Jurnalistika asoslari
MUSTAQIL 0 ‘QISH UCHUN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Download 382.29 Kb. Pdf ko'rish
|
Jurnalistika asoslari. Qozoqbovev T.
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. JURNALISTIKA AMALIYOTINI BOSHQARISH MATBUOT ERKINL1G1 MASALASI
MUSTAQIL 0 ‘QISH UCHUN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. I.A.Karimov. Yo‘limiz - mustaqil davlatchilik va taraqqiyot yo‘li. Т., 1994. 2. Lug‘at. Jurnalistika. Reklama. Pablik Rileyshnz. M a’lumotnoma. 1700 ta atama. Т., 2003. 3. Ворошилов В.В. Журналистика. СПб., 2001. 4. Avramov D.S. Профессиональная этика журналиста. М., 1999. 5. С.Г. Корконосенко. Основы журналистики. М., 2001. 6. « 0 ‘zbekiston matbuoti» jurnali. L999, 4-son, 1997, 2-son, 1999, 1- son, 2001, 2-son. 7. Газетный мир (библиотечка журналиста). М., 1971. 40 IV. JURNALISTIKA AMALIYOTINI BOSHQARISH MATBUOT ERKINL1G1 MASALASI Jum alistika amaliyotini boshqarish ommaviy axborot vositalari tizi- mida ham ichki, ham tashqi tomondan amalga oshiriladi. Ommaviy axborot vositalari nimani va qanday yoritishi mumkin yoki mumkin emas, degan savolning javobi matbuot erkinligi bilan belgilanadi. Bu m asala necha asrlar o ‘tibdiki, kun tartibidan tushmay keladi. M atbuot erkinligi iborasi taraqqiyotning buyuk qadriyatlari boMgan fikr, vijdon, ong erkinligi bilan bir qatorda turadi. Insoniyatning madaniy rivojlanishda erishgan k o‘p yutuqlari axborot vositalari ishtirokida amalga oshirilgan. Bu o ‘zaro aloqa Birlashgan M illatlar Tashkilotining Inson huquqlari umumiy Deklaratsiyasida ham o ‘z ifodasini topgan. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1948-yil 10- dekabrda qabul qilingan bu Deklaratsiyada «insoniyat oilasining hamma a ’zolariga xos qadr-qimmatni, ularning teng va ajralmas huquqlarini tan olish - erkinlik, adolat va yalpi tinchlik negizi» ekanligi e ’lon etilgan. D eklaratsiyada insonning fikrlash, vijdon, din erkinligi, e ’tiqod erkinligi va uni erkin ifodalash va boshqa huquqlar ifodalangan. Ushbu Deklaratsiya mustaqil 0 ‘zbekiston Respublikasi imzolagan birinchi xalqaro hujjat hisoblanadi. 0 ‘zbekiston. Respublikasi Konsti- tutsiyasining «Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari», deb atalgan 2-bo‘limi mazkur Deklaratsiya talablariga to ‘la mos keladi. Bundan tashqari, yuqorida aytib o ‘tganimizdek, O ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 67-moddasida «Ommaviy axborot vosi talari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to ‘g ‘riligi uchun belgilangan tarribda javobgardirlar. Senzuraga vo‘l q o ‘yilmaydi», deyiladi. 0 ‘z b e k isto n R esp u b lik a sin in g «O m m aviy a x b o ro t v o sita la ri to ‘g ‘risida»gi qonunining 2, 3, 4-m oddalarida ommaviy axborot vosi talarining erkinligi, har kimning ommaviy axborot vositalarida cliiqi- shi, o ‘z fikri va e ’tiqodini oshkora bayon etish huquqi borligi, 0 ‘zbekiston R espublikasida om maviy axborot vositalarini senzura qilishga yo‘l q o ‘yilmasligi yozib q o ‘yilgan. M atbuot erkinligi s o ‘z, shaxs, vijdon erkinligi singari siyosiy huquqlardan biri bo‘lib, matbuotning erkin faoliyat ko ‘rsatishini, kishilarning matbuotda o ‘z fikr va tuyg‘ularini to ‘siqlarsiz ifoda eta olishini ifodalaydi. Aslida erkinlik anglangan zarurat ekanligini ham yoddan chiqarmaslik kerak. Shu o ‘rinda taniqli olim Muxtor Xudoy- qulovning m atbuot erkinligi m aqolasiga to ‘xtalamiz. Unda m u allif matbuot erkinligining 3 asosi mavjudli to ‘g‘risida fikr yuritadi. Birinchisi, matbuot erkinligining ijtimoiy-siyosiy asosi. Bu bosh asos matbuotning qaysi ijtimoiy borliqda, qanday tuzumda faoliyat ko‘rsatishi, qaysi ijtimoiy ongning ko‘rinishi ekanligi, qaysi mafkura va g ‘oyalarga xizmat qilishidan kelib chiqadi. Ikkinchisi, matbuot erkinligining iqtisodiy asosi. Bu asos matbuot nashrlari va ommaviy axborot vositalarining kim tomonidan, qaysi mablag‘lar evaziga chiqarilishi bilan bog‘Iiq, y a ’ni matbuot kimning mablag‘i evaziga, iqtisodiy qoMlashi natijasida chiqsa o ‘sha uchun erkin boMadi. Uchinchisi, matbuot erkinligining ma ’naviy asosi, bu asos uni chiqara- yotgan shaxs, guruh, unda ishlovchi jurnalistlarning ichki dunyosi, dunyo- qarashi, e ’tiqodi bilan bog‘liq. Matbuot erkinligi masalasida bir qancha qarashlar mavjud. Shulardan ba’zilarini qarab chiqaylik. 0 ‘zbek jurnalistikasida matbuot erkinligi haqida tarixiy shior XX asr boshida Turkistonda vujudga kelgan jadid matbuotida ko‘tarilgan edi. Bu matbuot 1906-yildan to 1916-yilgacha boMgan davrda xalqni o ‘zligini anglashga, uyushishga chaqirdi. 0 ‘lkaning moddiy va m a’naviy boyliklari talon-taroj qilinayotganligini oshkor qildi. Sirojiddin Ahmedov hamda Qahratnon Rajabovlarning jadidchilikka oid maqolalarida jadid matbuoti o‘z vakillarining fikrlarini e ’}an qilar ekan, xalqni «Har vaqt g ‘aflat uyqusidan uyg‘otuvchi», «Milliy ongining ochqichi» ekanligini namoyon etish bilan birga Turkiston xalqini hur fikrlashga va katta siyosiy kurashga hozirlay oldi, degan fikrni aytishadi. Jadid matbuoti namoyandalari mustamlakachi chor hukumatining matbuot erkinligi borasidagi qattiq zulmiga qarshi chiqqan edilar. Bunday jurnalist publitsistlar safida M ahmudxo‘ja Behbudiy, Mu- navvarqori, Abdulla Avloniy va boshqalar bor edi. Keyinchalik matbuot erkinligi masalasida katta o ‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Burjua matbuoti erkin matbuot deb nom oldi. M a’lum darajada bu gapda haqiqat bor edi. Shu bilan birga matbuotning sarmoyaga qaramligi ham oshdi. Matbuot erkinligi, Muxtor Xudoyqulov ta ’biricha, undan xohlagan- cha foydalanish'erkinligiga, bovlik orttirish erkinligiga aylana bordi. 42 Matbuotga shov-shuvli, oldi-qochdi materiallarga, reklamalarga had- dan tashqari keng o‘rin berila boshlandi. Ammo sobiq sho‘ro tuzumi davrida 0 ‘zbekistonda ham matbuot erkin ligi «ta’min etilgan» bo‘lsa-da, amalda ommaviy axborot vositalari faoliyati Download 382.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling