?
Tashvishlarimiz о ‘rinlimi?...
Og'ir va achchiq savollar jurnalist hamkasblarimizni mulohazaga, 
fikr almashinuviga undamoqda.
Tojiddin aka! 2002-yilning 23-oktabr kuni «Hurriyat» gazetasida bosil­
gan «Izlagan...» nomli maqolangizni o'qiganimdan buyon Sizni tashvish- 
lantirgan о ‘sha mavzu haqida qayta-qayta о ‘ylayman. Hatto, ko ‘ngildan 
kechgan mulohazalarni qog ‘ozga tushirdim ham, lekin yana istihola, andi- 
shaga bordim. «Ke, qo ‘y, dunyoda shuncha muammo-yu masala talashib 
yotgan bir paytda o ‘z hamkasblarimizning s h a ’niga og 'ir botadigan, 
«uy»dagi gapni ko'chaga olib chiqish zarilmi?» degan o'yga bordim. 
Axir, ta ’may-u nafs komiga «g'arq» b o ‘lib, emin-erkin yashashni kasb 
qilib olganlar ozmi?! Ularning hech biri boshqasini qulog‘idan cho'zib, 
xalqning ko'z o'ngida sazoyi qilayotgan bo'lmasa! Qarg'a qarg'aning 
ko'zini cho'qimaydi, degan gaplar bor...
Shunga о ‘xshash о ‘ylar bilan yozganimni javonga tashlab qo ‘ydim, 
illo maqolangizdagi quyidagi so 'zlarni sira unutolmadim: «Zamonasozlik 
«to'rtinchi hokimiyat» namoyandalari faoliyatida ham kuzatilmoqda -  
ba ’zi uddaburon muxbirlar mas ’ul insonlardan pora undirishga harakat 
qilmoqdalar va tuzoqqa tushmoqdalar».
Tojiddin aka! To'g'risi, tilingiz juda achchiq-da! Qadimda, hali Sizni 
tanimagan kezlarim о ‘larday qahri qattiq odam bo 'Isa kerak deb о ‘ylardim. 
Keyin tanishdim-u, mutlaqo fikrim dan qaytdim, Surxondaryoning oftobida 
yetilgan qalam pir sh o 'rv a g a «uvitib» qo 'yg a n «shirindan-shakar 
lut/»laringiz zamirida haqiqat, haq gap bo 'lishini ko ‘rib, sirtimdagi no- 
roziligim ga botindagi rozilik qorishib ketadigan bo ‘Idi. M azkur 
maqolangizda ham о ‘zingizga
xos 
uslub saqlangan. (Uni sira unutolma- 
ganimning boisi ham shundadir, hoynahoy?)
60


Xullas, maqolangizning boshlanishidayoq hamkasblarimizning sha 'ni, 
izzat-abro ‘si, oriyati haqida qayg'urish, tashvishlanish borligi sezilib 
turibdi. Shunday ekan, hamon shu illat m avjud ekan, hatto и gazak ola 
boshlayotgan ekan, nima uchun kasalni ко ‘ra-bila turib aamni ichimizga 
yutishimiz kerak?! Q arg‘a qarg'aning ko'zini cho'qimosa... axir, biz 
qarg'a emasmiz-ku, Tojiddin aka! Kim va qaysi kasb egalari o'zlarini 
qarg 'a о ‘rnida ко ‘rsalar о 'zlariga havola, lekin biz - bu yorug ‘ dunyo- 
ga ahli qalam bo'lib kelgan, ijod kishisi bo'lib tu g ‘ilgan bandalar 
o'zim izni qarg'aga tenglashtirib o'tirmaylik. Boshqalarga sanchadigan 
tanqid tig'im izni о 'zimizga ham suqib ко ‘raylik Nima dedingiz, Tojiddin 
aka?!
«Hurriyat»da bosh muharrir edim. Xonamga bir onaxon kirib kel- 
dilar. Yoshlari oltmishdan oshgan, jikkakkina, engil-boshlar xiyla tirin- 
gan. Ooramag4z. Onaxonning kaftlariga, taram-taram yorilgan, og'ir 
mehnat asoratiaan zarang tayoqchalarga o'xshab ketgan g'adir-budir 
barmoqlariga zimdan ko'z tashladim. Salomlashdik. Shikasta tovush. 
Bilinib turibdi - shikoyat ко ‘tarib kelgan.
-
Qaerda ishlaysiz, ona? Kasbingiz?
- Dalachimiz, uka... Ketmonchiman ... Bormagan yerim qolmadi. 
Izlay-izlay topib keldim... Boshimga og'ir musibat tushdi, uka...

Download 382.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling